15-Mavzu: Yalpi talab va yalpi taklif. Iste’mol jamgarish va investitsiyalar.
YAlpi talab va yalpi taklif va ular darajasiga ta’sir etuvchi omillar.
Iste’mol va jamgarmaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning uzaro boglikligi.
Jamgarmaning moxiyati, omillari va samaradorligi.
Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
1. YAlpi talab va yalpi taklif va ular darajasiga
ta’sir etuvchi omillar.
YAlpi talab - bu, tovarlar bozorida taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlarga bulgan talablarning jamidir. YAlpi talab mamlakat Iqtisodiyotidagi yalpi ishlab chiqarish bilan iqtisodiy sub’ektlarning talabi hamda baxolar umumiy darajasi O’rtasidagi bog’liklikni ifodalaydi. YAlpi talabning usishi maxsulot ishlab chiqarish xajmi va ish bilan bandlikni rag’batlantiradi, baxolar darajasiga zarur mikdorda ta’sir etadi.
YAlpi talabning tuzulishi kuyidagicha:
iste’mol tovarlari va xizmailariga bulgan talab;
investitsiya tovarlariga bulgan talab;
davlatning tovarlar va xizmatlariga bulgan talabi;
chet elliklarning mamlakat eksportiga talabi.
MakroIqtisodiyotda yalpi talab darajasiga ikki omil ta’sir etadi, ya’ni pul taklifi va uning aylanish tezligi. YAlpi talabga ta’sir etuvchi omillar aksariyati uy-xujaliklari iste’mol tovarlari xarajatlari, davlat xarajatlari, sof eksport, iste’molchilar turmush darajasi, soliklar va ularning darajasi, imtiyozlar, valyuta kurslari xarakatidagi tebranishlar, Tashqi bozorlardagi uzgarishlar hamda boshkalar aynan pul taklifi va uning aylanishi tezligi ta’sirida namoyon buladi.
YAlpi taklif - yakka takliflar yig’indisidir. YAkka takdif sotuvga chikarilgan barcha pirovard va xizmatlar pul ifodasining umumiy xajmidir.
YAlpi taklifga ta’sir etuvchi omillar kuyidagilardan iborat:
texnologiyadagi uzgarishlar,
resurslar baxolari,
soliklar va boshkalardir.
Omillarning sifati ma’nosida ish kuchining kasb, maxorat darajasi va ishlab chiqarish texnologiyasi tushuniladi. Iqtisodiy resurslar sifati ularning unumdorligi, muayyan vaktda xar bir omil birligi uchun yaratilgan maxsulot mikdori bilan xarakterlanadi. YAlpi talab va yalpi taklif talab va taklifning mexaniq tarzdagi oddiy yakka mikdorlarining yig’indisi bulmay, balki yangi sifat kategoriyasi shaklida bulib, milliy Iqtisodiyotning xususiyati va aloqalarini, tuzulishini tula detallashtirish, tarakkiyot qonuniyatlarini aniqlashga olib keladi.
SHunday kilib, makroIqtisodiyot xar bir xodisa, kategoriyaning O’rtacha mikdorini ifodalovchi kursatkich xisoblanadi. MakroIqtisodiyot jon boshiga tug’ri keladigan tovar, mexnat unumdorligining O’rtacha darajasi xar bir oilaga O’rtacha tug’ri keluvchi daromad va xakozolarni davr, vakt mobaynidagi uzgarishi taxlil ob’ekti xisoblanadi. Talab va taklif esa, kishilar extiyojini kondirishi uchun xizmat kiluvchi omil xisoblanadi. Kishilarda extiyoj bulsa, u talab kiladi va uz o’rnia sotuvchi xam xar xil tovarlarni taklif kiladi.
MakroIqtisodiyot shu ikkalasining balansini olib, turadi.
Biz “Uz-DEU”avto kompaniyasi misolida sof eksprortni kurishimiz mumkin. Agar avtomobilni detallarining 70% Koreyadan keltirilsa va kolgan 30% O’zbekistonda yaratilsa, Koreyadan keltirilgan detallar Qiymati Koreya xarajatlariga kiritilib, O’zbekiston uchun 30% ga teng Qiymat xisob-kitob kilinadi. SHu avtomobilni chet davlatga eksport kilinsa 70% Koreya uchun kolgan 30% esa O’zbekiston uchun kayd kilinadi. Bu 30% mamlakatning sof eksproti xisoblanadi va sof eksport xisobida kayd etiladi.
Daromadlar okimi, bo’yicha xisob-kitobda bozor baxosi asosidagi kursatkich egri soliklar kushib xisoblaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |