Qo‘shimcha pravodka usulidan xo‘jalik operatsiyalari schyotlarga hujjatlarda ko‘rsatilgan summalardan kam yoki operatsiyani uchyotda umuman yozmaganda foydalaniladi. Misol, korxonaning bankdagi hisob raqami schyotidan ish haqi berish uchun pul cheki bilan 5000000 million so‘m pul mablag‘i olib kelindi va kassaga kirim qilindi. Buxgalter kassir hisobotiga ishlov berishda bu xo‘jalik operatsiyani D-t 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘i” schyoti – 500000 ming so‘m, K-t 5110 “Hisob raqami schyoti” - 500000 pravodkasi bilan rasmiylashtirgan deb faraz qilaylik. Buxgalter aniqlangan ana shunday xatolik to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi unga binoan farq summaga qo‘shimcha provodkalar beradi 4500000 (5000000-500000) ming so‘m, D-t 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘i” schyoti – 4500000 ming so‘m, K-t 5110 “Hisob raqami schyoti”.
Do'stlaringiz bilan baham: |