Mulla Aziz bobo qabristoni
Bu qabriston Bog’ot qishlog’ining janubiy qismida joylashgan.
Emishki, kim otda yoki eshakda ketayotgan bo’lsa, qabristonga
yaqinlashganda, undan tushib piyoda o’tmasa, uning yo o’zi, yo ot yoki
eshagi shikast yer ekan. Bu gapni eshitgan Hazrati Xizr bobo Aziz bobo
qabri yonidagi tug’ni ushlab: “Ey Aziz, tinchlangin, bu ishingni bundan
keyin qilmagin”, - degan ekanlar. Shundan so’ng Mulla Aziz bobo
tinchlanib, bunday voqealar takrorlanmaydigan bo’lib qolgan emish.
Deggaron
Deggaron qishlog’ining janubida u kishining nomi bilan ataladigan
qabriston bor. Hazrati Mavlono Orif Deggaroniyning nur sochuvchi
mozorining ziyoratidan ahli dillar ajoyib zavq oladilar. Bu muborak joyning
tuprog’ini hazoraliklar muqaddas hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |