3 - Amaliy mashg’ulot
ISHLAB CHIQARISHDA SHOVQIN VA TEBRANISHDAN HIMOYALANISH
Ishlab chiqarish korxonalarida yangi texnologik jarayonlarning qo‘llanilishi, texnologik uskunalarning quvvatining ortishi, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashuvi, insonni doimiy ravishda ishlab chiqarishdagi zararli fizik faktor – shovqin va tebranishga duch kelishiga olib keldi. SHovqin va tebranishning asosida bitta fizik hodisa – mashina va mexanizmlarning aylanadigan qismlarining muvozanatlashmaganligidan ular ishlaganda yuzaga keladigan mexanik chayqalishlar, detallarning ishqalanishi va bir-biriga urilishi, suyuqlik va gazlarning transport magistrallaridagi, shuningdek, ularni atmosferaga tashlab yuborish vaqtidagi siljuvchi pulsatsiyalari va katta harakat tezliklari natijasida yuzaga keluvchi mexanik chayqalishlar yotadi. Qariyib barcha turdagi texnologik uskunalar turli jadallikdagi shovqin va tebranishni yuzaga keltiruvchi manba hisoblanadilar, xususan: nasoslar, ventilyasion qurilmalar, kompressorlar, transporterlar, quyuvchi avtomatlar, ximr qoradigan mashinalar, elektrodvigatellar vah.k.
Shovqin va tebranish umumbiologik harakatga salbiy ta’sir etuvchi, inson organizmini umumiy kasallantiruvchi faktorlardandir. SHovqinning uzoq muddatli ta’siri eshitish qobiliyatini pasaytiribgina qolmasdan, balki, markaziy va periferik asab sistemasini ishdan chiqaradi va yurak-qon tomir sistemasi faoliyatini buzadi, ko‘rishning yomonlashuvi, oshqozonning normal ishlashining buzilishi, harakat koordinatsiyasining buzilishi, qon bosimining o‘zgarishi va shunga o‘xshash kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi. Umumiy xaraktyerdagi bunday organizmdagi kompleks o‘zgarishlarga “shovqin kasalligi” deb qaraladi.
Tebranish parametri g‘am xuddi shovqin kabi funksional o‘zgarishlarga olib keladi. Ular avvalo markaziy va periferik asab sistemalari o‘zgarishlarida, yurak-qon tomir sistemasida va harakat-tayanch apparatida namoyon bo‘ladilar. Uzoq vaqt tebranish ta’siridan vujudga keladigan , chegaraviy mumkin bo‘lgan darajalardan ortib ketadigan og‘ir va qayta tiklanmaydigan asoratlari tebranish kasalligining belgisi g‘isoblanadi, bu kasallikning o‘tib ketgan va og‘ir formalari mehnat faoliyatining qisman yoki butkul yo‘qotilishiga olib keladi.
Shovqin va tebranishning zararli ta’sirlari, ularni oldini olish yoki keskin kamaytirish choralarini qo‘llashni talab etadi.
Tovush xarakteristikalari, bu – tebranish chastotasi f, tovush jadalligi I va tovush bosimi R dir.
Texnikada shovqinni baholash uchun jadallashishning absalyut qiymati emas, balki, uning shovqin yoki tovushning jadalligi deb ataladigan, bel (B) larda o‘lchanadigan nisbiy logarifmik birliklardagi darajasidan foydalaniladi.:
L = lg I/ I0
bu yerda I – berilgan nuqtadagi tovush jadalligi; I0 – eshitish ostonasiga to‘g‘ri keladigan tovush jadalligi L = 10lg I/ I0 (dB).
Tovush jadalligi tovush bosimi kvadratiga proporsional bo‘lganligidan, tovush kuchi darajasini, tovush bosimi kattaligidan kelib chiqib aniqlash mumkin:
Ko‘rsatilgan bog‘liqliklar orqali hisoblab topilgan tovush darajasini akustikada tovush bosimi darajasi deb atash qabul qilingan. Barcha akustik o‘lchovlar va normativ ko‘rsatkichlar tovushlar bosimi darajasi ko‘rinishida tasavvur qilinadi.
Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin, odatda, bir necha mashinalarning bir vaqtda ishlashi oqibatida yuzaga keladi. Agar bir vaqtda bir necha shovqin manbalari birgalikda harakatlanayotgan bo‘lsa, tovushning umumiy kuchi Ium =I1 +I2 + ... + In,, ya’ni alohida manbalar tovushlari kuchlarining yig‘indisiga teng. Biroq, barcha manbalardan yuzaga kelayotgan tovush kuchining umumiy darajasi (dB):
bu yerda I – bitta manbaning tovush kuchi darajasi, dB
Bir necha manbalar turli tovush kuchi darajasidabirgalikda harakatlaniyotgan vaqtda umumiy darajani aniqlash uchun ularni juft-jufti bilan – ketma-ket qo‘shish va har bir juft uchun quyidagi formula bo‘yicha hisoblash zarur:
bu yerda Lbolsh - summalanayotgan tovush kuchi darajalaridan eng kattasi, dB; ∆l – summalanayotgan manbalar tovushlari darajasi farqiga bog‘liq ravishda tablitsa va nomogrammalar orqali aniqlanadigan to‘g‘rilash, dB.Quyida turli darajadagi shovqin manbalarini summalash uchun to‘g‘rilashlar ∆l keltirilgan
2 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |