ISHLAB CHIQARISHDA MEHNAT QOBILYATINI
YO’QOTILISHI
Jarohat to’g’risida tushucha. Jarohat deb teri qoplamlari, shilliq pardalar, bazida esa tag’in ham ichkaridagi to’qimalar butunligining buzilishi va og’rib, qonab turishi hamda ochilib qolishi bilan harakterlanadigan shikastga aytiladi.
Jarohatlar o’q tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan tishlangan bo’lishi mumkin. O’q tekkan jarohatlar odamning o’qdan yoki oskolkadan yaralanishi natijasida paydo bo’ladi. Bular teshib o’tgan, uchi berk va urinma jarohatlar bo’lishi mumkin. Teshib o’tgan jarohatlarda o’q yoki oskolka kirgan va teshib chiqib ketgan teshiklar bo’ladi, uchi berk jarohatlarda o’q yoki oskolka to’qimalarda tiqilib qoladi, urinma jarohatlarda urinma yo’nalishda uchib kelgan o’q yoki oskolka yumshoq to’qimalarda tiqilib qolmasdan, balki teri va yumshoq to’qimalarni shikastlab o’tadi. Kesilgan va sanchilgan jarohatlarning zararlanish zonasi kichik, chetlari tekis bo’ladi, bunday jarohatlarning devorlari yashash qobiliyatini saqlab qoladi, ulardan ko’p qon ketadi, bunday jarohatlarga infeksiya boshqalaridan ko’ra kamroq yuqadigan bo’ladi. Sanchilgan jarohatlarning teshib o’tgan xillari teri va shilliq pardani uncha zaralamasa ham, ancha chuqur bo’lishi mumkin va ichki organlarni shikastlashi va ularga infeksiya o’tishi mumkin bo’lgani munosabati bilan kattagina xavf tug’diradi, ichki organlarga infeksiya o’tib qolsa, peritonit va sepsis boshlanib ketishi mumkin. Chopilgan jarohatlar har xil chuqurlikda bo’lib, yumshoq to’qimalarning urilib, lat yeyishi va ezilishiga olib boradi. Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarohatlar murakkab shaklda, chetlari notekis bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ancha joyi qonga, o’lik to’qimalarga to’lib turgan bo’ladi, bunday jarohatlarda infeksiya avj olishi uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keladi. Yirtilgan jarohatlar qo’pol mexanik ta’sir tufayli paydo bo’lib, aksari terining sidirilib chiqishi, paylar, muskullar va tomirlarning shikastlanishi bilan birga davom etadi, ko’p ifloslangan bo’ladi. Tishlangan jarohatlarga hamisha so’lak tushgan bo’ladi.
Operasiya jarohatlarini aytmaganda, jarohatlarning hammasi birlamchi tartibda infeksiyalangan, deb hisoblanadi. Jarohatlovchi narsa, tuproq, kiyim bo’laklari bilan birga, havodan va jarohatga qo’l urilgan mahalda unga mikroblar tushadi. Jarohatga tushib qolgan mikroblar uning yiringlab ketishiga, saramas singari yallig’lanishga aloqador asoratlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Havosiz joyda ko’payadigan va anaerob infeksiyaga sabab bo’ladigan mikroblarning jarohatga tushib qolishi hammadan hatarli. Jarohatlarning yana bir xavfli asorati ularga qoqshol mikrobi yuqib qolishidir.
Jarohatlarni mikroblar yuqishidan ehtiyot qilishning chorasi jarohatlangan joyga mikroblar o’tishiga yo’l qo’ymaydigan aseptic bog’lamni mumkin qadar ertaroq qo’yib bog’lashdir. (Quyidagi rasmlarda jarohat turlari ko’rsatilgan)
Jarohat turlari. Qon ketishi jarohatlarning bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratdir. Qon ketishi yoki qonash deganda shikastlangan tomirlardan qon chiqib turishi tushiniladi. Qon ketishi birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin. Tomirlar shikastlangandan keyin o’sha zahoti qon keta boshlashiga birlamchi qon ketishi deyilsa, birmuncha vaqtdan keyin qon keta boshlashiga ikkilamchi qon ketish deyiladi.
Shikastlangan tomirlarning tabiatiga qarab arteriyalardan, venalardan, kappillyarlardan qon ketishi va parenximatoz qon ketishi tafovut qilinadi.
Arteiyalardan qon ketishi hammadan xatarlidir, bunda qisqa muddat ichida organizmdan talaygina miqdor qon ketib qolishi mumkin. Arteriyadan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi qizil rangda bo’lishi, uning otilib- otilib chiqib turishidir.
Venalardan qon ketishi arteriyalardan qon ketishidan farq qilib, birmuncha to’qroq rangda bo’ladigan qonning uzliksiz ravishda oqib chiqib turishi bilan xarakterlanadi., bunda qon otilib chiqmaydi. Kappillyarlardan qon ketishi teri, teri osti kletchatkasi va muskullardagi mayda-mayda tomirlar zararlanganda ko’riladi. Kappillyarlardan qon ketayotgan mahalda jarohatning butun yuzasi qonab turadi.
Parenximatoz qon ketishi ichki organlar: taloq, buyrak, o’pka zararlanganida boshlanadi.
Qon ketishi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi qon ketishida teri qoplamlari va ko’rinib turgan shilliq pardalardagi jarohat orqali yoki bo’shliqlardan qon kelib turadi.Ichki qon ketishida to’qimalar, organ yoki bo’shliqlar qon bo’lib turadi, qon quyilishi deb shinga aytiladi. To’qimalarga qon quyilganda qon singib o’tib, ularni shishirib yuboradi, infiltrat yoki qontalash deb shunga aytiladi. Odamning ayniqsa bir yo’la har xil og’ir shikastlarga uchragan mahallarida birdan 1-2 litr qon yo’qotib qo’yishi o’limga olib kelishi mumkin.
Har qanday jarohat, hatto eng kichkinasi ham, shikastlangan odamning hayoti uchun xavf tug’diradi – u har xil mikroblar yuqtiradigan manba bo’lib qolishi mumkin, ba’zi jarohatlar esa bir talay qon ketib qolishiga sabab bo’ladi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish mahalida ana shu asoratlar oldini olishning asosiy yo’li jarohatga imkoni boricha ertaroq steril bog’lam qo’yib bog’lash, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish, qon ketishini toxtatishdir.
Aseptika va antiseptika to’g’risida tushuncha. Aseptika jarohatga mikroblar tushishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlar majmuasidir. Shunday qilib, aseptika jarohat infeksiyasining oldini olish, profilaktika qilish metodi bo’lib hisoblanadi. Jarohatga uriladigan narsalarning hammasi steril bo’lishi kerak, degan asosiy qoidani bekamu ko’st bajo keltirish yo’li bilan unga erishiladi.
Antiseptika deb jarohatdagi mikroblar sonini kamaytirishga yoki ularni yo’q qilishga qaratilgan chora-tadbirlar sistemasiga aytiladi. Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik antiseptika tafovut qilinadi. Mexanik antiseptika jarohatlarni birlamchi xirurgik obrabotkadan o’tkazishdan iborat. Fizik antiseptika mikroblarning yashab qolishi uchun jarohatdan noqulay sharoitlar yuzaga keltiradigan metodlarni tadbiq etishdan tashkil topadi—bu jarohatni quritish, unga drenaj qo’yish va jarohat suvi, selini oqib chiqib ketib turadigan qilib qo’yishdan iborat. Kimyoviy antiseptika mikroblarga qarshi har turli dori vositalarini ishlatishga asoslangan. Biologik antiseptikalar jumlasiga jarohat infeksiyasining profilaktikasi va davosi uchun ishlatiladigan antibiotiklar ishlatiladi.
Kasb kasalliklari - yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan kasalliklar. Kasb kasalliklarining kechishi unga sabab boʻlgan zararli omillarning oʻziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi taʼsiriga bogʻliq. Kasb kasalliklari i. ch.ning zararli omillarini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb kasalliklarining fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar: brutsellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar taʼsirida (qarang Zaharlanish), baʼzi changlar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), shuningdek, jismoniy zoʻriqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning oʻta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab boʻladi.
Oʻzbekistonda Kasb kasalliklari roʻyxati va tegishli tavsiyanomalar OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklanadi. Ishlab chiqarishda texnologiyasining takomillashtirilishi, Ishlab chiqarishda jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning keng joriy etilishi, mehnat va dam olishning meʼyorida tashkil qilinishi, zararli korxonalarda qisqartirilgan ish kuni belgilanishi tufayli Kasb kasalliklari kamayib bormokda. Kasb kasalliklarini oldini olish, davolash, mexnat muhofazasini tashkil kilish ishlari bilan Oʻzbekiston Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish instituti shugʻullanadi.
Sog’liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 1995 yil 2 fevraldagi 23/36/9-sonli buyrug’i bilan “Kasb kasalliklari ro’yxati va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” tasdiqlangan.
Ro’yxatga faqat noqulay ishlab chiqarish omillari ta'sirida kelib chiqqan kasb kasalliklari, ularning yaqin va uzoq vaqtdagi oqibatlari, shuningdek kasbiy zararlarning kasbga oid bo’lmagan asoratlariga (masalan, arterial gipertoniya – vibratsiyadan) bog’liq kasalliklar kiritilgan.
Kasb kasalliklari ro’yxati (AV tomonidan 23.06.2000 y. 937-son bilan ro’yxatga olingan SSV 06.06.2000 y. 300-son buyrug’iga 8-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |