Mashg’ulotga marhamat !
Psixologlarning fikricha, hayotingizdagi uchrayotgan barcha yutuq va kamchiliklaringizni yaxshi yoki yomon kuningizni bo’lishiga eng avvalo o’zingiz sababchisiz.
Sinab ko’rishni istaysizmi?
Marhamat, qo’lingizga oddiygina bir ko‘zguni olib boqing .
Unga jilmayib qarang – U ham jilmaydimi?
Unga xo’mrayib, jahl bilan qarachi – U ham xo’mrayib, jahl bilan qaradimi?
Uni mazah qilib ko’rchi?– Menimcha u sizni mazah qildi
Xulosa shundan iboratki, HAYOT –bu ko‘zgu
Aytishadiku, ”Nima eksang, shuni o’rasan deb ”.Odamlar sizga qanday munosobatda bo’lishlarini istasangiz, siz avvalo ularga shunday munosobatda bo’ling .
O’quvchidan test
O’zingiz uchun ma’qul javoblarni belgilab bering ,marhamat.
1.Oilada sizni kim yaxshi tushinadi?
A
|
Otam
|
B
|
Onam
|
C
|
Ikkalasi ham tushinadi
|
D
|
Ikkalasi ham tushinmaydi
|
E
|
E’tibor bermaganman
|
2.Siznitarbiyalashgakimko’proqharakatqiladi?
A
|
Otam
|
B
|
Onam
|
C
|
Bobo,buvi,aka,opa
|
D
|
Hammasi o’z o’rnida
|
E
|
Menimcha hech kim
|
3.Muammolaringizniota-onangizgaaytishgaqo’rqasizmi?
A
|
Ha
|
B
|
Yo’q
|
C
|
So’rashsa aytaman
|
D
|
Aytgan bilan foydasi yo’q
|
E
|
Ular o’zlari yaxshi bilishadi
|
4.Ota-onangizjanjallashibqolsasiznimaqilasiz?
A
|
Tinchlantirishga urinaman
|
B
|
Janjal tugashini kutaman
|
C
|
Ulardan birini tarafini olaman
|
D
|
Ko’chaga chiqib ketaman
|
E
|
Ularni janjalini ko’rmaganman
|
5.O’qishjoyingizdanchaqirishsa,kimko’proqkeladi?
A
|
Otam
|
B
|
Onam
|
C
|
Ba’zan otam,ba’zan onam
|
D
|
Ikkalasi birgalikda
|
E
|
Ularni bunga vaqti yo’q
|
6.O’qishjoyingizvamahalladagixulq -atvoringizdanota-onangiz
qanday xabar topadilar?
A
|
Kimdir aytganda
|
B
|
O’zlari surishtirib
|
C
|
O’zimdan so’rab
|
D
|
Bironta sabab bilan
|
E
|
Menimcha ularni bu qiziqtirmaydi
|
“STRESS”dan saqlaning.
( Psixolog maslahati )
Kuchli asabiylik holatiga tushishning asosiy sababi stress hisoblanadi, —Bugun asabiylik, stress ko’pchilikda kuzatilmoqda. Organizm me’yoriy faoliyatining buzilishi, ichki kasalliklar, shamollashning surunkali kechishi, asab tizimining zararlanishi asab tolalarining buzilishiga sabab bo’ladi.
Me’yorida dam olish
Stress paytida ko’krak qafasida noxushlik, og’riq, yurak o’ynashi, yurak urishi tezlashishi, havo yetishmaslik hissi, nafas qisishi, qaltirash, titrash, ko’ngil aynishi, qorinda og’riq, qo’l-oyoq uchlarining uvishishi kabi holatlar kuzatiladi. SHu bilan birga, ovqatlanish, ishlash, uxlash, dam olish, jismoniy faoliyat me’yorida bo’lmasligi ham stressga olib keladi. Serharakatlilik, kam dam olish, yetarlicha uxlamaslik asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
Stressda yurak urishi va nafas olish tezlashadi, organizm qo’shimcha gormonlar ishlab chiqadi, qon aylanishi va yurak faoliyati kuchayadi, tez-tez charchash boshlanadi, immunitet pasayib, xotira susayadi. Stress uzluksiz davom etaversa, u holda uyqusizlik, bosh og’rig’i, yurak qon-tomir kasalliklari, ruhiy xastaliklar rivojlanadi.
Asabni asrang!
Stress holatidan butunlay xoli bo’lishning imkoni yo’q, undan vaqtincha chiqib ketish, surunkaliga o’tmasligi uchun nazoratga olish lozim.
Ko’pchilik stressdan chiqish uchun o’zboshimchalik bilan turli dori vositalarini qabul qiladi. Bu esa kasallikni bartaraf etishga emas, aksincha, kuchaytirishga xizmat qiladi. SHunday hollarda, albatta, nevropatolog va psixologga murojaat qilish zarur.
O’zingizni irodali tutung
Kuniga kamida 7-8 soat uxlang;
ko’proq toza havoda sayr qiling;
suzish bilan shug’ullaning yoki kitob mutolaa qiling;
banan, turli mevalar sharbati, mineral suv, sut tanovul qiling. Ularning tarkibida kayfiyatni ko’taruvchi qator faol moddalar bo’lib, xotirjam bo’lishga yordam beradi;
yoqimli narsalarni o’ylang, yoqtirgan filmingizni tomosha qiling, yaxshi suhbatdoshlar davrasida bo’ling;
har ish kunidan so’ng tovoningizni massaj qiling;
mikrounsurlar va darmondorilarga boy ovqatlar iste’mol qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |