Ishlatish joylari keltirilgan


Iirik panelli binolar konstruksiyalarini loyihalash



Download 19,98 Mb.
bet89/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Iirik panelli binolar konstruksiyalarini loyihalash


Yirik paneli binolar bikr konstruktiv sxemaga ega. Bunday binolarning seysmik ta’sirga chidamliligi seysmik tumanlarda
qurilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan binolar misolida tasdiqlangan. Balandligi 4-12 qavat bo‘lgan yirik panelli binolar Jambul (1971 y ), Dog‘iston (1975 y), Gazli (1976 y), Isfara (1977 y) va boshqa shaharlarda sodir bo‘lgan 7-9 balli zilzilarga yaxshi bardosh bergan. Yirik paneli binolar konstruksiyalarini (devor panellari va orayopma plitalari) montaj qilish jarayonida panellarni biriktiruvchi devorlar va beton tanasidan chiqarilgan armaturalarni payvanlab biriktirish va panellar orasidagi gorizontal va vertikal choklarni beton qorishmasi bilan to‘ldirish zilzilabardosh fazoviy konstruksiya yaratish imkonini berdi.
O‘rta Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi xudida balandligi 9 qavat bo‘lgan 1-464 AS seriyali yirik paneli binolar qurilishi keng tarqalgan. Bu seriyadagi yirik paneli binolarning ko‘ndalang yo‘nalishdagi zilzilabardoshligi bino eni bo‘yicha joylashtiriladigan ko‘dalang devor bilan ta’minlanadi. Binoning bo‘ylama yo‘nalishdagi zilzilabardoshligi esa, bitta ichki va ikkita tashqi devorlar bilan ta’minlanadi. Ko‘ndalang devorlar har 2,6 va 3,2 m masofada qo‘yiladi. Devorlarning birgalikda ishlashini orayopma panellaridan iborat bo‘lgan gorizontal diafragma ta’minlaydi.
Devor panellari va orayopma plitalari o‘zaro biriktiruvchi detallar va beton tanasidan chiqarilgan armaturalarni payvvandlash yo‘li bilan biriktiriladi. Devor panellari va orayopma plitalari orasidagi choklar esa beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Panellarning siljishga qarshiligini oshirish maqsadida panellarning yon qirralarida o‘yiqlar xosil qilinadi.
1-464 AS seriyali yirik paneli binolar seysmikligi 7, 8 va 9 balli bo‘lgan tumanlarda qurish uchun mo‘ljallangan.
Toshkent shahri sharoitida qurish uchun «Kamyu» (Fransiya) firmasi bilan hamkorlikda SNIIEPjiliщa (Rossiya) tomonidan balandligi 9 qavatdan iborat bo‘lgan E-109 seriyada zilzilabardoshligi 9 ball bo‘lgan
yirik panelli turar-joy binolari konstruksiyasi ishlab chiqilgan. Binolar uzunligi 30 metrdan iborat bo‘lgan seksiyalardan tashkil topgan bo‘lib, antiseymik choklar bilan ajratilgan. YUk ko‘taruvchi ko‘ndalang devorlar qadami 3,0 va 4.8 m qabul qilingan. Ikkita ichki bo‘ylama devorlar bir-biridan 1,9 m masofada joylashtirilgan. Tashqi bo‘ylama devorlar ham yuk ko‘taruvchi hisoblanadi. Lodjiy joylashgan joylarda devorlar ramalar bilan almashtirilgan. Bunday ramalarning qo‘yilishi tashqi devorlar bikrligini ko‘paytiradi va seysmik ta’sirga bino ustivorligini oshiradi. Ko‘ndalang devorlarning qalinligi pastki qavatlar uchun 220 mm, yuqori qavatlar uchun esa 160 mm qabul qilingan. Ichki bo‘ylama devorlarning qalinligi esa, mos ravishda, 300 va 220 mm qabul qilingan. Tashqi uch qatlamli bo‘ylama devorlarning qalinligi 250 mm qabul qilingan. Orayopma plitasining qalinligi esa 160 mm ga teng.
Vertikal va gorizontal choklar beton tanasidan chiqarilgan armaturalarni payvandlash yoki halqa yordamida biriktirishning yig‘ma- yaxlit birikma prinsipida echilgan. Beton tanasidan chiqarilgan armaturalar biriktirilgandan keyin choklar beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi.
Almatы (Qozog‘iston) shahri sharoitida qurish uchun Almatы uy qurilish kombinata va SNIISK (Rossiya) bilan hamkorlikda SNIIEPjiliщa (Rossiya) tomonidan balandligi 8 qavatdan iborat bo‘lgan E-147 seriyali to‘rt va oldi seksiyali yirik paneli turar-joy binolari loyihalashtirilgan. Sakkiz qavatli bino uzunligi bo‘yicha antiseysmik chok yordamida uzunligi 34,8 m bo‘lgan ikki seksiyali bloka ajratilgan. YUk ko‘taruvchi konstruksiya sifatida qadami 3,0 va 3,6 m bo‘lgan ko‘ndalang devorlar va 5,4+2,1+5,4 masofalarda joylashtirilgan to‘rtta (ikkita ichki va ikkita tashqi) bo‘ylama devorlar qabul qilingan. Tashqi bo‘ylama devorlarni bino yuk ko‘taruvchi tizimi ishlashiga jalb qilish lodjiylar mavjud bo‘lgan joylarda panjarali panellar quyish
hisobiga amalga oshiriladi. Bu devorlar bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha gorizontal seysmik yuklarning 40% ni qabul qilingan.
Bino ichki panellarining qalinligi 160 mm qabul qilinadi.Tashqi devorlar ikki qatlamli bo‘lib, ichki yuk qutaruvchi qatlam og‘ir betondan tayyorlanib qalinligi 150 mm qabul qilingan. Devorning tashqi qatlami keramzitbetondan tayyorlanib, qalinligi 200 mm qabul qilingan. Orayopma panellarining qalinligi 160 mm qabul qilingan.
Devor panellari orasidagi choklarning ishonchli ishlashi uchun panellarning yon qirralarida beton tishlar hosil qilingan. CHokning ichkarisida vertikal bo‘ylama armatura joylashtiriladi. Panellarning yonidan chiqarilgan armaturalar juft qilib payvandlanadi (11.9 - rasm).
E-147 seriya bazasi asosida Toshkent uy-joy qurilishi kombinati tomonidan seysmikligi 9 ball bo‘lgan tumanlarda tiklash uchun mo‘ljallangan 9 qavatli E-148 seriyali yirik panelli bino konstruksisi ishlab chiqilgan. E-147 seriyali binolardan farqli 148 seriyali binolarda qalinligi 160 mm bo‘lgan ikkita bo‘ylama ichki devor o‘rniga qalinligi 220 mm bo‘lgan bitta devor qabul qilingan. Ko‘ndalang devorlar orasidagi masofa 3,0 va 3,9 m qabul

11.9 rasm. E-147 seriyali yirik panelli binolarda panellarning birlashishi:


a - vertikal chok; b, v - mos ravishda tishlar bo‘yicha va tishlar o‘rtasidagi choklar; 1 - ichki devor paneli; 2 - orayopma plitasi;
3 -armatura; 4 - vertikal armatura; 5 - po‘lat plastinka.
qilingan. Bundan tashqari gorizontal kontakt choklar o‘rniga platformali chok loyihalashtirilgan (11.10, a rasm). CHokning etarli mustahkamlikka ega bo‘lishi uchun pastki devor panellaridan yuqori qirrasidan chiqarilgan halqa shaklidagi armaturam prokat qo‘shtavr bilan almashtirilgan. Taklif etilgan gorizontal chok konstruksiyasi bir nechta kamchiliklarga ega bo‘lib, chokning seysmik ta’sirlarga mustahkamligini ta’minlamaganligi sababli SNIIPjiliщa (Moskva) instituti tomonidan takomillashtirilgan chok konstruksiyasi taklif etilgan (11.10 b). Bundan ichki devor panellari bevosida bir-birining ustiga o‘rnatilib, tishlar devor panellarining yuqori va pastki qirralarida emas, balkim devor panellarining yon sirtida oryopma balandligi bo‘yicha hosil qilinadi. Taklif etilgan chok konstruksiyasida betonning kesilishdagi yuzasining va shu bilan birga ishqalanish kuchining ortshi chokning siljishdan qarshiligini oshiradi.

    1. Download 19,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish