Ishlanmaning qisqacha mazmuni
Litiy-polimer katod kompozitlari
asosida
akkumulyatorlar
21-asrning dastlabki choragida litiy-ionli akkumukyatorlar muqobil energiya manbai sifatida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. So’nggi yillarda dunyo olimlari ushbu yangi avlod batareyalarini keng miqyosda o’rganishmoqda va bunday izlanishlar katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Eng ilg’or avtomobil kompaniyalari ham suyuq yoqilg’I o’rnini bosuvchi va ekologik toza energiyadan foydalanishga o’tishmoqda. Shuning uchun litiy-ion batareyalarning yuqori potensiali va katta zaryad sig’imi tufayli elektromobillarda ham keng miqyosda qo’llanila boshladi. Odatda keng qo’llaniladigan litiy-ion batareyalari anod-elektrolit-katod sistemasidan tashkil topgan bo’lib, litiy-ioni anod va katod orasida elektrolit yordamida harakat qiladi va interkalyatsiyalanadi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, anod materialga C asosli grafit qo’llanilishi va katod uchun Li
xMeO
4 tarkibli birikmalar qo’llash orqali sistema potensialini 3,5-3,9 V gacha ko’tarish mumkin.
Bunda zaryadlanish tezligi, sig’imi va chiquvchi potensial miqdori katod materialga qarab o’zgarishi kuzatiladi.
Ilmiy ishning maqsadi
Ushbu ilmiy ishlanma orqali keyinchalik muqobil energetika manbai bo’lgan noorganik-polimer birikma xususiyatli gibrid batareyalar yaratishdan iborat.
Dastlabki tadqiqotlarimizda LiFePO4-polianilin (LFP-PANI) kompozitsion material sintez qilib olish va ushbu materialni katod sifatida qo’llab litiy-ion akkumulyatorlarini zaryad sig’imini, zaryadlanish vaqtini va potensial qiymatini yaxshilash.
Litiy-polimer katod kompozitlar quyidagi sxema asosida sintez qilindi:
LiFePO4 sintez sxemasi
LiFePO
4 ning sintezi gidrotermal usulda har xil temperature ta’sirida olib borildi. Ushbu reaksiya mahsulotlari rentgen fazaviy tahlil, infra-qizil spektroskopiya hamda ultra-binafsha spektroskopiya usullarida tasdiqlandi.
PANI sintez sxemasi
In-situ usulida sintez qilinadigan LFP-PANI kompozitsion materiali sintez qilish
Polianilin va LiFePO
4 asosida LFP-PANI kompozitsion
materiali sintez qilinib, rentgen fazaviy tahlili hamda infra-qizil spektroskopiya tahlillari bilan tavsiflandi.
LFP-PANI kompozitsiyasi bilan katod va anod material strukturasi
Olinadigan namunalar tok o’tkazuvchi va bog’lovchi komponentlar bilan 80:10:10 nisbatda aluminiy metali ustiga qoplanadi. Anod materialda mis metali ustiga qoplangan grafit qo’llaniladi.
Elektrolit uchun LiClO4 ning DMSO dagi 1M eritmasidan foydalanilgan xolda elektrokimyoviy tahlillar amalga oshiriladi
Tashkilotning nomi va bog’lanish rekvizitlari:
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti fizikaviy kimyo kafedrasi.
Fizikaviy kimyo kafedrasi magistranti Gulyamov B.
Tel.: +998 90 904 37 17
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK
NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
Litiy-polimer katod kompozitlari
asosida
akkumulyatorlar
Toshkent - 2022