Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonani ishga tushirishga tayyorlash korxonaning ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish ya’ni:
Tez moslashuvchan, ya’ni korxona maqsadlariga mos holda amalga oshiriladigan o‘zgarishlarga doimiy ravishda moslashuvchan, masalan, korxonada katta o‘zgarishlar sodir qilmagan holda uning faoliyatini kengaytirish imkoniyatini yaratish;
Tashqi muhitda sodir bo‘lgan kutilmagan o‘zgarishlarga tezda moslashish, masalan, bozor konyunkturasini o‘zgarishi;
Korxona oldida turgan vazifalarni o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish bo‘limlarini o‘zinio‘zi samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishni albatta o‘z ichiga olishi kerak.
Korxonalarda ishlab chiqarishni bo‘limlarga (sex, uchastka, xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar) ajratish, ularni joylashtirish va o‘zaro aloqa prinsiplari o‘rtasidagi mehnat taqsimotini aniqlaydi
Sexlar nomlanishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1.Asosiy
Asosiy sexlarda jarayonlar mehnat qurollariga sifat o‘zgarishi bo‘yicha ishlov berish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.
2.Yordamchi
Yordamchi sexlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi, ammo asosiy sexlarda ishlarni bajarish uchun zaruriy sharoitlarni ta’minlaydi
(masalan, ta’mirlash sexi).
3.Xizmat koʼrsatuvchi
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar asosiy va yordamchi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi
(masalan, ombor xo‘jaligi, energetika xo‘jaligi, transport va boshqalar).
Sexlar nomlanishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
4.Tajriba-eksperiment
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sifatini,atrof-muhitning taʼsiriga chidamliligini tekshiradi
5.Qo`shimcha
Qo‘shimcha sexlar asosiy sexlardan chiqqan chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi
(masalan, xalq iste’moli mollarini tayyorlash sexlari).
6.Ta’minlovchi
Taʼminlovchi sexlar, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyolar va mahsulotlarni yetkazib beradi
Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi turlari
Texnologik
Korxonalarda bunday sexlarni tashkil qilish texnologik prinsipga asoslanadi. Bunday sexlar zavodda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar uchun turli xildagi detallar tayyorlash yoki ularga ishlov berishdagi bir turdagi texnologik operatsiyalar majmuini (kompleks) bajaradi. Texnologik xususiyatiga ko‘ra asosiy sexlarni tashkil qilish donalab va kichik seriyalarda turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda tashkil qilinadi.
Buyumli
Korxona ishlab chiqarish strukturasini bunday turi bo‘yicha sexlarni tashkil qilish asosida mahsulot belgisi etadi. Bu holatda sexlar cheklangan turdagi buyumlar, detallar va detal qismlarini tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, unda texnologik jarayon va operatsiyalarni bajarishda turli xildagi dastgohlardan foydalaniladi.Korxonani ishlab chiqarish strukturasining bu turi ancha taraqqiy etgan bo‘lib, bunday ixtisoslashuv seriyali ishlab chiqarishni, ommaviy ishlab chiqarishda potok liniyalarini tashkil qilish imkonini beradi.
Aralash
Aralash struktura, bunda ishlab chiqarish jarayoni ham buyumli ham texnologik tarzda tashkil etilgan bo’lishi mumkun. Ya’ni sexlar zavodda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar uchun turli xildagi detallar tayyorlash yoki ularga ishlov berishdagi bir turdagi texnologik operatsiyalarni bajarishi mumkun shu bilan birga bir vaqtning o’zida, sexlar cheklangan turdagi buyumlar, detallar va detal qismlarini tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, unda texnologik jarayon va operatsiyalarni bajarishda turli xildagi dastgohlardan foydalaniladi.