Ishlarning maqsadi va vazifalari


oshirishga qo‘yilgan talablar



Download 254,8 Kb.
bet9/24
Sana30.06.2022
Hajmi254,8 Kb.
#718548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Tim vord

oshirishga qo‘yilgan talablar


Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O‘quvchilarning ayrim xatti-harakatlariga bu xatti-harakatlar namoyon bo‘lishining tashkil etishi tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida o‘quvchilarni o‘rganishda amal qilishi lozim bo‘lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin:

  1. Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatinioshirishga bo‘ysindirmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri. Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish, demak, tashqi tomoniga emas, balki ularning xulq-atvor sabablarini o‘rganishga e’tibor bermoq darkor.

  2. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish. O‘quvchi ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali mehnatga va jamoat ishiga o‘rganishi lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak-atrofdagi kishilar bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning qirralari yanada to‘la ochiladi. O‘quvchilarni tibbiy ish va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.

Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. O‘ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalgaoshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg‘iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O‘quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.

  2. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va qobilyatinio‘stirish, har bir o‘quvchining indivudial ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o‘quvchining sog‘ligini mustahkamlashga ham katta e’tibor beradi.

  3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsniyuqori o‘zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.

  4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlariniyo‘naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlaridagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.

  5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, o‘quv kuni o‘zlashtirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.

  6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fano‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.

Sinf rahbarining axloqiy obro‘si nihoyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Ana shundagina u tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishining o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki tarbiyachilik qobiliyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, siðolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtayi nazarini hisobga olishi, harakatlarini bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining g‘oyasini aniq ifoda eta olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga yordam bo‘ladi.
Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni o‘stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilish zarur. O‘qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, diqqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi.
6.4. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf

Download 254,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish