Ishlashning zamonaviy shakllari



Download 237,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.07.2022
Hajmi237,7 Kb.
#784621
1   2
Bog'liq
DtwSUHuY6YcB00DGLd6XoNS6Tj81DwUKXWH167ty

2.
 
Boshlang‘ich sinflarda masalalarni yechishga o‘rgatishning 
zamonaviy shakllari. 
Boshlang„ich matematik ta'lim mazmunining eng muhim komponenti – bu 
sonlar bilan bog„liq va algebraic yoki arifmetik amallar yordamida yechiladigan 
hayotiy vaziyatlardan iborat bo„lgan masalalardir. Masalada ba‟zi kattaliklarning
qiymatlari kiritilgan bo„lib, ularga bog„liq va masala shartida ular bilan ma‟lum 


munosabatlar orqali bog„langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi. 
Masalani yechishda ijobiy natijaga erishish uchun, o„quvchilarda masalaning matni 
bilan ishlash ko„nikmalarini shakllantirish, ma‟lumotlardagi ma‟lum va noma‟lum 
sonlarni ajrata olish, masalada berilgan ma‟lumotlarining to„liqligini aniqlash 
(ma‟lumotlar yetarli yoki yetarli emasligi, ortiqchaligi), vazifalar aniq berilganligi, 
masalani yechish uchun qaysi ma‟lumotlar yetarli emasligini mustaqil ravishda 
aniqlash lozim. 
Shu munosabat bilan ta‟lim faoliyati mazmuniga tizimli ravishda quyidagi 
masala turlaridan kiritish maqsadga muvofiq: 
- masalalarning noan‟anaviy tuzilmasi (masala savolida masala shartining bir 
qismi "yashiringan" bo„lishi mumkin yoki masalaning butun matni bitta so„roq gap 
yordamida tuzilgan); 
- masala matnidagi raqamli ma‟lumotlarni so„zlar bilan ifodalash; 
- masaladagi ma‟lumotlarning ko„pligi va bu masalani yechishda bir nechta 
usullardan foydalanish; 
- masala matnida ma‟lumotlarni yetishmasligi yoki ortiqcha ma‟lumotlar 
borligi; 
- muqobil shartli masalalar. 
Shunday masalalarga misollar keltiramiz. 
Misol.
4 ta koptok uchun 1200 so„m to'landi. 6 ta shunday koptok necha 
so„m turadi? 
Bu masala matnining tuzilishi shart-savol-shartdir, ya‟ni masala savolida 
ma‟lumotlardan biri mavjud. Odatda, o„quvchilar shartni bilan ishlashda 6 -
raqamga e‟tibor bermaydilar, uni savolga qo„yadilar, bu masalaning mazmunini 
o„zlashtirilishiga salbiy ta‟sir qiladi va qisqa shartni tuzishda ba‟zi muammolarni 
keltirib chiqaradi. 
Bunday masalalarini yechishda, masaladagi berilgan aniq ma‟lumotlar bilan 
masaladagi savolni ajratib olish uchun, masalaning matnini qayta tuzish usulini 
qo„llash ham mumkin. Ushbu masala matnini quyidagi matn bilan o„zgartirish 


mumkin: “4 ta koptok 1200 so„m turadi. 6 ta koptok sotib olish uchun necha so„m 
to„lanadi?”
Misol.
Garajda sakkizta yengil mashina va ulardan to„rtta ko„p yuk mashinasi 
bor. Garajda jami nechta mashinalar bor?
Bunday ko„rinishdagi masalalarning mazmuni tushunish o„quvchilar uchun 
ma‟lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, sababi masala matni bilan birinchi 
tanishganda qiymatli ma‟lumotlar darrov ko„zga tashlanmaydi, faqat mazmunini 
tahlil qilish, mulohaza yuritish natijasida, uning mohiyatni tushunadi.
Misol.
23 m uzunlikdagi arqondan avval 5 m, keyin yana 8 m kesib olingan. 
Jami necha metr arqon kesib olingan? 5 metr kesib olingandan keyin necha metr 
arqon qoldi? Avval kesilgan arqon keyin kesib olingan arqondan necha metr kam? 
Masala savoliga javob berish uchun o„quvchilar matndan kerakli 
ma‟lumotlarni izlaydilar. Muqobil shartli masalalar – bu masalani yechimning bir 
nechta mumkin bo„lgan imkoniyatlarini ko„rib chiqish zarur bo„lib va bu 
imkoniyatlar o„rganilgandan keyin masalani javobi topiladi.
Misol. Ikkita qayiq bir vaqtning o„zida daryo bo„yidagi qirg„oqning bir 
joyidan jo„nab ketdi. Birinchisi soatiga 17 km tezlikda, ikkinchisi – soatiga 19 km 
tezlikda harakatlanadi. 2 soatdan keyin ular bir-biridan qanday masofa uzoqlikda 
bo„ladi? 
Masaladagi berilgan ma‟lumotda qayiqlar qaysi tomonga suzib ketgani 
noma‟lum. Agar ular bir tomonga suzib ketgan deb faraz qilsak, bitta javob olamiz, 
agar qarama-qarshi yo„nalishda suzib ketgan deb faraz qilsak – boshqa javob 
olamiz. 
Misol.
Qirq olti nafar o„quvchi, to„rt va olti o„rindiqli o„nta qayiqda sayohatga 
chiqishdi. Nechta to„rt o„rindiqli va nechta olti o„rindiqli qayiqlar bor edi? " 
Masalada qayiqlardagi bo„sh o„rindiqlar soni to„g„risida ma‟lumot yo„q. 
Shuning uchun, berilgan ma‟lumotlarga asosida biz turli xil usullardsa yechamiz. 
Misol.
To„rtburchakli yer maydonining yuzasi 48 kv/m. Bu yer maydonini 
o„rab turgan panjara uzunligi necha metr? 


To„rtburchakning bir tomonining uzunligi haqida hech qanday ma‟lumot 
yo„q, shuning uchun masalani yechishda yer maydoni tomonlari uzunliklarining 
barcha mumkin bo„lgan sonli qiymatlarini hisobga olish kerak ya‟ni: 48 va 1, 24 
va 2, 16 va 3, 12 va 4, 8 va 6 metr. Shuning uchun devor uzunligining perimetri har 
xil ko„rinishda bo„ladi: 98, 52, 38, 32 va 28 metr.
Sharti noaniq masalalar – bu javob olish uchun ma‟lumotlari yetarli 
bo„lmagan masalalardir. 
Misol.
Omborda 392 ta banka gilos, malina va qulupnay murabbosi bor. Gilos 
murabbosi malina murabbosidan 3 marta ko„p. Gilosdan tayyorlangan har bir 
banka murabboning massasi 800 g bo„lsa, jami necha kg gilosli murabbo 
tayyorlangan? 
Masalada qulupnay murabbosi bankalari soni haqida yetarli ma‟lumot yo„q. 
Masalani yechish uchun shartiga ma‟lumot qo„shish kerak. 
Misol:
5 ta o„rgimchakning nechta oyog„i bor?
Masalada bitta o„rgimchakning nechta oyog„i borligi haqida ma‟lumot yo„q. 
Sharti noaniq masalalar – bu javob olish uchun ma‟lumotlari yetarli bo„lmagan 
masalalardir. 
Bu masalani yechish uchun ensiklopedik adabiyotlardan foydalanib
yetishmayotgan ma‟lumotlarni topish mumkin. 
Yuqoridagi ma‟lumotlardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilish mumkin: 
“Ma‟lumotlar bilan ishlash" boshlang'ich ta‟lim matematikasining ajralmas qismi 
hisoblanadi. Ma‟lumotlar bilan ishlash jarayonida berilgan vazifalar: topshiriqlar 
o„quvchilarini ma‟lumot izlashga, kerakli ma‟lumotlarni ajratib ko„rsatishga va 
qayd etishga, ma‟lumotlarni tizimlashtirishga, taqqoslashga, tahlil qilishga va 
umumlashtirishga, talqin qilishga va o„zgartirishga o„rgatadi. Ma‟lumotlar bilan 
ishlash bo'limiga tegishli topshiriqlardan foydalanish o„quv jarayonini boyitib, uni 
samarali bo„lishiga xizmat qiladi. Ta‟lim olish o„quvchining ijodiy faoliyatini 
boyitadi, izlanish va tadqiqotlar olib borishga imkon beradi. Ma‟lumotlar bilan 
ishlar o„quvchilarda bilimini oshirishda mustaqillik faoliyatni rivojlantiradi. 


Ma‟lumot bilan ishlash qobiliyati boshlang'ich maktab bitiruvchisining 
ajralmas xususiyatidir. 
Nazorat savollari: 
1.
Ma‟lumot sxemalari haqida tushuncha bering.
 
2.
Sinfda bolalarga nima sababdan mustaqil ishlashga ko„proq imkon berish 
kerak?
 

Download 237,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish