Ishlatish joylari keltirilgan


Hajmiy bloklardan tiklangan binolar konstruksiyalarini loyihalash



Download 19,98 Mb.
bet92/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Hajmiy bloklardan tiklangan binolar konstruksiyalarini loyihalash


Hajmiy bloklardan tiklanadigan binolar quyidagi, hajmiy - blokli, panel-blokli va sinch-blokli konstruktiv tizimlar bo‘yicha loyihalashtiriladi.
Hajmiy - blokli konstruktiv tizim bo‘yicha binolar yuk ko‘taruvchi hajmiy bloklar tiklanadi.
Panel - blokli konstruktiv tizim bo‘yicha binolar yuk ko‘taruvchi hajmiy bloklar va orayopma yassi panellardan tiklanadi.
Sinch - blokli konstruktiv tizim bo‘yicha binolar yuk ko‘taruvchi sinchlar bilan birga yuk ko‘taruvchi va yuk ko‘tarmaydigan hajmiy bloklardan tiklanadi.
Kitobda «qalpoq» shaklidagi hajmiy bloklardan tiklanadigan binolar qaralgan.
Hajmiy bloklar bir-birining ustiga to‘rt burchagi bilan yoki to‘rt tomoni bilan o‘rnatilishi mumkin (11.14 - rasm).
Hajmiy bloklar tayanish shartiga qarab 2 asosiy tipga bo‘linadi:
«A» tipga to‘rt burchagi bilan yoki ichki ikki burchagi va tashqi devor prostenkalari bilan o‘rnashadigan bloklar kiradi (11.14,a,b rasm).
«B» tipga perimetri yoki devor perimetrining bir qismi bilan o‘rnashadigan bloklar kiradi (11.14,v,g - rasm)
Hajmiy blok butun holda tayyorlanadigan «qalpoq», pol paneli va tashqi devor panelidan iborat bo‘ladi (11.15 rasm).
«Qalpoq» shaklidagi hajmiy blok og‘ir yoki engil betondan tayyorlanadigan to‘rt devor va ship plitasidan iborat bo‘ladi. «Qalpoq» shaklidagi hajmiy blokning vertikal ba gorizontal burchaklari «vut»lar yordamida kuchaytiriladi. «Vut»larning aylanish radiusinn «A» tipdagi bloklar uchun 170 mm dan va «B» tipdagi bloklar uchun 70 mm dan kam qabul qilinmaydi. «Qalpoq» shaklidagi hajmiy bloklarni tayyorlashda sinfi V20 dan past bo‘lmagan betonlarni ishlatish tavsiya etiladi.
«A» tipdagi hajmiy bloklarning devorlarida teshiklar (proyomlar) ixtiyoriy joylashtirilishi mumkin. Faqat proyomdan vertikal burchakkacha bo‘lgan masafa tashqi tomondan 300 mmdan kam bo‘lmasligi shart.
«B» tipdagi hajmiy bloklarning har bir devorida faqat bitta proyom ochish ruxsat etiladi. Eshik proemlari enlarining umumiy yig‘indisi 9 qavatli binolarda blok devorlari perimetrining 20% dan,
5 qavatli binolarda blok devorlari perimetrining 30% dan ko‘p bo‘lmasligi shart. Faqat proyomdan vertikal burchakkacha bo‘lgan masafa tashqi tomondan 250 mmdan kam bo‘lmasligi shart.
«Qalpoq» shaklidagi «A» tipdagi hajmiy bloklar devorlarining qalinligi o‘rta gorizontal kesim bo‘yicha 45 mmdan kam qabul qilinmaydi. Devorlarining minimal kalinlign esa 40 mmdan kam qabul qilinmaydi. 5 qavatdan baland bo‘lgan binolarda blok burchagidan har ikkala tomonga 300 mm masofada devorlar tayanch uchastkalarining qalinligini 80 mm qabul qilish tavsiya etiladi (11.16 - rasm).
«Qalpoq» shaklidagi «B» tipdagi hajmiy bloklar devorlari og‘ir betondan tayyorlanganda ularning qalinligi o‘rta gorizontal kesim
bo‘yicha 60 mmdan kam qabul qilinmaydi. Devorlarining minimal qalinligi esa 50 mmdan kam qabul qilinmaydi (11.16 - rasm).
Hajmiy bdoklarda pol paneli qovurg‘ali qilib tayyorlanadi. Qovurg‘alar bir yoki ikki yo‘nalishda joylashtirilishi mumkin (11.17 - rasm). Qovurg‘alarning balandligi hisob bo‘yicha quyidagicha qabul qilinadi: panel girdi bo‘yicha hosil qilinadigan qovurg‘alar uchun 180...220 mm, ichki qovurg‘alar uchun 140... 180 mm. Panel plitasi qalinligi qovurgalar orasidagi masofalarga bog‘liq bo‘lib 40 mm dan kam qabul qilinmaydi.
Pol paneli «qalpoq» bloki bilan ikki xil birikadi:
«A» va «B» tipdagi panellar uchun «qalpoq» blok panel usiga o‘tkaziladi (11.18, d rasm);
«A» tipdagi panellar uchun «qalpoq» blok paneliga kiygiziladi (11.18, b rasm).


    1. rasm. Hajmiy bloklarning tipi: a-«A» tip, blok to‘rt burchagi bilan o‘tiradi; b- xuddi shunday, ikki burchagi va prostenok bilan o‘tiradi; v- «B» tip, butun perimetri bilan o‘tiradi; g- xuddi shunday, devor perimetrining bir qismi bilan o‘tiradi.



    1. rasm. Hajmiy blok elementlari:

a- Kalpoq ko‘rinishidagi blok; b - osma devor paneli; v -pol paneli.

11.16. «A» va «B» tipidagi bloklarning konstruksiyasi «qalpoq» ko‘rinishidagi hajmiy bloklarning konstruksiyasi: a- bo‘ylama qirqim; b-plan; v-ko‘ndalang qirqim.


11.17 rasm. Pol paneli konstruksiyasi: a-umumiy ko‘rinishi; b, v- qirqimlar.
Har ikkala holda ham pol paneli «qalpoq» blok devorlari bilan bog‘lovchi detallarni payvandlab biriktiriladi.
11. 18 racm. «Qalpoq» shaklidagi hajmiy blok devorlarining pol paneli bilan birikishi: a- blok devori pol panel ustiga mingan hol; b-
pol paneli blok ichiga kirgan hol: l-qorishma; 2-blok devori; 3- pol plitasi.

«Qalpoq» shaklidagi hajmiy blok elementlari armaturali to‘rlar va sinchlar bilan armaturalanadi. Armaturali sinchlar blokning vertikal va gorizontal burchaklarida joylashtiriladi. Vertikal sinchlarning ishchi armaturalari hisob bo‘yicha aniqlanadi. 5 qavatli binolar bloklari uchun vertikal sinchlarning bo‘ylama armaturalarini 3Ǿ 8 A-II


+1Ǿ 6 A-I, 9 qavatli binolarning bloklari uchun esa 3Ǿ12 AII +2Ǿ8 AII dan kam qabul tavsiya etilmaydi. Bo‘ylama armaturalar yopiq xomut sifatidagi ko‘ndalang armaturalar bilan qamrab olinishi shart. Tayanch tugunlaridan 250 mm masofada yopiq xomutlar diametri 5 mm bo‘lgan V-1 sinfli armaturadan tayyorlanib qadami 50 mm dan kam qabul qilinmaydi. Hajmiy blok devorlari konstruktiv talablar asosida armaturalanadi. Armaturali to‘r diametri 3 mm dan kam bo‘lmagan V-1 sinfli simlardan tayyorlanadi. Armatura to‘rining o‘lchami 250x250 mmdan katta qabul qilinmaydi. Armaturali to‘rning deraza va eshik o‘rinlariga mos kelgan joylari deraza va eshik girdi bo‘yicha diametri
6...8 mm bo‘lgan A-II sinfli armatura bilan kuchaytiriladi.
«B» tipdagi hajmiy blok devorlari kesim o‘rtasida joylashgan bitta armaturali to‘r bilan armaturalanadi. Armaturali to‘r diametri 3..4 mm bo‘lgan V-1 sinfli simlardan tayyorlanib to‘r katagining o‘lchami 200x200 mm dan katta qabul qilinmaydi. Devorlar to‘rlari bir - birining ustiga va ship plitasiga 300.. .400 mm o‘tkaziladi.
Devorlar birlashadigan vertikal «vut»larni uchta Ǿ10... 12 AII sterjendan tashkil topgan xajmiy sinchlar bilan armaturalanishi tavsiya etiladi.
«B» tipdagi hajmiy bloklarning bikrligi va yoriqbardoshligini oshirish maqsadida quydagilar konstruktiv tadbirlar tavsiya etiladi:

  1. eshiklar o‘rnatiladigan joylarning pasti balandligi 40...50 mm ga teng bo‘lgan temirbeton sterjen yoki diametri 10 mm bo‘lgan armatura bilan birlashtiriladi. Armatura devor to‘riga payvandlanadi.

  2. eshiklar o‘rnatiladigan joylarning atrofi 200...300 mm masofada ishchi armaturalar bylan zich armaturalanadi va armatura ko‘ndalang kesim yuzasi 1,5...2 barobar ko‘paytiriladi.

  3. peremichkalar ko‘ndalang armaturalar bilan zich armaturalanib qadami 100 mm katta qabul qilinmaydi.

  4. devorlarni armaturalash uchun ishlatiladigan sovuq holda cho‘zib tayyorlangan simlardan iborat bo‘lgan ishchi armaturalari kamida ikkita ko‘ndalang armatura payvand qilinib siqiladigan zonalarga ankerlanishi shart.

  5. bloklardagi teshiklar va o‘yiqlar chetlarining birlashish joyi radiusi 20 mm ga teng bo‘lgan aylana shaklida bo‘lishi shart.

«Qalpoq» shaklidagi hajmiy blok shipi paneli qovurg‘ali (qovurg‘alari yuqori tomonga qaragan) va yassi qilib tayyorlanishi mumkin. YAssi plitalarning qalinligi plita o‘rtasidan tayanchlarga qarab oshib boradi va plita o‘rtasida 40.. .50 mm, tayachlarda esa 90 mm qabul qilinadi.
Qovurg‘ali panel plitasining qalinligi 40 mm dan kam qabul qilinmaydi. Panel qovurg‘asining balandligi 80 mmdan kam va qadami esa 300 mmdan katta qabul qilinmaydi.
SHip panelini sovuq holda cho‘zilgan simlardan tayyorlangan to‘r bilan bir qavat armaturalash tavsiya etiladi.
«B» tipidagi bloklarda ship panelining bo‘ylama devorlar bilan birikadigan joylari qo‘shimcha ravishda to‘rlar bilan armaturalanadi. Payvand to‘rlar devorga va ship paneliga ular kichik o‘lchamlarining ¼ qismiga teng bo‘lgan uzunliklarga bukiladi.
YUqori qavat bloklari qurilmaganda ship panellari armaturasi oddiy bloklarga nisbatan ko‘paytiriladi. YOki tomdan uzatiladigan yuklar maxsus panellar orqali devorga uzatiladi.
Pol panelining plitasi diametri 5 mmdan kam bo‘lmagan sovuq holda cho‘zilgan V-1 sifdagi simlardan tayyorlangan to‘r bilan armaturalanadi. Armatura kesim yuzasi hisob bo‘yicha aniqlanadi. Panel girdi bo‘yicha hosil qilingan qovurg‘alar va ko‘ndalang qovurg‘alar armaturali sinch bilan jihozlanadi. Bo‘ylama qovurg‘a esa alohida sterjen bilan armaturalanadi.
Devorlari pol paneli ustiga mindiriladigan «A» tipdagi bloklar uchun panel burchaklari qo‘shimcha ravishda armaturali to‘r bilan jihozlanadi. To‘rlar katagining o‘lchamlari 100x100 mm qabul qilinib, diametri 4 mm bo‘lgan V-1 sinfli simlardan tayyorlanadi.
Pol panelining bikrligini oshirish maqsadida panel qirralari oldindan taranglashtiriladigan sterjenlar bilan armaturalandi.
Hajmiy bloklarning hammasi uchun beton himoya qatlami 15 mm dan kam qabul qilinmaydi.

Download 19,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish