1-Республика психологлар конференцияси учун тақдим этилган
ИШЛАНМА
МАВЗУ: Суицид, унинг келиб чиқиш сабаблари ва ўсмир ёшдаги болалар ўртасидаги хавфли гурухлар.
МУАЛЛИФ: Қўзиева Саёҳат Абдурасуловна, Холова Феруза, Навоий вилояти Хатирчи тумани халқ таълими бўлими методист психологи.
G. Seyr his-tuyg`ularni tahlil qilish jarayonida o`z joniga qasd qilishning 4 asosiy sababini ajratgan:
1. Izolyatsiya (his-tuyg`u-seni hech kim tushunmaydi, sen bilan hech kim qiziqmaydi).
2. Nochorlik ( kechinma-sen o`z hayotingni boshqarolmaysan, hech narsa senga bo`ysunmaydi).
3. Ishonchsizlik (Kelajak senga hech qanday yaxshilik keltirmaydi).
4. Shaxsiy ahamiyatsizlik tuyg`usi (yaralangan tuyg`ular, shaxsiy qadr-qimmatning pastligi, o`z-o`ziga past baho berish, hech kimga mos emaslikdan xavotirlanish, o`z-o`zidan uyalish.
Adabiyotlarda o`smirlarda uchraydigan suitsidning turli sabablarini uchratish mumkin:
1. Shaxsiy hayotdagi konflikt;
2. Yolg`izlik;
3. San`at;
4. Anglanilmagan tuyg`ular;
5. Standart bo`lmagan oriyentatsiya;
6. Etnik an`analarning buzilishi;
7. O`z joniga qasd qilishning irsiyatga bog`liqligi.
S.V. Borodin va A.S. Mixlinning urinishlari natijasida suitsidga yetaklovchi asosiy motivlar guruhi quyidagilardan iborat:
Shaxsiy-oilaviy:
-oilaviy nizolar, ajralishlar (o`smirlar uchun ota-onalarning ajrashishi)
-kasallik, yaqinlarning vafoti
-yolg`izlik, omadsiz sevgi
-tahqirlash, atrofdagilar tomonidan yerga urilish.
Salomatlik holati:
-psixik kasalliklar
-somatik kasalliklar
-mayiblik holati
G`ayriijtimoiy xulq bilan bog`liq nizolar:
-jinoiy javobgarlik bilan bog`liq xavf-xatar
-boshqa jazolar yoki sharmandalikdan qo`rquv.
Ish yoki o`quv jarayoni bilan aloqador nizolar:
-ijtimoiy-maishiy qiyinchiliklar
-boshqa vaj va sabablar.
Aytib o`tish joizki, suitsid egalarining mavjud ehtiyojlari va motivlari kamdan-kam hollarda suitsidning asl motivlari bilan to`g`ri keladi.
O`limoldi xatlarni tadqiq qilish bilan shug`ullangan E.Shneydman shuni tasdiqlaydiki, ayrim o`limoldi xatlar o`limning haqiqiy holati to`g`risida mutlaqo ma`lumot bera olmaydi.
O`smir yoshdagi bolalar o`rtasidagi xavfli guruhlar:
- suitsidal urininshlari tugallanmay qolgan o`smirlar (parasuitsidlar);
- bilvosita yoki to`g`ridan-to`g`ri suitsidal tahdid qiluvchi o`smirlar;
- o`ziga jarohat yetkazishga moyil o`smirlar (autoagressivlar);
- naslida suitsidal xulqli insonlar mavjud bo`lgan o`smirlar;
- alkogolga berilgan o`smirlarning suitsidal xavfi juda yuqori, yoshlar o`rtasida 50% li salmoqni egallaydi. Surunkali alkogol iste`mol qiluvchilar, alkogolizmning bir necha avlodlarda ko`rinishi depressiyani kuchaytiradi, natijada aybdorlik hissi va psixik zo`riqishlar o`smirni suitsidga yetaklaydi.
- surunkali narkotik moddalar va toksik preparatlarni iste`mol qiluvchi o`smirlar. Psixofaol moddalar o`smirlar xulqi ustidan motivatsion nazoratni susaytiradi, depressiyani chaqiradi, hattoki psixozga sabab bo`ladi.
- affekt holat, xafagarchiliklar, asosan, og`ir depressiyadan aziyat chekuvchi o`smirlar;
- surunkali yoki halokatli kasalliklarga chalingan o`smirlar;
- og`ir yo`qotishlarni boshdan kechirgan o`smirlar, masalan, ota-onalardan ajralish, yaqin insonidan judo bo`lish, asosan, yo`qotishlarning ko`pchiligi 1 yilning o`zida yuz bersa;
- oilaviy muammolar: oila kattalarining uydan ketishi, ajralishlar, oilaviy zo`ravonlikdan qiynalgan o`smirlar.
Mutaxassislar, (pedagog-psixologlar, ijtimoiy pedagoglar) ushbu guruh bilan to`qnash keluvchi barcha kasb vakillari bu masalada osonroq yo`lni tanlash yoki ortiqcha shoshilinch xulosalar chiqarishdan saqlanishlari lozim. Shuni unutmaslik kerakki, xavfli guruhlarga a`zo bo`lgan barcha o`smirlar ham suitsidga qo`l uravermaydi. O`z joniga qasd qilishning qandaydir yagona sababi yoki motivi mavjud emas. Ammo, suitsidga ishora beruvchi har qanday holatlarga jiddiy ko`z bilan qarash lozimdir.
Maxsus xushyorlik esa ma`lum muddat davom etgan bunday signallarni ilg`ab olishga yordam beradi.
Shuni unutmangki, yordam qichqirig`i hamisha mutaxassis ko`magiga muhtojlik sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |