3. Buxgalteriya hisobining memorial-order va jурнal-орdeрshakillaрi. Memorial-order shakli buxgalteriya hisobida uzoq vaqtlardan buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Memorial order so‘zi “esda saqlash” ma’nosini anglatadi. Shunga ko‘ra memorial orderlar “esda saqlovchi daftar” vazifasini bajaradi. Memorial-order shaklida hisob yuritilganda dastlab birlamchi yoki jamg‘aruvchi hujjatlarga asosan memorial orderlarda buxgalteriya pravodkalari tuziladi. Memorial orderlarning raqamlari va summalar ularni qayd qilish jurnaliga, buxgalteriya pravodkalari esa, hisob registri bo‘lgan “Bosh kitob”ga yoziladi. Hisob yuritishning memorial order shaklida analitik uchyot kartochkalarda olib boriladi. Analitik uchyot kartochkalariga yozuvlar birlamchi yoki jamg‘aruvchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisobot davri tugagandan keyin sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga asosan oborot qaydnomalari tuzilib, ularning ma’lumotlari tegishli sintetik va analitik schyotlarining ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Ro‘yxatga olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi va raqamlanishi ustida nazorat qilib turish hamda oy davomida bajarilgan barcha xo‘jalik operatsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Undan tashqari, jurnalning jami summasi sintetik schyotlar bo‘yicha oy oxiriga tuziladigan oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan ham solishtiriladi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jurnali sintetik schyotlar hisob registrlarda aks ettirilgan xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘riligini hamda ikki yoqlama yozuv qoidasiga rioya qilinganligini tekshirishga imkon beradi. Xo‘jalik operatsiyalari memorial-orderdan sintetik schyotlar bo‘yicha tuziladigan hisob registiriga va “Bosh kitob”ga yoziladi. “Bosh kitob”da har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi.
Buxgalteriya hisobining memorial order shakli, o‘zining oddiyligi, hisob ishlarini tashkil qilishdagi qat’iy ketma-ketlikni mavjudligi va hisoblash texnikasini kiritish mumkinligi hamda analitik hisob registrlarining standart shakllaridan keng foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, uchyot ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlashga imkoniyat bor.
Quyidagilar memorial order shaklining kamchiliklari bo‘lib hisoblanadi:
1. Uchyot yozuvlarining bir vaqtning o‘zida, memorial orderlarda, qayd qilish jurnalida, sintetik va analitik hisob registrlarida takrororan yozilishi;
2. Analitik hisob ishlarining ko‘pligi sababli analitik uchyotning sintetik uchyotdan orqada qolishi;
3. Hisobotlar tuzish va korxona xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni analitik hisob registrlaridan har doim to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish imkoniyatini cheklanganligi.
Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun zarur bo‘lgan axborotlar joriy hisob ma’lumotlarini qo‘shimcha guruhlash va umumlashtirishlar asosida olinadi.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining memorial order shakli, kichik korxonalar, mikrofirmalar, va fermer xo‘jaliklarida keng qo‘llanilmoqda.
Birlamchi yoki jamlovchi hujjatlar
Xо‘jalik operatsiyalar qayd qilish jurnali
Bosh kitob,
Analitik hisob registrlari
Sintetik xisob oborot qaydnomasi
Buxgalteriya moliyaviy hisobot shakllari
Analitik hisob oborot qaydnomasi
Do'stlaringiz bilan baham: |