Ishlatish joylari keltirilgan


Monolit bog‘langan uch qatlamli temir beton konstruksiyalar



Download 19,98 Mb.
bet95/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Monolit bog‘langan uch qatlamli temir beton konstruksiyalar


So‘nggi yillarda klassik ko‘pqatlamli konstruksiyalarga alternativa sifatida issiqlik saqlaydigan qatlami engil betondan tayyorlangan yangi turdagi uch qatlamli panellar tavsiya etilmoqda. Ularning yuk ko‘taruvchi qatlamlari siqilishga mustahkamligi V15 va undan yuqori bo‘lgan og‘ir yoki konstruksion engil betonlardan, issiqlik saqlovchi qatlami esa V1...VZ,5 klassdagi, o‘rtacha zichligi 400...800kg/m3 bo‘lgan keramzit beton, arbolit va boshka shu kabi kontruksion–issiqlik saqlovchi betonlardan tayyorlangan. Bu konstruksiyalar nomenklaturasida tashqi devor panellari, orayopmalar (chordoq va erto‘la usti) sifatida va turar–joy, jamoat, qishloq ho‘jaligi hamda isitiladigan ishlab chiqarish binolari tomyopmalarida foydalanish nazarda tutiladi.


Effektiv engil betonning turlaridan biri polistirol–beton bo‘lib, u ko‘pirtirilgan polistirol granullari, qum, bog‘lovchi modda (aksariyat sement) suv va g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalardan tayyorlanadi. Polistirol–betonning o‘rtacha zichligi 200...1200 kg/m3 va siqilishga mustahkamligi 0,5...10MPa ni tashkil etishi undan qurilishda foydalanish mumkinligini ifodalaydi. Polistirolbeton va undan barpo etilgan konstruksiyalarning hususiyatlarini MDX va xorijiy davlatlarda 60– yillardan e’tiboran o‘rganila boshlangan.
1967 yil VNIISM va MNIITEPda polistirolbeton, (tarkibi) pishiqligi payvandlashga imkon beradigan va beton qorishma tarkibiga ko‘ra deformatsiyaga chidamliligi xarakteristikasi ishlab chiqilgan.
Tayyorlashdagi oddiyligidan, polistirol binolarda panellarni tik biriktirishni va devor materiallari sifatini mustakamlash uchun tavsiya
etilgan. Polistirolbetonda bunday bog‘lovchi, ya’ni gips, suyuq shisha va boshqalarning qo‘llanilishi tarkibi yaratilgan.
Past mustahkamlikli polistirobeton sovuq o‘tkazmaydigan qatlam konstruksiyasi turli maqsadda qo‘llanilgan. 1973 yilda Kiev shahridagi EKB NIISK zavodda polistirolbetondan sovuq o‘tkazmaydigan ikki yoqlama qatlam plita qobiq yuzasiga yotqizilgan.
Tver DSK uy joy uylari uchun 121 k seriyali cherdak orayopma paneli
160 mm yo‘g‘onlikda og‘ir betondan ishlab chiqarilgan, ya’ni, qurilish maydonida talab qilingan issiq uzatuvchi konstruksiya qarshiligini ta’minlash uchun sovuq o‘tkazmaydigan penoplastlar yordami bilan ta’minlanadi. Ularni, uch qatlamli issiqlik izolyasiyalovchi polistirolbeton qalinligi 6 sm qatlam bilan almashtirilganda panel konstruktiv o‘lchovlarining saqlanishiga erishilgan. "Stroyindustriya" SKTB ning ma’lumotiga ko‘ra – (Tver shaxri), iqtisodiy foyda qo‘llash va ishlab chiqarishdan 4,2r o‘lchovida. 1m2 konstruksiyada (1980y. bahosi bilan) ishlab chiqilgan kesimlar uch qatlamli panel tashqi qatlam shlakopemzobeton va sovuq o‘tkazmaydigan polistirolbeton qatlam CHelyabinsk oblasti qurilishi uchun uch qatlamli huddi shunday tashqi qatlamli va polistirol penoplastdan sovuq o‘tkazmaydigan qatlam o‘rniga "CHelyabqurilishi konstruksiya" zavodining JBI–2 trestida ishlab chikariladiganiga almashtiriladi. Ishlab chikilgan konstruksiya tejashli bo‘lib, narxi 3,02 rub. (1980 y bahosida) 1 m2 l konstruksiyaga. Bu bilan ular tayyorlashga mexnat sarfini 32% ga kamaytiriladi. 30 yildan ko‘proq chet el mamlakatlarida polistirolbeton qo‘llanib kelinadi. Konstruksiya namenklaturasidan foydalanib MDX mamlakatlarida ham tarqalish imkonini olgan.
Resurslarni tejash va iqtisod qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda o‘rta qatlamdagi issiqlik tutuvchi sifatida issiqlik tutish hususiyati yuqori bo‘lgan arbolitdan foydalanish istiqbolli
hisoblanadi. Uni ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda qariyb cheklanmagan miqdorda homashyo (g‘o‘zapoya) bazasi mavjud bo‘lib, ushbu homashyo to‘ldiruvchi uchun uzluksiz ta’minlanishi mumkin.
Arbolitobeton egilishga bo‘lgan mustahkamligi ko‘p bo‘lib, tovush to‘lqinlarini yutish hususiyatiga ega. Bu konstruksion betonlarni egilishga bo‘lgan mustahkamligi yuqori bo‘lib, chegaraviy yuklardan keyin o‘z formasini qaytadan o‘rnini to‘ldirish hususiyatiga ega.
Arbolitobetonni asosiy kamchiliklaridan, ularni namlik yutish hususiyatini ko‘rsatish mumkin. SHuning uchun tashqi devor uchun arbolitobetondan qilingan konstruksiyalar kerakli miqdori qatlami bilan bajarilishi kerak.
Polistirolbeton va g‘o‘zapoya asosidagi arbolitbetonni qo‘llash tajribasini tahlili, shuningdek qator tadqiqotlarning natijalari mustahkamligi 0,5 MPa va undan past, o‘rtacha zichligi 200...300 kg/m3 bo‘lgan polistirolbetonni va mustahkamligi 1 MPa, o‘rtacha zichligi 500 kg/m3 bo‘lgan arbolitobetonni uch qatlamli monolit konstruksiyalarda issiqlik saqlovchi sifatida qo‘llash samarali hisoblanadi.
Qatlamlari monolit bog‘langan va turli mustahkamlikdagi temirbeton to‘siq konstruksiyalari xorijiy davlatlarda ham keng qo‘llaniladi. SHvetsiya va Finlandiyada sanoat binolari uchun uch qatlamli devor panellari ishlab chiqilgan. Bu konstruksiyalarda tashqi qatlamlar mustahkamlik sinfi V22,5 bo‘lgan keramzitobeton ishlatilgan. O‘rta qatlami esa ko‘pg‘ovakli mustahkamligi 1–4 MPa bo‘lgan betonlar ishlatilgan.
Sunggi yillarda Belgiyada loydan ko‘pirtirib olingan g‘ovak granullar ko‘rinishidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chikarish texnologiyasi amaliyotga joriy etilgan. Ular asosida betondan uch qatlamli devor, yopma va orayopma panellari tayyorlanmoqda. Uch qatlamli yuk ko‘taruvchi qatlam paneli 25...30 mm, ikki qatlamli 55...60 mm yo‘g‘onlikda tayyorlanadi.
Sanoat, chorvachilik va parrandachilik ob’ektlari, maktab, bolalar bog‘chasi, magazin binolari qurilishda "DURISOL" firmasi mahsuloti qo‘lanilishi keng tarqalangan.
Keyingi yillarda Belgiyada loydan engilashtirilgan g‘ovak granullar turida ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Betondan uning asosida uch qatlamli devor paneli va oraepma va yopish panellari, tashqi qatlam to‘ldiruvchi fraksiyalari 1...10 mm, o‘rtacha 1...30 mm foydalaniladi. Bunda beton pishiqligi tashqi qatlamda 20...30 va o‘rta qatlamida 3...4 MPa ni, zichligi esa 1100...1400 va 550...600 kg/m3ni tashkil qiladi.
Uch qatlamli to‘siq konstruksiyanining keng ko‘llamda qo‘llash uchun o‘rta qatlamdagi sovuq o‘tkazmaydigan qatlam tarkibini qayta ishlab chiqish va tayyorlash texnologiyasi shuningdek o‘ta engil to‘ldiruvchi ishlab chiqarishni kengaytirish zarur. Bunday betonlarning fizik–mexanik hususiyatini kompleks tadqiqot olib borilishi, konstruksion betonning tashqi qatlami va uch qatlamli konstruksiyaning turli kuch ta’sirida yorilishlarining hosil bo‘lishi, qattiqlik va musahkamligini hisoblash usulini ishlab chiqish talab qilinadi.
SHunday qilib, elastik bog‘lovchili uch qatlamli temirbeton konstruksiyalar va monolit bog‘langan uch qatlamli konstruksiyalarni qurilishda qo‘llash texnik va iqtisodiy tomondan qaralganda juda ham samarali natijalarni beradi. Ular yuqori issiqlik izolyasiya hususiyatlariga ega bo‘lib, yoqilg‘i–energiya mahsulotini sarflashni kamaytiradi. Bu konstruksiyalarni loyihalash usullari normativ xujjatlarda o‘z aksini topmagan.

    1. Download 19,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish