Windows XP operatsion (amaliy) tizimi
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plugand-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari – foydalanuvchining EXM bilan muloqatini soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OS ning muxim vazifasi- tizimli programma taminotining elementlari bo`lgan translyator, yuklagichlar va monitorlar uchun qulay interfes yaratishdir. Tizimli programma taminoti (TPT) apparat vositalari ustiga qurilgan usqurtma bo`lib, u foydalanuvchini mashina bilan ishlashini o`ng`ay qiladi. EXM samaradorligini oshirish uchun OS EHM ning resurslarini boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi.
OSning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltirilgan:
OS bilan foydalanuvchi o`rtasidan muloqat malum bir boshqaruv tilida amalga oshiriladi (RUN P). OS ning foydalanuvchi uchun qulaylik nuqtai-nazaridan ko`p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis programmalariga ega. Masalan, READ (F) bunda mashina darajasida o`qish-yozishni amalga oshirishni OS o`z zimmasiga oladi. Bunday xizmatchi programmalar yechimdan masalalarning operatsion qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OS faqat programma taminoti ko`rinishi amalga oshirilgan deb xisoblansa ham, amallarning malum birlari mikro-programmalar to`plami ko`rinishida programma –apparat vositalari orqali amalga oshirilgan .
OS turlari. OSlar foydalanuvchiga ko`rsatilgan interfeys turlari bo`yicha sinflarga ajratiladi. Lekin bu ajratish (qatiy) emas va sinflar o`zaro kesishishi mumkin. quyida malum bir shartlar (kriteriyalar) bo`yicha operatsion tizimlari sinflarga ajratish keltirilgan.
|
Kriteriya
|
1-sinf
|
2-sinf
|
1
|
Muloqat turi bo`yicha
|
Paketli qayta ishlash tizimi
|
Diologli tizim
|
2
|
Foydalanuvchilar soni bo`yicha
|
Bir programmali tizim
|
Multiprogrammalik tizim
Multiprotsessorlik tizim
|
Bir programmali tizimlarda faqat bita foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bu hol resurslar cheklanganligidan kelib chiqadi. Multiprogramma tizimida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi masalalari yechilishi mumkin. Masalalar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun o`zining operatsion qobig`ini yaratadi. Multiprotsessorli tizimlarda bittidan ortiq protsessor ishlatiladi. Paketli qayta ishlash tizimlarida topshiriq malumot (berilganlar) tashuvchilarida yozilgan (disklarda) boshqaruv operatorlari ketma-ketligi sifatida keladi va disklarni almashtirish kabi ishlardan tashqari, prgrammani o`qish va bojarish OS o`z zimmasiga oladi. Dialog yoki interaktiv rejimda foydalanuvchilarning murojat vaqti taqsimoti tizimlari orqali taminlanadi. OSda foydalanuvchi tomonidan berilgan har bir buyruq, u kiritilgan zaxoti bajariladi. Tashqi qurilmalardan kelayotgan signallarni qayta ishlash va tezda javob berish uchun real vaqt tizimlaridan foydalaniladi.
Foydalanuvchi interfeysi. OS tomonidan beriladigan interfeys turli toifa odamlarga EXM bilan muloqatni o`ng`ay qilishga qaratilgan. Foydalanuvchi uchun buyruqlar tili mavjud bo`lib, uning eng soddasi menyudir. Murakkab tizimlarda OS muloqatning bir necha turi bo`lishi mumkin. Mutaxassis bo`lmagan foydalanuvchilarga EHMda ishlash uchun soda buyruqlar tili yaratilgan. Mutaxassis programma tuzuvchilar uchun masalalarni boshqarish tili deb nomlanuvchi kuchli va murakkab til mavjud. Bulardan tashqari operatorlar uchun maxsus tillar mavjud bo`lib, ular bu orqali masalalar bajarilishini to`xtatish, holatini aniqlashi va tashqi tasirlarni boshqarishlari mumkin. OS va foydalanuvchi interfeysini qo`llash uchun OS standart servis programmalariga ega bo`lishi kerak. Masalan, SHEXM da klaviaturadan o`qish, ma`lumotlarni ekranga chiqarish programmalari, murakkab EXMlarda masofadagi terminal ishini taminlash, chop qilish qurilmasini boshqarish, lokal tarmoq va EXM lar o`rtasidagi bog`lanishni taminlash programmalari.
Operatsion qamrov. OS eng muxim vazifalardan biri foydalanuvchilar masalalarning operatsion qamrovini taminlashdir. Bu taminlash bir qancha servis programmalardan iborat bo`lib, ular topshiriq (masalani) yechish jarayonida foydalaniladi va foydalanuvchi talabiga muofiq mashina resurslarini ajratish va boshqarishni taminlaydi. OS tomonidan ko`rsatiladigan xizmat sifatida o`qish-yozish funsiyasini ko`raylik. SO`M uchun tuzilgan programmada o`qish-yozish uchun (bir baytni) takrorlovchi jarayonni tashkil qilish kerak edi (RD yoki WD). Xatolarni aniqlash va bartaraf qilish foydalanuvchi (programma tizuvchi) zimmasiga yuklatilgan edi. O`qish-yozishni OS tomonidan bajarilish masalani keskin osonlashtiradi. Bunda standart programmaga kerakli qurilma identifikatori va parametrlarini berish yetarli hisoblanadi. Bu turdagi standart servis programmalar mashinaning kengaytmasi sifatida qaralishi mumkin. Har bir OS ko`p sondagi servis programmalarga ega bo`lib, ular kengaytirilgan mashinana tashkil qiladi va foydalanuvchi programmasi ishlash paytida ishlatiladi. Foydalanuvchi programma tuzayotganda OS ning asosiy apparat kengaytmasi darajasigacha bilish shart bo`lmaydi. Ayrim hollarda kengaytirilgan mashina virtul mashina deyiladi, biroq bu termin boshqa ma`noda ham ishlatilishi mumkin. Multiprogramma rejimli OS da foydalanuvchi progrmmasi talabi bo`yicha EHM resurslarini taqsimlaydigan standart xizmatchi programmalar mavjud. Ular foydalanadigan programma uchun operativ xotirani va markaziy protsessorni oldindan aniqlangan strategiya bo`yicha topshiriqlar o`rtasida taqsimlaydi. Ayrima tizimlarda foydalanuvchilar programmalari OS funksiyalarini bevosita chiqarishi mumkin. Bu holda OS hujjatlarida standart servis programmalar va berilganlar sohalari real adreslarda beriladi. Masalan, o`qish-yozish programmalari xotiraning 238 adresida joylashganaligini bilgan holda foydalanuvchi JSUB 238 buyrug`i orqali bu programmalariga murojaat qilishi mumkin. Lekin bu usulning xatoliklarga olib kelish ehtimoli katta va u OS himoyalarini cheklab o`tadi.
Nisbatan takomillashgan OS da OS funksiyalariga murojaat maxsus mashina buyruqlari-supervizorni chiqarish (SVC-Super Visor Call) orqali amalga oshiriladi. Bu buyruqni bajarilishi uzilishni chaqiradi va natijada boshqaruv standart servis programmaga uzatiladi. SVC bilan birga beriladigan kod OS so`rov turini (funksiyani) aniqlaydi. Uzilish chaqirilganda markaziy protsessor foydalanuvchi rejimidan supervizor rejimiga o`tadi. Bu holatda OS buyruqlaridan va vositalaridan foydalaniladi. OS ko`p tashkil qiluvchilari shu rejimda ishlaydi. Foydalanuvchi rejimida OS funksiyalari, markaziy protsessorning himoya bayroqlari o`zgartirishi yoki boshqa rejimiga o`tkazishi mumkin emas.
Foydalanilgan adadiyotlar:
Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002.
Sattorov A Info’rmatika va axbo’ro’t texnologiyalari. To’shkent.”Oʻqituvchi”. 2002 y
Ahmedov A, Toyloqov N. Info’rmatika. To’shkent. “O’ʻzbekisto’n”. 2002 y
Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М: Изд. ОЛМА-ПРЕСС, 2003.
t
Do'stlaringiz bilan baham: |