Vazirlar Mahkamasi. O'zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an'analarini o'zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat - Vazirlar Mahkamasi tuzildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hoki-miyatni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalari raislari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ко'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig'iga binoan xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi.
Sud hokimiyati. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993—yil 2-sentabrda qabul qilingan "Sudlarto'g'risida" gi qonun asosida sud islohotlari o'tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonun-lashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta'minlandi. O'zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlash yo'lida faoliyat ko'rsatmoqda.
Malialliy davlat hokimiyati
Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqib, "O'zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq 1992—yil yanvaridan boshlab viloyat, tuman, shaharlarda hokimlik tashkil etildi. Hokimiyat qoshida ijroiya apparati tuzildi.
Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, davlat va fuqarolarning manfaatini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadi.
Hokim va uning ijroiya apparati joylardagi korxona va muassasalarga rahbarlik qilish, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlariga mos ravishda hal qilish bilan shug'ullanmoqda.
Boshqaruv sohasidagi ishlohatlar.
O'zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishni ta'minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkama-chilik va ma'muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o'zini-o'zi idora etishga o'tildi.
Ma'muriy-buyruqbozlik, to'rachilik tizimining o'zagini tashkil etgan Davlat reja Qo'mitasi, Davlat ta'minot Qo'mitasi, Davlat narxlar Qo'mitasi, Davlat agro-sanoat Qo'mitasi va boshqa qo'mitalar, vazirliklar, ularning ma'muriy apparatlari tugatildi.
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o'zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakilatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo'linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik - tijorat banklari -"O'zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O'zjamg'armabank", "G'allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi.
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq Qo'mitasi, Bojxona Qo'mitasi tuzildi. Davlat nazorati Qo'mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimi-yatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat Qo'mitasi tashkil etildi, Bu qo'mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo'mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko'chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzil-malarini tashkil etmoqda.
O'zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo'yicha tarmoq vazirliklari tugatilib. ular o'z-o'zini mablag' bilan ta'milaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo'jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o'zgardi.
Umummilliy ahamiyatga molik bo'lgan tarmoqlarda, masalan, turizm, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Shunday qilib, mustaqillik qo'lga kiritilgandan beri o'tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqaro-laming o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkazib borilmoqda. 2001-2005— yillarda boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5 foizga qisqartirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |