Таянч иборалар:
ахборот, ресурс, тасвир, анимация, графика,
прогматик мослик, семантик мослик, синтактик мослик, ахборот
ҳажми, ахборотнинг ўлчов бирлиги, саноқ тизимлари, кодлаштириш,
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
11
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmaydigan, balki faqat
saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu
ma’lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish
imkoniyati tug’ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni
foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo’ladi.
Axborot – resurs sifatida boshqa resurslar (energiya, gaz, suv yoki foydali
qazilmalar zaxiralari) kabi muxim ahamiyatga egadir. Jamiyat rivojlangani sari
iqtisodiyot, fan-texnika, qishloq xo’jaligi, madaniyat, san’at, tibbiyot kabi turli
sohalarga oid axborot resurslari soha rivojlanishining muxim omillaridan biriga
aylanib bormoqda.
Axborot texnologiyaning asosiy resursi bu – axborotdir.
5 - rasm. Axborot texnologiyaning asosiy resursi.
Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar
xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda,
musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot turlari.
Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo’lib, u mazmunan yagona, yaxlit va
tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir
Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o’zida ifodalagan rasm
bo’laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Rasm, manzara, matematik funktsiyalar
grafigi va shunga o’xshash ma’lumotlar hisoblanadi.
Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma’lum
vaqt oralig’ida, ma’lum sondagi bir xil o’lchamga ega bo’lgan tasvirlar tezkor
almashtiriladi.
Axborotning xossalari: Ob’ektivnost – xaqqoniylik; Dostovernost – ishonchlilik;
Aktualnost - dolzarblik; Tochnost- aniqlilik; Ponyatnost- tushunarlilik; Polnota-
to’liqlilik
Kimningdir fikriga bog’liq bo’lmagan axborot – xaqqoniy axborot xisoblanadi.
Xaqiqiy jarayonga mos bo’lgan axborot ishonchli xisoblanadi, Axborot dolzarb
xisoblanadi qachonki axborot o’sha vaqt uchun qimmatli bo’lsa, Axborot aniq deyiladi
– agarda u xaqiqiy jarayon ko’rsatkichlariga eng yaqin bo’lsa. Axborot tushunarli –
qachonki qabul qiluvchi tushunadigan tilda ifodalansa. Qarorlar qabul qilish uchun
etarli xajmdagi ma’lumotlardan tarkib topgan axborotlar to’liq axborot deyiladi.
Foydalanuvchi
uchun
axborotning
muhim
xarakteristikalaridan
(ko’rsatgichlaridan) biri -uning adekvatligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |