Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari


Kooperativlashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari



Download 446,5 Kb.
bet9/12
Sana18.10.2022
Hajmi446,5 Kb.
#853824
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular

2.4. Kooperativlashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari.
Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperativlashtirish asosida amalga oshadi. Kooperativlashtirish - bu ma’lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo‘yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.Kooperativlashtirishda mahsulot yetkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperativlashtirish xomashyo, yoqilg‘i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni yetkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta’minotidan farqlanadi. Kooperativlashtirish murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni
yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperativlashtirishning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

- buyumli (agregatli) kooperativlashtirish;


- texnologik kooperativlashtirish;
- tarmoqlararo kooperativlashtirish;
- iqtisodiy rayonlararo kooperativlashtirish.
Buyumli (agregatli) kooperativlashirish - bu mashina va asbobuskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo‘yicha kooperativlashtirish usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbobuskunalarning qismlarini yetkazib berishlari mumkin.Texnologik kooperativlashtirish – bu bir va bir necha korxonalar o‘rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo‘yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish koooperatsiyasi vujudga keladi.Tarmoqlararo kooperativlashtirish sanoat tarmoqlarining bir biriga xizmat ko‘rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog‘i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma’lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar yetkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berish mumkin.O‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperativlashtirish keng tus olishi mumkin.
Rayonlararo kooperativlashtirish turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

- birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda yetkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohidaalohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atigi bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo‘ladi.


- ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarxidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarxida tashqaridan kooperativlashtirish yo‘li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 40-45 foizni tashkil etadi.



Download 446,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish