ishchi
va
boshqaruv
elementlarga bo’linadi.
Ishchi elementlardan o’tayotgan asosiy elektr energiya oqimi, mexanik
energiyaga aylantirilib, IQ - ishchi qismga uzatiladi, bu qismlar EMT ning
energetika qismi
, deb xam yuritiladi (1.1 – rasmning punktirli chiziqdan o’ng
tarafida joylashgan qismlar).
Elektr mexanik tizimning ishchi elementlariga – elektr va elektron,
kommutatsion va ximoya apparatlari EKXA, motor M, boshqariluvchi o’zgartgich
BO’ va ishchi qism – IQ bilan M motorni bog’lovchi kinematik zanjir KZ lar
kiradi. Elektr va elektron kommutatsion apparatlar boshqariluvchi o’zgartkichni
elektr tarmog’iga ulash va ularni anomal rejimlardan ximoyalash vazifasini
bajaradi. EKXAlarga avtomatik ulagichlar va uzgichlar, rubilniklar, saqlagichlar
va boshqa bir qancha elektr magnit tizimli qurilmalar va shuningdek elektron
kommutatsion xamda ximoyalovchi apparatlar xam kiradi.
1.1 – rasm. Elektr mexanik tizimning tarkibiy tuzilishi
Motorning kirish elektr zanjirlari ko’rsatkichlari bilan chiqish mexanik
ko’rsatkichlari orasidagi bog’lanishlarni «Elektr yuritma asoslari» kursida
mukammal o’rganiladi. Ushbu kursda esa EMT ning kuch elementlari va
o’zgartkich texnikasi asosi bo’lgan elektr apparatlari va boshqariluvchi
o’zgartgichlari o’rganiladi. Elektr apparatlari vazifaviy xususiyatlariga qarab
taqsimlash qurilmarining kommutatsion apparatlari, chegaralash, nazoratlash,
ishga tushirish va rostlash apparatlariga, ximoyalash, o’lchash va rostlash
apparatlariga bo’linadi. Boshqariluvchi o’zgartkichlar vazifaviy xususiyatlariga
qarab uch toifaga bo’linadi: kuchlanish o’zgartkichlari (kuchlanish manbalari), tok
o’zgartkichlari (tok manbalari) va chastota o’zgartkichlari. Energiyani o’zgartirish
vositalariga qarab o’zgartkichlar elektr mexanik (o’zgarmas va o’zgaruvchan tok
generatorlari), elektr magnit (magnit) kuchaytirgichlar, induktiv – sig’imli
parametrik tok o’zgartkichlar va elektr (yarim o’tkazgichli) o’zgartkichlarga
bo’linadi.
Zamonaviy
o’zgartkichlarning asosiy qismini yarim o’tkazgichli
o’zgartkichlar, ya’ni tiristorli va tranzistorli o’zgartkichlar tashkil etib, ular
o’zgaruvchan tokni o’zgarmasga, impul’s kengligi boshqariladigan o’zgarmas va
o’zgaruvchan tok o’zgartkichlari xamda chastota o’zgartkichlar sifatida elektr
mexanik tizimlarida keng qo’llaniladi.
Boshqaruv elementlari EMT tarkibida egallagan o’ringa qarab ikki guruxga
bo’linadi:
1. EMTning dinamik va statik xususiyatlarini va xarakat vazifalarini
shakllantiruvchi elementlar, bular EMT boshqaruv tizimini tashkil etuvchi
rostlagichlar, o’lchov o’zgartgichlari, xarxil o’zgartkichlar va boshqa shunga
o’xshash vazifalarni bajaruvchi elementlar.
2. Ishchi element tarkibiga ajralmas bo’lak bo’lib kiruvchi va elementning
matematik ifodasida u bilan yaxlitlikni aks ettiruvchi elementlar – bular masalan,
tiristorlarni boshqarishda qo’llaniladigan kommutatsion zanjirlar.
Birinchi guruxga kiruvchi boshqaruv elementlari ushbu kursda mufassal
o’rganiladi va bu gurux o’z navbatida bir necha guruxchalarga bo’linadi, bular:
EMT ko’rsatkichlarini rostlashga xizmat qiluvchi turli xildagi sozlovchi va
rostlovchi qurilmalar;
teskari
bog’lanish zanjirlaridagi signallarni xosil qiluvchi va
shakillantiruvchi sifatida foydalaniladigan elektrik va noelektrik o’lchov
o’zgartkichlar;
boshqaruv qismlari kirish va chiqish signallarining o’zaro tok turi, darajasi
kabi ko’rsatkichlari bo’yicha moslashtiruvchi qurilmalar.
Texnik ijrosi nuqtai nazardan ushbu guruxlashtirish EMT boshqaruv
elementlarining juda xilma – xil bo’lishi mumkinligini taqozo qiladi. Misol uchun,
vazifalovchi qurilma uzluksiz va uzlukli – raqamli tezlatkich uzatkichlar asosida
yaratilishi yoki mantiqiy elementlar asosida dasturiy bloklardan iborat bo’lishi
mumkin.
Rostlagich qurilmalar sifatida operatsion kuchaytirgichlar asosida yaratilgan
andozaviy bloklar qo’llanilmoqda.
O’zgaruvchan va o’zgarmas tok taxogeneratorlari, sel’sinlar, induktivli va
optik aylanuvchi o’lchov o’zgartkichlar, termoqarshiliklar va termojuftliklar
shuningdek tok, kuchlanish, quvvat va boshqa elektr kattaliklar o’zgartkichlari
xam o’lchov o’zgartkichlari guruxini tashkil etadi.
Fazaviy detektorlar, emmitorli qaytargichlar, quvvat kuchaytirgichlari,
raqamli – uzluksiz va uzluksiz – raqamli o’zgartkichlar moslovchi qurilmalarni
tashkil etadi.
Shunday qilib, rostlagichlar, o’lchov o’zgartkichlari va moslashtiruvchi
elementlar vazifasini bajaruvchi faqat uzluksiz signallarda ishlovchi qurilmalar
o’rniga xozirda diskret – raqamli qurilmalar keng qo’llanilmoqda. Bunday
qurilmalardan asosiysi bu mikroprotsessorlar va ular asosida yaratiladigan
boshqaruv tizimlaridir. Shuningdek, uzluksiz signallarda ishlovchi vazifalovchi va
rostlagichlar sifatida moslashtirilgan mikro-EXM ning xisoblash qurilmalari xam
qo’llanilishi mumkin.
Nazorat savollari
1.
Elektrmexanik tizim deganda nimani tushunasiz?
2.
EMT qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
3.
Zamonaviy o’zgartkichlarning asosiy qismi nimalardan tashkil topgan?
4.
EMTning boshqaruv tizimi qanday elementlardan tashkil topgan?
5.
O’lcov o’zgartgichlari qanday vazifani bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |