2 Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari davri. Siyosiy iqtisodning vujudga kelishida klassik siyosiy iqtisod namoyondalarining nazariyalarida aloxida axamiyatga egadir. Klassik siyosiy iqtisodning asoschilaridan biri U.Petti 1662 yilda e’lon kilingan “Soliklar va ulponlar yigimlari tugrisidagi traktat” asarida uzining dastlabki iqtisodiy karashlarini bayon etadi. U birinchi bulib iqtisoddagi ob’ektiv qonuniyatlarni tabiat qonunlari bilan solishtirdi va ularni tabiiy qonunlar deb atadi. Bu siyosiy iqtisodni rivojlantirishda juda muxim kadam buldi. U.Petti fan tarixida birinchi bulib astrakt mexnat tushunchasiga yul ochdi. U.Petti 1682 yilda nashr etilgan “ Pul tugrisida” asarida pul xakida muxim - ilmiy nazariy fikrlar bayon qildi.
Per Buagilber xam klassik siyosiy iqtisod namoyondasi sifatida uz iqtisodiy ta’limoti bilan siyosiy iqtisodning shakillanishiga xissa kushdi. U baxoning, ya’ni Qiymat qonunining amaliy ifodasi Iqtisodiyotning mutanosibligi ifodasidan iborat buladi degan ilgor xulosa beraoldi. U birinchi bor uz asarida eski tartiblarni, xaloqatga va revolyutsiyaga olib boruvchi iqtisodiy masalalarni ilgari surdi. Frantsua Kene asos solagan “Iqtisodiy jadval” iqtisodiy fikrlar tarixida ajralib turadi. 1758 yili yaratilgan “Iqtisodiy jadval”da birinchi bor zamonaviy iqtisod tushunchalari makroiqtisodiy taxlilga tatdbik kilindi. Bu buyum (tovar) va pul shaklidagi moddiy Qiymatlar xarakatini makroiqtisodiy soxada kurishga uringan jadvaldir.
Adam Smit asarlarida siyosiy iqtisod uzining ancha yukori taraqqiyotiga erishdi. A.Smit uzining “Tabiat va xalqlar boyligi sabablari xakidagi tadkikot” asari bilan iqtisodiy fanda muxim urinda turadi. A.Smit siyosiy iqtisod predmeti tugrisida ancha chukur tushuncha beraoldi.
Siyosiy iqtisod birinchidan kishilir xoxishidan kat’iy nazar, ma’lum jamiyatda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ayriboshlash, taksimot iste’mol qonunlarini urganadi deb ta’kidlaydi. Ijtimoiy mexnat unumdorligini oshirish sabablarini, turli sinflar O’rtasida ijtimoiy taksimlanishini, hamda buning natijasida kapitalning jamgarmasini amalga oshishni tugri tushuntirib berdi. SHunga asosan siyosiy iqtisodni urganish albatta turli sinflar O’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar bilan boglik ekanligini tushuntirib beraoldi.
Ikkinchidan, uning karashlarida siyosiy iqtisod fani ob’ektiv taxlillar asosida bir kator amaliy vazifalarni xal kilish lozim deb kursatdi. Jumladan iqtisodiy siyosatni berish hamda shu asosda jamiyat a’zolarini kerakli yashash vositalari va daromad bilan ta’minlashi lozimligini takidladi.
Adim Smit uz davrining iqtisodchi mutafakkiri sifatida barjuaziyani progressiv sinf sifatida ko’rdi, shuning uchun xam uning manfatini oldiga surdi.
Klassik siyosiy iqtisodning yana bir namoyondasi David Rikardodir. U iqtisodiy fanda ilmiy tadkikotlar usulini ishlab chikdi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod fani jamiyatning iqtisodiy bazasi xakidagi bilimlar tizimidan iborat bulgan fan deb ta’kidlandi.
D.Rikardoning, jamiyat moddiy boyligini ustirish uchun ishlab chiqarish va taksimot soxalarida optimal shart - sharoitlar vujudga keltirish lozim, degan fikrlari uz davri uchun axamiyatli xisoblanadi.
D.Rikardo uz iqtisodiy merosida Qiymatning mexnat nazariyasini yaratdi. U kapitalistik jamiyatni urganishda jamiyat a’zolarining munosabatlari bir-biriga qarama-qarshi jamligini takidladi. SHu asosda u uzidan avvalgi iqtisodchi olimlarga nisbatan sistemalashgan, juda ilgor siyosiy iqtisodni yaratishga muvaffak buldi. D.Rikardo ilmiy merosidan klassik siyosiy iqtisodning kuyidagi sisetemalashgan yakkol sezish mumkin. Unda asosan barcha iqtisodiy xodisalar va jarayonlarni taxlil kilishda ilmiy abstraktsiya usulidan foydalanish, siyosiy iqtisod fanini rivojlanishi Qiymatning mexnat nazariyasi asosida borishi, ishlab chiqarish hamda taksimot ma’lumotlarini sinfiy nuktai - nazaridan urganishi, ishlab chiqarish soxasidagi inkirozlarni inkor kilishi, iqtisodiy siyosatda savdo erkinligini ta’minlash zarurligini ta’kidlash omillari ilgari surilgandir.
Demak, klassik siyosiy iqtisod iqtisodiy fikrlar tarixida juda muxim uringa egadir. Unda usha davrning ilgor, ilmiy iqtisodiy fikrlari va ayni vaktda, tarixan cheklanganliklari uz ifodasini topgadir.
SHveytsariya iqtisodchisi Jan Sharl Leonard Simond de Sismondi mayda mulkdorlar siyosiy iqtisodi asoschisi sifatida siyosiy iqtisod tarixi rol uynaydi.
Sismondning siyosiy iqtisodining asosiy okimlaridan chetda turib, mayda ishlab chiqarishning kizgin tarafdori bulganligi, yirik soxibkorlik ximoyachilari va ideologiyalariga qarshi turganligi xarakterlidir.
Sismondi uz asarlarida mexnatkash xalqka xayrixoxlik bildirib, dolzarb ijtimoiy muammolar echimlarini izladi. Kapitalizmni sanoat revolyutsiyasi davrida birinchi bulib chukur ttankid qildi. Kapitalzmni ijtimoiy tizim va iqtisodiy mexanizm yunalishida tankid kilar ekan, kapitalizmning ziddiyatlari va muammolari, ayniksa krizisni mayda burjuaziya nuktai nazaridan taxlil qildi.
Sismondi kapitalistik tuzimning abadiy va tabiiyligi tugrisidagi nazariyaga qarshi chikdi. Sismondi kapitalizmning ancha yukori rivojlangan tizim bilan almashishini ta’kidlab siyosiy iqtisodni boylik va uni kupaytirish usullari tugrisidagi fan degan firklardan farkli ularok birinchi bulib, kishilik baxt-saodati yulida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirish xakida fan deb tushundi. Proletariat tushunchasi orkali mexnatkash ommaning ogir takdiriga hamdardlik bildirdi. Lekin u uz karashlarida A.Smitdan ilgarilab keta olmadi. Uz karashlarida eski tartiblarni saklab, boylik bir xovuch kishilar kulida tuplanishiga qarshi chikdi. U jamiyat kelajagi proletariat va kapitalistlar O’rtasidagi mayda tovar ishlab chikaruvchilarda deb bildi. Xullas, Sismondi mayda ishlab chiqarish tarafdori, ximoyachisi va targibotchisi edi.
Ayrimlar Iqtisodiyot nazariyasi fanidan moddiy xayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayriboshlashni boshkarish qonunlari tugrisidagi fan deb kursatadilar.
AQSH dan boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan “Ekonomiks” darsliklaridan bu fanning predmeti kishilarning moddiy talablarini tularok kondirish maksadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini taxlil kilish, kishilarning iqtisodiy xulk-atvorini urganishdan iborat deb kursatilagan. Bundan xulosa kilish mumkinki, Iqtisodiyot nazariyasi fani uz predmeti, muammolari bilan “Ekonomiks” fanidan xam fark kiladi.