Tadqiqot ob’ekti. Said Ahmadning “Jimjitlik” asari tadqiqotning asosiy
manbai bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, XX asrning 80-90-yillarida yaratilgan
ayrim romanlar, ba’zi o’rinlarda esa qiyoslash maqsadida yozuvchilar ijodiga
ham murojaat qilindi.
Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotning metodologik asosi bo’lib
dialektikaning umumiylik-xususiylik, shakl-mazmun kategoriyalari xizmat
qiladi. Ana shu asosda zidlanuvchi til-nutq dixotomiyasida badiiy tasvir
vositalari mavqeini aniqlashda til va uslub masalasi yuzasidan ham
adabiyotshunoslik, ham tilshunoslikdagi nazariy asoslar va ilmiy tahlil
usullariga tayanildi. Asosan, lingvopoetik, uslubiy va qiyosiy tahlil usullaridan
keng foydalanish nazarda tutildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |