KIRISH
Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizimlarning ish unumdorligini oshirish
va
sifatli
maxsulot
ishlab
chiqarish
ushbu
sanoat
qurilmalarining
avtomatlashganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. Sanoat qurilmalarining
avtomatlashganlik
darajasi
bu
qurilmalarning
zamonaviy
va
energetik
ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan texnika vositalari bilan jixozlanishida namoyon
bo’ladiadi. Sanoat qurilmalarining ishchi organlari, xarakatlantiruvchi elektr
yuritmalari va ularni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari elektr
mexanik tizimni (EMT) asosini tashkil etadi.
Elektr mexanik tizim elektr tarmog’iga ulab beruvchi va ximoyalovchi elektr
va elektron apparatlardan, ishchi mashinaning ijrochi organini xarakatga
keltiruvchi elektr motor va uning koordinatalarini boshqaruvchi boshqariluvchi
o’zgartkichlardan, o’zgartkichlarning boshqaruv tizimi va turli o’lchov
o’zgartkichlardan, vazifalovchi va boshqa qurilmalardan xamda turli elektron
moslamalardan iborat bo’ladi. EMTni tashkil etuvchi elementlarining taxlili shuni
ko’rsatadiki, aksariyat elementlar o’zining ishlash asoslari, ichki tuzilishi va
boshqa xususiyatlari bilan talabalarga «Elektr mashinalari», «Elektr yuritma
asoslari», «Avtomatik boshqarish nazariyasi» va «Elektr mexanik tizimlarni
boshqarish» fanlari bo’yicha bilimlarni o’zlashtirishda muxim axamiyat kasb etadi.
Biroq zamonaviy EMT larni loyixalash, taxlil qilish va yaratish jarayonida tarkibiy
elementlarining vazifaviy xususiyatlarini, ya’ni ularning kirish va chiqish
koordinatalari orasidagi o’zaro bog’lanishlarni bilish talab etiladi.
«EMT apparatlari, elementlari va o’zgartkich texnikasi» fanning oldiga
qo’yilgan asosiy vazifalardan biri EMT tarkibiy tuzilishini tashkil etuvchi elektr
apparatlari, elementlari va o’zgartkich texnikasi qurilmalarining ishlash
asoslarining fizik asoslarini o’rganish, ularni loyixalash uchun zaruriy nazariy
bilimlarga ega bo’lish va ularni boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini chuqur
o’zlashtirishdan iborat. Shuningdek, elektr apparatlari, elementlari va o’zgartkich
texnikasi qurilmalarining bazaviy elementlari bo’lgan yarim o’tkazgichlar
texnikasi va ularni boshqarishda qo’llaniladigan elektron tizimlarning shiddatli
rivojlanishda ekanligini xisobga olgan xolda ularning zamonaviy va istiqbolli
turlarining ishlash asoslari va qo’llanish soxalari xaqida kengroq axborotlar berish
xam maqsad qilib qo’yilgan.
«Elektr mexanik tizimlarning apparatlari, elementlari va o’zgartkich
texnikasi» fani oliy tahlimning «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr
texnologiyalar» bakalavriatura yo’nalishining ixtisoslik fanlari bilan umumiy
texnikaviy asos fanlar oralig’idagi bog’lovchi ko’prik vazifasini o’taydi va ixtisos
fanlarini o’zlashtirishda zarur nazariy va amaliy manba bo’lib xizmat qiladi.