Mavzu:
Otni o‘rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish (4.-sinf)
Maqsad: Darslikdagi Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo`llanishi. Nutqda otlarning egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo`llanishi; egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan
shakllari; egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talafluzi va imlosi. Otning kelishik qo‘shimchalari bilan qo`llanishi; matnda va nutqda otlarning bir kelishikda bo`lishi; kelishik qo‘shimchali otlarning
talaffuzi va imlosi; kelishik qo‘shimchali otlarni birikma tarzida yozish; kelishik qo‘shimchalarining otni otga, otni fe’lga bog‘lashi.Egalik va kelishik qo‘shimchalarini chizmalarda belgilash (kitobning varag‘i).Ot yasovchi qo‘shimchalar. Leksik mashqlar va ular yordamida o`quvchilar nutqini otlar bilan boyitish mavzulari ucnun berilgan mashqlarni bajarish. Dars ishlanma yaratish
O`rganiladigan mavzu mazmuni:
57-58-59-mavzular: Otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanilishi. Egalik qo`shimchalarining birlik va ko’plik ma`nosini ifodalashi: otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi.Nutqda otlarning egalik qo`shimchalarini olgan va olmagan holda qo`llanishi;
66-67-mavzular: Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanishi: kelishiklar va ularning qo`shimchalari. Otning kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanishi; matnda va nutqda otlarning biron bir kelishikda bo`lishi;
68-69-70-mavzular: Bosh kelishik: bosh kelishikdagi so`zlar, ularning boshqa so`zlarga bog`lanishi. Bosh kelishikdagi so`zlarning gapdagi vazifasi;
71- 72-mavzular: Qaratqich kelishigi: qaratqich kelishigining ma`nosi, qo`shimchasi. Qaratqich kelishigi qo`shimchasining otni otga bog`lashi. Qaratqich kelishigidagi so`zlarning talaffuzi va imlosi;
73-74-mavzular: Tushum kelishigi: tushum kelishigining ma`nosi, qo`shimchasi. Tushum kelishigi qo`shimchasining otni fehlga bog`lashi. Tushum kelishigidagi so`zlarning talaffuzi va imlosi;
75-mavzu: Qaratqich va tushum kelishigi: qaratqich va tushum kelishi gining qo`shimchalari so`zlarni o’zaro bog`lovchi qo`shimchalar. Qaratqich kelishigidagi so`zlarning otlarga, tushum kelishigidagi so`zlarning fehllarga bog`lanishi;
76-77-78-mavzular: Jo’nalish kelishigi: jo’nalish kelishi- gining ma`nosi, qo`shimchasi. Jo’nalish kelishigi qo`shimchasining otlarni fehllarga bog`lashi. Jo’nalish kelishigi qo`shimchalarining -
ga, -ka, -qa shakllarida qo`llanishi. Jo’nalish kelishigidagi so`zlarning talaffuzi va imlosi;
81-82-mavzular: O`rin-payt kelishigi: o`rin-payt kelishigining ma`nosi, qo`shimchasi. O`rin-payt kelishigi qo`shimchasining otni fehlga bog`lashi. O`rin-payt kelishigidagi so`zlarning talaffuzi va imlosi;
83-84-mavzular: CHiqish kelishigi: chiqish kelishigining ma`nosi, qo`shimchasi. CHiqish kelishigi qo`shimchasining otni fehlga bog`lashi. CHiqish kelishigidagi so`zlarning talaffuzi va imlosi;
85- 86-mavzular: Otlarning kelishiklar bilan qo`llanishi: matndan kelishik qo`shimchalari bilan qo`llangan otlarni aniqlash, kelishik qo`shimchalarini belgilash. Nutqda otlarni to`g`ri qo`llay olish;
87-88-mavzular: Ot yasovchi qo`shimchalar: ot yasovchi qo`shimchalar; leksik mashqlar va ular yordamida o`quvchilar nutqini otlar bilan boyitish;
89-dars. Ot-so`z turkumi yuzasidan takrorlash: nutqda otlarni to`g`ri qo`llay olish. Otlarni tahlil qilish.
O`quvchilarda shakllangan fanga oid kompetentsiya elementlari:
Nutqiy kompetentsiya (tinglab tushunish, so`zlash, o`qish, yozish): o`qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o’zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (mulg’timedia ilovalari) matnlarini
tinglab tushuna oladi; o`qilgan matn mazmunini va o’zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og’zaki nutqda so`z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o’zlashtirgan yangi so`zlarni og’zaki nutqda qo`llay oladi; unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so`zlarni bo’g’inga bo`lish va ko’chirishni, so`zlarni bo’g’in- tovush va tovush-harf jihatdan
tahlil qilishni biladi, so`z, uning tarkibiy qismi, asos va qo`shimchalar, qo`shimchalarning vazifasiga ko’ra turlari farqlaydi, ot so`z turkumini, ot va otning egalik va kelishik qo`shimchalari bilan turlanishini biladi, ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga
rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga
amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi, xabar, tasvir, muhokama shakllarini qo`llab matn yarata oladi, tabriknoma, xat,
taklifnoma, ehlon yoza oladi.
Lingvistik kompetentsiya: o`zbek tilida nutq tovushlarini to`g`ri qo`llay oladi, talaffuz mehyorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidasiga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo`llay oladi, mavzuga oid so`zlarni og’zaki va yozma nutqda o`rinli qo`llay