Ishning maqsadi va vazifalari


Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta'minlashning



Download 213,85 Kb.
bet7/8
Sana06.02.2022
Hajmi213,85 Kb.
#433115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mmmmm

2.2. Quyosh elementi yordamida uylarni elektr energiya bilan ta'minlashning
tajribaviy modeli.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Quyosh elementi yordamida uylarni elektr bilan ta'minlashning tajribaviy modeli yaratildi (2.2.1 – rasm). Ushbu model xonalarini yorugʻlik bilan ta'minlashda jami 15 ta yog'du diodlaridan foydalanilgan boʻlib, ular bir – biriga ketma - ket ulangan 2 ta Quyosh batareyalari yordamida elektr energiyasi bilan ta'minlangan. Undan tashqari, elektr energiyasi
uzluksizligini ta'minlash maqsadida zanjirga batareya ulangan boʻlib, energiya zaxirasi uchun xizmat qiladi. Quyosh batareyasi yuzasiga yorugʻlik nurlari tik
tushadigan qilib joylashtirilsa, maksimal quvvatli elektr energiya olishga erishiladi. Bu modelga oʻrnatilgan Quyosh batareyalarining har birining yuzasi (7,5 sm
x 3 sm) 22,5 sm², ikkila Quyosh batareyaning umumiy yuzasi esa 45 sm boʻlib, maksimal tok kuchi Imax = 40 mA, kuchlanishi Umax = 6 V va quvvati Pmax=0,25 W
qiymatlarni tashkil qiladi. Bizga elektr bo'limidan ma'lumki, manbalar ketma-ket ulanganda ularning umumiy tok kuchlari har bir manbaning tok kuchlari
yigʻindisiga teng, kuchlanishi esa oʻzgarmas boʻlib qoladi.



U holda ushbu qonuniyatni ketma – ket ulangan Quyosh batareyalar uchun qoʻllab, umumiy tok kuchi Ium, max = 80 mA, kuchlanishi Uum, max = 6 V va quvvati Pum. max – 0,5 W boʻlgan Quyosh batareyasi manbaini hosil qilamiz (2.2.2 – rasm). 2.2.2 – rasmdagi diod Quyosh batareyasi hosil qilgan elektr tokini faqat bir tomonlama oʻtkazish, ya'ni Quyosh batareyasidan zanjir elementlari tomon oqishini ta'minlash vazifasini bajaradi. 2.2.2 - rasmdan ko'rinadiki, agar “l" va "2" kalitlar ulansa, Quyosh batareyasi va batareyalar berk zanjir hosil qilib, batareya zaryadlana boshlaydi. Agar “1” va “3” kalitlar ulansa, Quyosh batareyasi 15 ta yog'du diodlari bilan berk zanjir hosil qilib, yogʻdu diodlari Quyosh batareyasi yordamida bevosita yonadi. Agar “2” va “3” kalitlar ulansa, batareya va 15 ta yog'du diodlari zanjiri berk boʻlib, yogʻdu diodlari batareya yordamida yonadi. Agar hamma kalitlar ulansa, ya'ni, butun zanjir berk holatga keltirilsa, Quyosh batareyasi hosil qilgan elektr toki energiyasi batareyani zaryadlashga va yogʻdu diodlarini yoqishga sarflanadi. Quyosh batareyasi klemmasi uchlarida hosil boʻlgan potensiallar farqi batareya uchlaridagi potensiallar farqiga tenglashganda yoki undan kichik boʻlganda, ya'ni yorugʻlik nuri tushmasdan, intensivlik kamaygan paytda batareya zaryadlanishdan toʻxtaydi. Endi, yogʻdu diodlarini yoqish uchun batareyadan foydalaniladi. Demak, batareya zaryadlanishi uchun Quyosh batareyasi klemmalari uchlaridagi potensiallar farqi batareya uchlaridagi potensiallar farqidan kattaroq boʻlishi kerak.
Ushbu loyiha ishi har yili mamlakatimizda o'tkazilib kelinayotgan “Yosh olimlar, talabalar va magistrlar innovatsion g'oyalar Respublika koʻrik - tanlovi”ning IX - Respublika yarmarkasida “energetika, energiya va resurs tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha ichki va hududiy bosqichlarida II – darajali diplom bilan taqdirlandi. Ushbu loyiha ishi kelgusida markazlashgan elektr tarmoqlari yetib bormagan joylardagi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash bilan bogʻliq boʻlgan zarur ma'lumotlarni olishda katta xizmat qiladi.



Download 213,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish