Said Ahmad asarlarida eskirgan so’zlarning qo’llanilishi
Zamon o’tishi, sharoit o’zgarishi bilan ba’zi narsalar yo’qoladi va shu bilan bir qatorda ularni ifodalaydigan so’zlar ham iste’moldan chiqib qoladi. Shuning natijasida ba’zi so’zlar eskiradi.
Ayrim vaqtlar tushunchalar muomalada bo’lgani holda, ular yangi nom oladi. Bunday qo’llanmay qolgan so’zlar ham eskirgan sanaladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tilda so’zlarning eskirib qolishi ikki xil bo’ladi:
arxaizmlar
istorizmlar
Arxaizmlar (yunoncha archaios – qadimgi1). Ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligidir. Sh.Rahmatullayev fikricha, arxaizmlar o’zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan yonma-yon yashaydi. Arxaik so’zlar orqali ifodalanadigan predmetlar mavjud bo’ladi, biroq u predmetlar avvalgi nomlari(eskirgan so’zlari) bilan emas, balki yangi so’zlar, ya’ni ekvivalentlari bilan ifodalanadi.2 Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta’minlash maqsadida qo’llaniladi va “ular o’z o’rnini boshqa leksemaga bo’shatib bergan leksik birliklar”3 bo’lib, adib asarlarini o’rganish jarayonida quyidagi o’rinlarda bunday so’zlarga duch keldik:
–Yolvoraman. Sabiylarimga rahm qiling. Umrim bo’yi qulingiz bo’lay. (“Jimjitlik”, 47b). Biz ushbu misoldagi “sabiy” leksemasini tahlilga tortdik. “Sabiy” leksemasi hozirgi kunda iste’mol doirasida bo’lmasa-da, uning o’rniga go’dak, bola, yigitcha(O’TIL, III, 410b) leksemalari ishlatiladi.
Oblast partiya konferensiyasida so’z olib, hozirgi rahbarimiz ministr Luqmonovning yolg’on-yashiq gaplariga ishonib, yaxshi-yaxshi odamlarni badnom qilayotganini, Respublikada yangi bir shaxs paydo bo’lganini aytdi. (“Jimjitlik”, 10b). Ushbu misoldagi oblast leksemasi o’rnida hozirgi kunda viloyat, ministr leksemasi o’rnida vazir leksemalari iste’mol doirasidadir.
Yuqoridagi misollardagi arxaik so’zlar muayyan davrning yozma uslubini ifodalashda va qahramonning nutqiy xarakteristikasini berishda uslubiy vosita sifatida xizmat qilgan.
Eskirgan so’zlarning yana bir turi tarixiy so’zlar bo’lib, ular istorizm termini bilan ham yuritiladi. Istorizmlar orqali ifodalanadigan tushunchalar iste’mol doirasidan chiqib qolgan bo’ladi. Istorizmlar o’zlarining ekvivalentlariga (yangi so’zlariga) ega emas.
Istorizmlar eskirgani va iste’moldan chiqib qolgani jihatdan arxaizmga o’xshasada, biroq bunday so’zlarning farqlari ham mavjud:
Arxaizmlar orqali ifodalanadigan narsalar mavjud bo’lsa, istorizmlar orqali ifodalanadigan predmetlar yo’qolgan bo’ladi.
Arxaizmlarning ekvivalenti mavjud bo’lib, u shu bilan (yangi so’z yoki sinonimi bilan) ifodalansa, istorizmlarning ekvivalenti bo’lmaydi.
Arxaizmlar davrlar o’tishi bilan passiv so’zdan aktiv so’zga aylanishi mumkin, istorizmlar esa bunday xususiyatga ega emas.1
Bunday so’zlar ham badiiy matnda o’tmish voqeligini real tasvirlash maqsadida ishlatilib, yozuvchi asarlari tahlili jarayonida ham istorizmlarni uchratdik:
Do'stlaringiz bilan baham: |