JAROHATLANISH SABABLARINI O’RGANISH.
Ro’yxatga olish va xisobga olish baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlash imkoniyatini bermaydi, faqat baxtsiz xodisa sabablarini aniqlash uchun material bo’la oladi.
Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o’rganish, uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o’rtasida bog’lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi, bu bog’lanish grafik shaklida 1 rasmda ko’rsatilgandek o’zgaradi ya’ni ishchi ish boshlangandan keyin yarim soat davomida ish sharoitiga tushmagan va sozlanmagan xolatda bo’ladi. Yarim soatdan keyin ish sharoitiga muvofiqlanadi va bir me’yorda taxminan 3,5 soat davom etadi va so’ngra yana pasayish boshlanadi. Baxtsiz xodisalarning yuz berishi ham xuddi shu grafik asosida borishi aniqlanadi. 4 soat davomida ishchini ish qobiliyati xisobiga kamaysa, xuddi shu charchash xisobiga baxtsiz xodisalar ham vujudga keladi.
Ishchining ish sharoitida shikastlanishga ta’sir ko’rsatib, baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablarni 2 rasmda ko’rsatilgan sxema asosida izohlash mumkin.
1. Tashkiliy sabablar. Sanoat korxonalarida loyixalash vaqtida yo’l qo’yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilmaganligi, instruktaj noto’g’ri o’tkazilganligi, ishchilar mehnatidan mutaxassisligi bo’yicha foylanmaslik, xavfsiz mehnat qilish texnik nazoratini yo’qligi, noto’g’ri tartib bo’yicha ish olib borish, ishchilarni o’zaro kelishmasdan ish olib borishlari, uskuna –moslamalarni o’rnatishda loyixa talabidan chetga chiqish, texnologik jarayonlarni buzilishi, mehnat qilish va dam olish rejimlarining buzilishi, ish joylarini noto’g’ri rejalash, korxona maydoni va yuzasida yo’lka va o’tish joylarini noto’g’ri joylashtirish, ish joylarini noto’g’ri tashkil qilish, nobob ish qurollaridan foydalanish. Shaxsiy muhofaza vositalari va aslaxlarinining ish sharoitga to’g’ri kelmasligi, to’siqilarni yo’qligi, xavf xaqida ogohlatiruvchi belgilarni bo’lmasligi yuqoridagi sabablarga misol bo’ladi.
2. Texnik sabablar. Dastgoxlar, ish qurollari, yordamchi vositalar, xarakatlanuvchi va yuk ko’taruvchi qismlarni kamchiliklari, uskuna moslamalarni ayrim qismlarni sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarni nomukammalligi, to’siq qurilmalari va himoyalovchi vositalarning puxta bo’lmaganligi va boshqalar misol bo’ladi.
3. Sanitar-gigienik sabablar. Metereologik sharoitni qoniqarsiz bo’lishi, korxonalardagi havo muhitini changlanganligi, zararli muhitda moddalarni mavjudligi, ish joyi, o’tish yo’llarini, maydonni normada yoritilmaganligi, shovqin va tebranish mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitar-mayishiy xonalarni etarli emasligi, talabga javob bermasligi, Shaxsiy gigiena talab va qoidalariga rioya qilmaslik misoldir.
4. Psixofiziologik sabablar. Ishchi psixologik rejimini buzilishi, charchash, kasallik xolatlari, tanadagi fizik kamchiliklar, oilaviy notinchlik, ish jamoasida kelishmovchilik, avvalgi kasallik alomati ta’siri va boshqalar misol bo’ladi.
“Hayot faoliyati xavfsizligini“ fanini o’rganishda boshqa ijtimoiy, texnikaviy, gumanitar fanlarning ma’lumotlari etiborga olinadi. Shular qatorida ergonomika ma’lumotlari ahamiyatlidir. Ergonomika insonni mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratishga, mehnat unumdorligini oshirishga bog’liq bo’lgan imkoniyatlarni o’rganadi. Bu vazifani bajarishda inson va muhit tavsifnomalarini aniq yoki ma’lum darajada mos tushishi o’rganiladi va xavfsizlikka bog’liq ma’lum muhimvazifalar echiladi. Shunday qilib ergonomika (natijada) muhim vositalarni echadigan birlik sifatida texnikani insonga yaqinlashtirishga xarakat qiladi, “inson–texnika” tizimidagi mavjud muammolarni ko’rib chiqadi.
Ergonomika doirasida besh xil moslik-ma’lumot-axborot, biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo’lib, ularni ta’minlash va amalga oshirish ishni-vazifani tizimlarini muvaffaqiyatli yakunlanishini ifodalaydi.
Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog’liq bo’lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni etkazuvchi-ko’rsatuvchi moslama-mashina modeli bo’lsa, operator murakkab tizimda bo’lsa ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifani bajarish uchun ergonomika nuqtai nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, model o’z vaqtida mashinaga ta’luqli ta’rifni bersin, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e’tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib qayta ishlasin.
Murakkab xisoblangan vazifani echish operatorni xavfsizligiga aniq-sifatli ishlashiga mehnat unimdorligiga, shuningdek insonni psixofiziologik imkoniyatlarini axborot modeliga mos tushishiga bog’liq bo’ladi.
Biofizik moslik operatorni tadbiq qiladagan ish qobiliyatini, normadagi fiziologik xolatini ta’minlaydigan atrof-muhitni yaratilishini ifodalaydi. Bu vazifa mehnat muxofazisi talablari bilan bog’langan. Atrof-muhitni ko’pgina omillari chegara miqdorlari qonuniyat bilan belgilangan va ular operatorni ish vazifasi bilan doimiy bog’lamangan bo’lishi mumkin. Shuning uchun mashinalarni yaratilishida shovqin, tebranish, yoritilish, havo muhiti va barcha birliklarni maxsus tekshirilishini talab qiladi.
Insonni kuchi va energetik birligi ma’lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish tizimida charchash va maqsadga muvofik bo’lmagan oqibatga olib kelishi mumkin yoki ish tizimidagi aniqlik pasayadi. Bunday cheklanish yoki atrof-muhitga bog’liq bo’lgan vaziyat, omillar e’tiborga olinishi kerak.
Energetik moslik operatorni optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, xarakatni aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi kelishuvni ifodalaydi.
Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o’lchami, tashqi fazoni ta’sirli imkoniyatlari, ish jarayonida operatorni vaziyati, gavdani turishi xisobga olinishini ifodalaydi. Vazifani to’g’ri xal kilinishida ish joyi xajmi, operator xarakatlanadigan masofa, balandlik boshqaruv pultigacha oraliq va boshqa ko’rsatgichlar aniqlanadi.
Moslikni ta’minlashda insonlarda antropometrik ko’rsatgichlar xar xil bo’lishi murakkab xolatga olib keladi va bu vazifani echimida ergonomika yordam beradi.
Texnikaviy – estetik moslik mehnat jarayonida, insonni mashina bilan muloqotida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni aniqlanadi. Ko’p sonli va favqulodda muhimtexnik-estetik masalalarni xal qilishda san’atkorlar konstruktorlar, rassomlar va boshqalar jalb qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |