Ishlanmas I mavzu. Giyohvandlik-asr vabosi Maqsad: a o’quvchilarga giyohvandlik va uning zararli oqibatlari haqida ma’lumot berish; b o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish; d mustaqil



Download 49,5 Kb.
Sana26.11.2019
Hajmi49,5 Kb.
#27270
Bog'liq
Ma naviyat soati

Sho'rchi tumani 6-sonli maktabda

Termiz davlat universiteti talabasi

Mengqobilov Diyosning 8-sinflarda

ma’naviyat soati fanidan 1 soatlik dars


I S H L A N M A S I
Mavzu. Giyohvandlik-asr vabosi

Maqsad: a)o’quvchilarga giyohvandlik va uning zararli oqibatlari haqida

ma’lumot berish;

b)o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish;

d)mustaqil,ijodiy fikrlay olish ko`nikmalarini shakllantirish.
Drs turi: yangi bilim va tushuncha beruvchi

Uslub:guruhlarda ishlash

Jihoz:rasmli ko’rgazmalar,slayd, videotasvirlar, A-3 qog’oz, marker, skotch

Dars rejasi:



I Tashkiliy qism
Salomlashish:
-O’zbekda shunday so’z bordir azaldan,

Hech qachon saloming qilmagin kanda.

Har ishning oxiri bo’lar xayrli,

Hikmatga boy bo’lar har ish o’shanda.

Har qadamda qilgan savobimiz u-

Assalomu alaykum!


-Ustoz sizga javobimiz shu:

Va alaykum assalom!

-Rahmat o’quvchilar. Bugun darsda kim navbatchi?(navbatchi bilan kun yangiliklari haqida suhbatlashiladi)
1. Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?

2. Yaqinda qanday sana nishonlanadi?

3. Bu oy qanday oy?

Guruhlarga aqliy hujum orqali bo’linadi. Bunda doira, kvadrat, uchburchak va zigzak geometrik shakllari orqali psixologik test o`tkaziladi va sinf “ishbilarmonlar”, “Mas’uliyatlilar”, “Mehnatsevarlar”, “Tashabbuskorlar” nomli 4 guruhga bo`linadi.



II Yangi mavzu bayoni
-Bugungi darsimiz mavzusi: ,,Giyohvandlik-asr vabosi’’. Keling, mavzudagi so’zlarga izoh bersak. ‘

“Giyohvandlik” so’ziga dars davomida aniqlik kiritamiz, Asr, vabo nima?


-Javoblar uchun rahmat. Shu o`rinda yana bir tarixiy fakt: tarixda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan nom qoldirgan, dunyoning barcha boyligi qo`lida bo`lgan Aleksandr Makedonskiy vabo kasalligi tufayli vafot etgan.Giyohvandlikning mana shunday bir bedavo dardga o`xshatilishiga asos bor.Bunga bugun darsimiz davomida yana bir karra ishonch hosil qilamiz.Sinfimizdagi ijodkor o`quvchilar dars davomida mavzu asosida taassurotlarini o`z ijodlari bilan bayon etishlari mumkin.
Mavzuni mana bu maktubni tinglashdan boshlasak:

Bolalar, bu so’zlarni sizlarga aytib to’g’ri qilyapmanmi, yo’qmi, bilmayman.

Lekin boshimdan o’tganlar boshqalarga saboq bo’lishini xohlardim.

Mening sizlardek vaqtim otamning ayni ishlari gullab-yashnagan paytga to’g’ri kelgan. Menda pul muammosi bo’lmagan. Shuning uchun men hammaning diqqat markazida bo’lganman. Mendagi xudbinlik o’z tenqurlarimni mensimaslikka, ko’proq kattalar bilan muloqot qilishga, o’zimni ham kattadek tutishga undardi. Hali maktabni tugatmay o’zimdan uch yosh kattalar bilan osh yeya boshladim. Endi men uchun maktab, sinfdoshlarim mayda odamlarday tuyula boshladi. Shunday oshlarning birida birinchi marta nasha chekib ko’rdim. Avvallari sigareta chekkanligim uchun bu qiyin bo’lmadi. Ertasiga kuni bilan lanj bo’lib yursam-da, o’zimning ulg’ayib qolganimdan faxrlandim. Endi bu hol tez-tez takrorlana boshladi. Maktabni amal-taqal tugatdim. O’qishga kirdim, lekin u yerdan haydaldim. Sababi intizomsizligim bo’ldi. Otam tanishlarini ishga soldi. Ishli bo’ldim. Lekin bu orada otamning ishlari orqaga ketdi-yu, mening ,,erkaligim’’ otamning tanishiga yoqmay qoldi. Beish qoldim. Men uchun shundagina pul muammosi boshlandi. Bu paytda beboshligim avjiga chiqqan-ukolga o’tgan edim. Uning har biri uchun katta pul kerak edi. Ota-onamning nafaqasi esa bunga yetmasdi. Men uchun yashashdan bir maqsad qolgan edi: narkotik modda uchun pul topish. Buning uchun hech narsadan qaytmasdim.

Birinchi marta onamning qimmatbaho tilla uzugini olib chiqib sotdim. Avvaliga uzukni kelinnnoyimdan ko’rib janjal qilgan oyim, men olganim oshkor bo`lgach, otamning yuragi kasalligini bahona qilib ishni bosdi-bosdi qildi. Keyingi o’ljam akamning kuyovlik norka telpagi bo’ldi. Qish kelib telpak janjaligacha uydan ko’p narsa yo’qoldi. Tashvishga tushgan ota-onam uylasak esi kirar ,deb shoshilinch to’y bo’shladi. To’y o’tdi. Endi men uchun kelinning sarpolari pul topish manbayi bo’lib qoldi. Har safar ketishga chog’langan kelinni aldab-suldab onam olib qolardi. Men battar avjiga chiqardim.

Bu orada farzandlik bo’ldim, lekin bola nogiron edi. To’rt oy kasalxonama-kasalxona yurib, oxiri, vafot etdi. Ayolim odamovi bo’lib yurdi-da, bir kun uyidagilari bilan kelib,ko’ch-ko’ronini yig’ishtirib ketdi.

Mening giyohvand moddaga mukkamdan ketayotganimni ko’rgan onam meni 2-marta uylantirdi. Bunisining qaytib boradigan joyi, yaqinlari yo’qligi sabab barcha qiliqlarimga chidadi. Ikkita farzandli bo’ldim, har tugul, ular sog’ tug’ildi. Lekin hali ham menda na otalik, na ro’zg’orboshilik mas’uliyati uyg’ongan edi. Bir kuni me’yorini oshirib og’ir ahvolga tushib qolganimda, ,,akaxonlarim’’ meni ko’chaga tashlab ketishibdi. Militsiya, ,,Tez yordam’’ xodimlari meni uyga olib kelishganda, otamning yuragi chidamadi. Endi o’ylasam, otamni infarkt emas, isnod o’ldirdi. Fotihachilar qatorida turarkanman, hamma menga quturgan itga qaraganday qarardi, qo’lini bigiz qilib ko’rsatayotganday tuyulardi. Onam otamning, mening dog’imni ko’tara olmadi. Dadamning hayitiga onamning hayiti ulandi.

Ayolim meni majburlab kasalxonaga yotqizdi. U yerdan ikki marta qochib keldim. Har safar irodam yrtishmasdi.

Bu orada qizim chiqariladigan bo’ldi. Sevgan yigitining onasi ,,Norkoman bilan quda bo’lmayman’’ deb jar solgach, o’ziga o’t qo’ydi. Uni shifokorlar ming azob bilan qutqarib qolishdi, lekin gulday qizim men tufayli birov ko’rsa, qo’rqadigan ahvolga tushdi. Mana shu qizimning qismati mening ko’zimni ochdi. O’z ixtiyorim bilan ming o’limni bo’ynimga olib davolandim.

O’g’lim aqlli, xuddi yetimday oyoqqa turdi.O’qishini tugatib, yaxshi ishga joylashdi. Ba’zan unga qarab o’ylanaman. Uning kelajagi uchun nima qildim? Boshqalarning otasi o’g’li uchun uy soladi, mashina oladi, to’y qiladi. Men nima qildim nakomanning o’g’li degan tavqi la’natdan boshqa?!

Xotinim xavotirda, birovning uyiga sovchilikka borsam, qizimning taqdiri takrorlanmasmikan? Agar imkoni bo’lsa, hayotimni yangidan boshlardim. Mahallada, ko’cha-ko’yda o’z o’rnimni topishni xohlayman.

Yoshim 46 da. Bunday hayotni orzu qilishga kechikmadimmi? Siz nima deysiz?



III Mustahkamlash qismi
Guruhlar muzokaraga chiqadi.

-Sizningcha, bu fojia sababchisi kim?

Guruhlar o’z ishlarining taqdimotini tayyorlaguncha qo’shiq yangraydi.(M.Mirzarahimovning “O`zingga shukur” qo`shig`i)

Guruh taqdimotchilari o’z ishlarini turli metodlar yordamida taqdim etadilar.

Masalan, “T”chizma, “Idrok xaritasi” , “Venn diagrammasi” yoki “SWOT” universal tahlil metodi o`quvchilarning o`z mustaqil fikrini ijodiy yoritib berishlari uchun yordam beradi.Guruhlar fojia aybdorini aniqlashda to`rt taraflama yondashadilar.:


  1. .O’zi aybdor.

2.Otasi aybdor.

3.Onasi aybdor.

4.Atrofdagilar.

-Xulosa sifatida Yurtboshimizning bir hikmatlarini keltirishni joiz deb bildik:,,Loqaydlik bor joyda ma’naviyat eng ojiz nuqtaga aylanadi’’.

Arzimagan kichik xato ertaga fojiaga sabab bo’lmoqda. Demak, shu xatoning nomi fojia, loqaydlik. Ogoh bo’laylik, Giyohvandlik og’u bo’lib birodarlarimiz qonida oqmasin, yaqinlarimiz umrini barbod etmasin.

Biz namoyish etmoqchi bo’lgan videotasvir biz loqayd qaraydigan, bezarar deb biladigan tamaki mahsuloti -nosvoy haqida.

-Keyingi tasvir qanchalik ayanchli bo’lmasin, undan o’zimizga tegishli ibrat olishimiz uchun zarur deb o’yladim. Uni ko’rish davomida olgan ma’lumotlaringizni daftarga qoralab borasiz.(giyohvandlik haqida videorolik beriladi)

-Videolavhadan olagan taassurotingiz qanday bo’ldi?

-Ijodkor o’quvchilarimiz o’z ishlarini yakunlagan bo’lsalar o’z ishlarini taqdim etadilar.(Ijodkor o’quvchilar taqdimoti).
IV Yakuniy qism

-Hurmatli o’quvchilar, xalqimizda,,Birni ko’rib shukur qil, mingni ko’rib fikr qil’’ degan maqol bor. Yuqoridagi bahs-munozaradan so’ng bugungi kunimizga bir nazar tashlaylik. Yoshlar doimo hukumatimiz diqqat markazida, yaratilayotgan barcha imkoniyatlar siz- yoshla uchun. Siz shu maqsadda qabul qilingan qaysi qaror va farmonlar bilan tanishsiz?


(Guruhlar javobi tinglanadi)

-Aziz o’quvchilar, Yurtboshimiz,,Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur, qudratli yurtning farzandlari sog’lom bo’lur’’ deganlarida qanchalar haq edilar. Biz mustaqil yirtimiz,Yirtboshimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarga javoban

a’lo o’qishimiz, ezgu intilishimiz va yuksak ma’naviyatimiz bilan ,,labbay’’ deb javob berishimiz kerak.( Yurtboshimizning yoshlarga qarata aytgan da’vati proyektor orqali namoyish etiladi).

- Aziz o`quvchim, siz bugungi darsdan qanday xulosa chiqardingiz?

-Biz sog’lom turmush tarafdorimiz!

-Bugungi darsni shu yerda yakunlab, guruhlarga navbat bersak. Ular hamkor guruhlar chiqishini baholaydilar. Marhamat.

(Guruhlar xulosasi tinglanadi).

-Aziz o’quvchim! Yer sayyorasida bugungi kunda 7mlrd dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan salkam 1mlrdi boshpanasiz. Shukrona keltiraylik. Obod mahallamiz, mustahkam oilamiz va mustaqil VATANIMIZ borligi uchun!



7mlrd. Aholidan salkam 1mlrd tengdoshingiz bugun ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. Keng, yorug’ xonalarda bepul ta’lim olayotganingiz uchun shukrona keltiraylik.

Yer sayyorasidagi ba’zi davlatlarning urush iskanjasida ekanligini ko’rganda, shukrona keltiring. Ota-onangiz sizni tongda maktabga xavotir bilan kuzatmaydi. Musaffo osmonimiz, munavvar tongimiz, mustaqil O’zbekistonimiz borligi uchun shukrona keltiraylik! Shukronalik hisi bilan bugungi darsni yakunlaymiz. Bugungi mehnatingiz uchun rahmat! XAYR!
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish