O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
23.06.2000 y. 937-son
bilan ro’yxatga olingan
O’zR Sog’liqni saqlash vazirligining
06.06.2000 y. 300-sonli buyrug’iga
8-ILOVA
KASB KASALLIKLARI RO’YXATI
T/r
|
Kasallikning nomi
|
Kasb kasalliklari paydo bo’lishiga olib kelish ehtimoli bo’lgan xavfli, zararli moddalar va ishlab chiqarish omillari
|
Korxonalarda amalga oshiriladigan ishlarning taxminiy ro’yxati
|
1.
|
Toksiko-kimyoviy omillar ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklar.
|
|
|
Kasb kasalliklari . Kasb kasalligiga tashhis qo’yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida, ishga qobiliyatlilik ekspertizasida, tibbiy va mehnat salomatlikni tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog’lig’iga yetkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko’rib chiqishda kasb kasalliklari ro’yxati asosiy hujjat hisoblanadi.
Ro’yxatga faqatgina noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokoniozlar, tebranish kasalligi, zaharlanish va boshq.) ta’sir ko’rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili - kasb omili ta’sir ko’rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda xuddi shunday o’zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rosmana ta’siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan.
Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to’g’risidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifini, etiologik omil va bajariladigan ishlar turini, staj, muayyan ishlab chiqarishdagi konkret mehnat sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olish zarur.
Ish joylari kimyoviy moddalardan ifloslanmaganligi maxsus tekshiruv usullari va yetarli miqdorda o’tkazilgan sinovlar bilan isbotlangan bo’lishi lozim. Agar ishlab chiqarish muhiti va noxush ishlab chiqarish omillari darajasi mutlaqo tekshirilmagan bo’lsa, bu hol kasb kasalligi tashhisini aniqlash uchun to’sqinlik qilmaydi. Bunday hollarda kasb kasalligining klinik belgilari yaqqol ifodalangan bo’lsa, dinamikada kasallikning zo’rayishi kuzatilsa va uzoq ish staji bo’lganda kasb kasalligining tashhisini qo’yish mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, mazkur hujjatda bajariladigan ishlar va korxonalar, shuningdek kasallikni keltirib chiqaruvchi etiologik omillarning faqatgina taxminiy ro’yxati keltirilgan xolos.
Klinik-ekspertlik xulosa chiqarishga, shuningdek kasb kasalliklarining erta va ancha vaqt o’tgandan keyin ro’y beradigan asoratlari (masalan, uglerod oksiddan zaharlangandan keyin yuz beradigan markaziy asab tizimining barqaror organik o’zgarishlari) ham kasb kasalliklari qatoriga kiradi, zararli omil (masalan: kechki silikoz, siydik pufagi papillomasi va boshqalar) bilan muloqot to’xtatilgach, ancha vaqt o’tgandan so’ng kasb kasalligi rivojlanish ehtimoli borligini ham hisobga olish zarur, kasb kasalligi ro’y bergan sharoitda (masalan, pnevmokonioz va chang tufayli rivojlangan o’pka raki) paydo bo’lgan xastaliklar ham kasb kasalliklari jumlasidandir, bu esa bronxlar shillig’ida bir xil gistologik o’zgarishlar (odatda, yassi hujayrali rak rivojlanishi bilan yuz beradigan displaziya elementlari bo’lgan tarqoq metaplaziya) borligi bilan tasdiqlanadi.
Kasb kasalligining regressiyasi kuzatilsa ham (masalan, o’tkir va surunkali zaharlanishlar, vibrasion kasalligi, teri kasalliklari, allergik xastaliklar va boshqalar) ishchini avvalgi o’z ishiga qaytarish mumkin emas va uni boshqa kasbga o’rgatish tavsiya qilish zarur.
Agar ro’yxatda ko’rsatib o’tilgan kasb kasalligi kasbga daxli bo’lmagan xastalikni kuchaytirib, turg’un mehnat qobiliyatini yo’qotishga olib kelsa, ishga qobiliyatsizlik sababi kasbga aloqador deb hisoblanishi lozim.
O’tkir kasb kasalligi tashhisi (zaharlanishlar) tegishli SESdagi profpatologiya bo’yicha mutaxassis va mehnat gigiyenasi bo’yicha vrach bilan albatta maslahatlashgandan keyin, har qanday davolash-muhofaza muassasasining vrachi tomonidan qo’yilishi mumkin. O’tkir kasb kasalligi (zaharlanish) to’satdan paydo bo’ladi, u kimyoviy moddalardan ish maydonidagi havoda nisbatan yuqori konsentrasiyasi va boshqa noxush omillar bir marta (ko’p deganda bir ish smenasida) ta’sir o’tkazgandan so’ng yuzaga keladi. Yuqumli kasalliklar sababli paydo bo’lgan (virusli gepatit, brusellyoz, kuydirgi, oziq-ovqat ensefaliti va boshqalar) kasallikning bemor kasbiga aloqadorligini aniqlash zararlanish o’chog’ida yuqumli xastalik hodisasining epidemiologiyasining tekshiruvini o’tkazayotgan hududiy SES vrach epidemiologi tomonidan amalga oshiradi.
Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish) tashhisini 2-ToshDavTI kasb kasalliklari kafedrasi va Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari Ilmiy tekshirish instituti qoshidagi vrachlik konsultativ komissiyasi qo’yishga haqli hisoblanadi. Zararli ishlab chiqarish-kasb omillarining uzoq muddat ta’sir o’tkazishi natijasida paydo bo’lgan xastaliklar surunkali kasb kasalliklari qatoriga kiradi. Kasb kasalligini belgilashda tashhisdan keyin (qavs ichida) zararlanishning asosiy belgilarini va zararlangan a’zolar funksional faoliyatining buzilish darajasini ko’rsatish kerak.
Tibbiy-mehnat ekspertizasi amaliyotida shuni hisobga olish kerakki, kasallik kasb kasalligi ekanligining tan olinishida hamma vaqtda ham mehnat qobiliyati buzilishi shart emas. Kasb kasalliklari va zaharlanishlarning boshlang’ich shakllarida ishlash qobiliyati haqidagi xulosa faqat ayni muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida ishni to’xtatish haqida tavsiya berish va malaka hamda ish haqini kamaytirmasdan oqilona zararsiz sharoitli ishga joylashtirishdan iborat bo’lishi mumkin.
Kasb kasalligi bo’yicha nogironlik guruhini belgilash huquqi va ishlash qobiliyatining necha foiz yo’qotilganligini aniqlash tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyalari zimmasiga yuklatilgan.
Kasb kasalligi borligini aniqlash va kasb kasalliklari ro’yxatidan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti va 2-ToshDavTI klinikasi qoshidagi vrachlik-konsultativ komissiyasi va Sog’liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
O’tkir kasb kasalligi (intoksikatsiya) to’satdan, ishchi zonasi havosidagi kimyoviy moddalarning, boshqa zararli omillarning nisbatan yuqori kontsentratsiyalari, darajalari va dozalari bir marta ta'sir qilgandan so’ng (faqat bir ishchi smenasi davomida) yuzaga keladi.
Surunkali kasb kasalliklari zararli ishlab chiqarish omillarining yuqori bo’lmagan (ammo PDK, PDU, PDDdan ortiq bo’lgan) kontsentratsiyalari, darajalari, dozalarining davomli ta'siri oqibatida yuzaga keladi. Kasb kasalliklari tavsifi
Tasdiqlangan “Ro’yxat”ga muvofiq, kasb kasalliklari 7 guruhga ajratiladi:
Kimyoviy omillar ta'sirida yuzaga keladigan kasalliklar: ta'siri turli troplikka ega o’tkir, surunkali intoksikatsiyalar (neyro-, gemo-, gepato-, nefro-, politrop, dermatrop, allergik va h.k.);
Sanoat aerozollari ta'sirida yuzaga kelgan kasalliklar: pnevmokoniozlar, changli bronxitlar, rinofaringolaringitlar, allergiyalar;
Fizik omillar ta'siri bilan bog’liq kasalliklar: ionlovchi nurlanishlar (o’tkir, surunkali nur kasalligi, mahalliy nurli shikastlanishlar, ularning uzoq vatli oqibatlari – xavfli o’smalar); ionsiz nurlanishlar (lazerli, ultrabinafsha, infraqizil); dekompression – kesson kasalligi; o’tkir, surunkali issiq urishi, shovqin, vibratsion kasallik va h.k.;
Alohida a'zolar va tizimlarning ortiqcha zo’riqishi va ortiqcha keskinlikda ishlashi bilan bog’liq kasalliklar: koordinatorli nevrozlar (sut sog’uvchilarda, skripkachilarda, linotipistlarda), radikulitlar, tendovaginitlar, artrozlar, bursitlar, tromboflebitlar; qo’shiqchilar, o’qituvchilardagi laringitlar, kuchayib boruvchi uzoqni yaxshi ko’rolmaslik va b.;
Biologik omillar ta'siriga bog’liq kasalliklar: chorvadorlar, veterinar, infektsionistlar, baklaboratoriyalar laborantlari va boshqalarda infektsion va parazitar kasalliklar;
Allergik kasalliklar: kon'yunktivitlar, rinitlar, bronxial astma, dermatitlar, ekzemalar, eshak emi va h.k., ular o’simlik yoki hayvonlarga xos qo’zg’atuvchilar bilan ishlaganda yuzaga keladi;
Yangi hosil bo’lgan o’smalar – kelib chiqishi fizik (ionlovchi nurlanishlar, ultrabinafsha radiatsiya) va kimyoviy (3, 4-benzpiren, smolalar va h.k.) tabiatga ega kontserogenlar bilan ishlaganda yuzaga kelgan xavfli o’smalar.
Sanab o’tilgan zararli ishlab chiqarish omillari, ular keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan kasb kasalliklari va zaharlanishlarni hisobga olib, mehnat gigienasi bo’yicha shifokormutaxassislar, profpatologlar, sanoat korxonalari, davolash-profilaktika muassalari tibbiy sanitar qismlarining boshqa mutaxassislari oldida turgan vazifalar:
ishlab chiqarish muhitining, texnologik jarayonlarning zararli omillarini, ularning gigienik normativlarga muvofiqligini o’rganish; ishlab chiqarish muhiti (texnologik jarayon, ishchi zonasining havo muhiti, xom ashyo, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulot, ishlab chiqarishning qo’shimcha mahsulotlari, chiqinldilari va ajratmalari) turli zararliklarining organizmga ta'sirini o’rganish; ishlovchilar sog’lig’i, ularning umumiy va kasbiy kasallanishi holatini o’rganish; kasb kasalliklari, zaharlanishlarni tashxislash va davolash, ishlovchilarning dispanser, sanatorkurort ta'minoti, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK), tibbiy-nazorat komissiyalari (TNK), tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) va h.k., kasbiy patalogiyalarni ekspertiza qilish, nogironlikni belgilash komissiyalari ishida qatnashishdan iborat.
Profilaktik tibbiy tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga olishi zarur:
mehnat shartlarini sog’lomlashtirishning muhandislik-texnik vositalarini (ventilyatsiya, germetizatsiya, avtomatlashtirish, mexanizatsiya, masofali boshqarish va h.k.) ishlab chiqishda ishtirok etish; gigienik normativlar, boshqa sanitar qonunchilikni ilmiy ishlab chiqish; mehnatni ilmiy tashkil qilish (3.1-3.7-ilovalarga qaralsin); oldini oluvchi va joriy sanitar nazorat; mehnat jamoasi o’rtasida sanitar-ta'lim va profilaktik ishlar (sanitariya qoidalariga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga, maxsus kiyimdan foydalanishga, individual himoya vositalaridan foydalanishga, davolash-profilaktika ovqatlanishiga, suyuqlik ichish rejimiga o’rgatish).
Ishlab chiqarish muhiti va mehnat sharoitlarining noqulay omillari (mikroiqlim, shovqin, vibratsiyalar, tabiiy va sun'iy yorug’lik, elektromagnit nurlanishlar va h.k.)ni o’lchash usullari va vositalarini talabalar tegishli gigyiena mavzularida o’rganadi, shuning uchun ushbu mashhulotda ular faqat tilga olib o’tiladi.
Atrof-muhit omillarining organizmga va sog’liqqa ta'sirini o’rganish usullari va ko’rsatkichlarini talabalar oldingi gigiyena kurslarida, fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo kurslarida, klinik kafedralarda o’rgangan, shuning uchun bu mashhulotda ular faqat sanab o’tiladi.
Tana, nafas olish, ko’rish, eshitish a'zolarini individual himoya qilish vositalari “Shaxsiy gigiena” bo’limida ko’riladi.
Ish joylarida eng chegaraviy yo’l qo’yiladigan shovqin darajalari shovqin va vibratsiyani aniqlash va gigienik baholash metodikasi bo’yicha mashg’ulotlar materiallarida keltirilgan.
Baхtsiz хоdisalarni qayd qilish va hisоbga оlish bilan baхtsiz хоdisalarning sabablarini aniqlab bulmaydi, bu faqat baхtsiz хоdisa sabablarini aniqlash uchun matеrial bo’la оladi. Ishchining ish sharоitida ishlash faоliyatini o’rganish uning ishlash qоbiliyati bilan ish vaqti o’rtasida bоg’lanish bоrligini aniqlash imkоniyatini bеradi.
Bu bоg’lanish grafik shaklida 1-rasmda kursatilgandеk o’zgaradi. YA’ni ishchi ish bоshlagandan kеyin yarim sоat davоmida ish marоmiga tushmagan va sоzlanmagan хоlatda bo’ladi. YArim sоatdan kеyin ish marоmi muvоfiqlashadi va bir mе’yorda taхminan 3,5 sоat davоm etadi, so’ngra yana pasayish bоshlanadi. Baхtsiz hоdisalarning yuz bеrishi хam хuddi shu grafik asоsida bоrishi aniqlandi. 4 sоat davоmida ishchi charchashi хisоbiga ish qоbiliyati kamaysa, хuddi shu charchash хisоbiga baхtsiz хоdisalar хam vujudga kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |