Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar.
1.
Badiiy nutq individualligi lingvistik omillar bilan ta’minlanadi.
2.
Lingvistik omillar turli tabiatli bo’lib, tilning barcha sathlarini
qamrab oladi.
3.
Said Ahmad ijodi badiiy nutqining o’ziga xosligini leksik va
grammatik til birliklari, badiiy tasvir vositalari, okkazionalizmlar, paremalar
kabi uslubiy vositalarning faolligi ta’minlaydi.
4.
Maqol, matal masal va idiomalar ichki immanent xususiyatlariga
ko’ra badiiy nutq tarkibida va, umuman, til tizimida o’z o’rni hamda mavqeiga
egadir.
5.
Said Ahmad badiiy nutqida dialektizmlarning barcha ko’rinishlari
mustaqil stilistik figuralar darajasiga ko’tarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |