Kt
|
|
Dt
|
8700- “Taqsimlanmagan foydani (qoplan-magan zararni) hisobga oluvchi schyotlar.
|
Kt
|
Qoldiq
|
|
|
qoldiq
|
|
|
4 ) 1500000
|
|
4) 1500000
|
|
Pravodkalar shaklan ikki xil bo‘ladi: oddiy va murakkab. Oddiy buxgalteriya pravodkasini tuzishda faqat ikkita schyot ishtirok etadi. Bunda sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyasini bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kredetiga teng summalarda yoziladi. Bunday yozuvga oddiy buxgalteriya pravodkasi deyiladi.
Murakkab buxgalteriya pravodkasini tuzishda uchta va undan ortiq schyotlar ishtirok etadi. Bunda sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyasini bitta schyotning debetiga hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning kreditiga yoki teskarisi, bitta schyotning kreditiga hamda ikkita va undan ortiq schyotlarning debetiga teng summalarda yoziladi. Bunday yozuvga murakkab buxgalteriya pravodkasi deyiladi. Masalan: faraz qilaylik “Toshmuhammadhoji” xususiy firmasi mol yetkazib beruvchilardan quyidagi moddiy qiymatliklarni sotib oldi: materiallar - 80000 so‘m, ehtiyot qismlar - 40000 so‘m, arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar - 60000 so‘m. Bu operatsiya ta’sirida firmaning ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzdorligi ham ko‘payadi. Mol yetkazib beruvchiga bo‘lgan qarzning umumiy summasi 200000 so‘mni (80000+40000+60000) tashkil qiladi. Ushbu operatsiya murakkab pravodka bilan quyidagicha rasmiylashtiriladi.
Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 so‘m.
Dt -1040 - “ Ehtiyot qismlar” - 40000 so‘m.
Dt -1080 - “Inventar va xo‘jalik ashyolari” -1080- 60000 so‘m.
Kt -6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” - 200000 so‘m.
Yuqoridagi bitta murakkab yozuvni uchta oddiy provodka ko‘rinishda ham yozish mumkin:
1. Dt -1010 - “Xom-ashyo va materiallar” - 80000 so‘m,
Kt - 6000-“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob - kitoblar”- 80000 so‘m.
2. Dt -1040 “Ehtiyot qismlar” - 40000 so‘m,
Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” - 40000 so‘m.
3. Dt -1080 - “Inventar va xo‘jalik ashyolari”Kam qiymatli va tez eskiruvchi buyumlar” – 60000 so‘m,
Kt – 6000 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitoblar” - 60000 so‘m.
Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida ikki va undan ortiq schyotlarning o‘zaro bog‘lanishi schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi), o‘zaro bog‘lanuvchi schyotlar esa aloqador (korrespondensiyalanuvchi) schyotlar deyiladi.
Korxonalar faoliyatida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari ustidan nazorat olib borish maqsadida xo‘jalik operaiyalarini qayd qilish “Xronologik jurnali” yurgizishadi (11-jadval).
Jurnal 7 ta ustundan iborat bo‘lib uning 1-5 ustunlari sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini xronologik ketma-ketlikda qayd qilish uchun, 6-7 ustunlari esa jurnalda qayd qilingan xo‘jalik operatsiyalarini iqtisodiy mazmun jihatdan guruhlash, ya’ni buxgalteriya pravodkalari tuzish uchun belgilangan. Xronologik jurnalda tuzilgan pravodkalar hisobot davri uchun ochilgan schyotlarga yozib chiqiladi, ya’ni “raznoska” qilinadi. Operatsiyalarni schyotlarga yozishda pravodkani oldiga yozuvni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi “V” belgisi qo‘yiladi. Buxgalterlar tilida bu belgi “galochka” yoki”ptichka” deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: