2. Tovar va uning xususiyatlari. Tovar Qiymatining mikdori va unga ta’sir etuvchi omillar.
Oldi-sotdi uchun yaratilgan maxsulot tovardir. Tovar oldi-sotdi jarayonida ishtirok etib, tovar ishlab chiqaruvchilarning ayriboshlash munosabatlarni amalga oshiradi. Tovar avvalo maxsulot, buyumdir. U uzining fizik, ximik, organiq, estetik xususiyati bo’yicha xar kanday maxsulot buyumdan fark etmaydi. Tovarning bu xususiyatlari tovar ishlab chikarruvchilar O’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda ifodalanadi. Aynan shu munosabatlarsiz maxsulot tovar bula olmaydi. Demak tovar oldi-sotdi ob’ekti bulib, ijtimoiy vazifani amalga oshiradi.
Maxsulotning tovar shakli ma’lum vaziyatlarda amalga oshadi. Jumladan, avvalo, ayrim maxsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turli ishlab chikaruvchilar O’rtasida bir-birlari bilan mexnat maxsulotlarini ayriboshlash zarurligidir. Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositasi ishlab chikaruvchining mulkidir. Demak, uchinchidan, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy aloxidaligi tufayli bir birlari bilan maxsulot ayriboshlashi oldi sotdi jarayonidagi maxsulotga tovar shaklini beradi. Tovar Tashqi kurinishidan turli ta’sirlarni aks ettiruvchi buyum bulib, uz tabiatiga, shakliga nisbatan boy xususiyatga egadir. Tovar uzining nazariy mazmuniga kura absolyut kambagal va mavxum iqtisodiy kategoriyadir.
Buyumning moddiy xususiyatlari insonlar extiyojlarini ta’minlash bulib, uni foydali kiladi. Buyumning foydaliligi uni iste’mol Qiymatini yaratadi, iste’mol Qiymati buyum ishlatadigan(iste’mol kilinganda) ruyobga chikadi. SHuni ta’kidlash lozimki, “foydalilik” va “iste’mol Qiymati” turlicha tushunchalardir. Foydalilik uzida namoyon kilingan iste’mol Qiymatidir. Iste’mol Qiymati, bu foydalanilgan, amalga oshirilgan yoki foydalilikning iste’molidir.
Iste’mol Qiymati foydalilik bulib, buyumning moddiy xususiyatlaridan ajralgan emas, balki unga mosdir. Buyumning iste’mol Qiymatini yaratuvchi tabiiy kuchlar va inson mexnatidir, kaysiki, buyumni uz xoxishiga kura uzgartiraoladi va bu yulda tabiat kuchlaridan xam foydalanadi. Iste’mol Qiymati tovarni vujudga keltirgan mexnatning foydali shakli va inson extiyoji, uning tuzilishi va xajmining tovar xususiyatlari bilan aloqasini anglashga olib keladi. SHunday kilib, tovarning iste’mol Qiymati ikki xil usul bilan boglik bulgan munosabatdir. Ikkinchidan, tovarning butun xususityalari majmuasi bilan inson etiyojlari O’rtasidagi munosabatlardir.
Barcha tovarlar iste’mol Qiymati xususiyatlariga kura ikki katta guruxga bulinadi: ishlab chiqarish buyumlari va shaxsiy iste’mol buyumlari. Agar birinchi guruxdagilar ishlab chikaruvchi kuchlarning moddiy-ashyoviy elementlarni takror ishlab chiqarishga ishtirok etsa, ikkinchi guruxdagilar bevosita ishlab chiqaruvchilarning ish kuchini takror ishlab chiqarishda va boshka jamiyat a’zolari iste’molida ishlatiladi. Ayrim tovarlarning iste’mol Qiymati ayrim xollarda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishda ishtirok etasada, ayrim xollarda iste’mol buyumlari guruxida ishtirok etishlari mumkin. Masalan, un, shakar va boshkalar.
Bunday iste’mol Qiymatlari uzlarining pirovard ishlatilishiga muvofik u yoki bu guruxga taallukli buladilar. Tovarning iste’mol Qiymati ma’lum iqtisodiy munosabatni tovar ishlab chikaruvchilar O’rtasidagi ayirboshlash munosabatini yurutuvchi bulib ishtirok etadi va tovar insonning ma’lum extiyojlarini ta’minlovchi maxsulot sifatida ishtirok etadi.
Mikdor jixatidan tovar almashuv Qiymati Tashqi tomonidan tasodifiy va fakat nisbiy son shaklida namoyon bulsada, insonlar kundalik xayotlarida bir tovarni ikkinchisiga ayirboshlashida barcha tovarlar uchun umumiy bulgan ayirboshlash Qiymati mavjud emasligi aks etadi. Ayirboshlash, albatta, tovarlar O’rtasida uzaro tenglikni, ulchovni takozo etadi. Bu xolat, uz navbatida, ayirboshlanadigan tovarlarning bir xil bulishini takozo etadi. Ular bir xil kattalikka, xajmga, mikdorga ega bulishlari, ya’ni ikkala ayirbosh kilinadigan tovarning umuiy ulchovlarini aks ettiruvchi kandaydir uchinchi tovarga mos munosabatni talab etadi.
Ana shu xususiyatni izlash tovarlardagi fark kiluvchi xususiyatdan kat’iy nazar, umumiy bulgan xususiyatni izlashni ilgari suradi, agar biz tovarlarni iste’mol xususiyatlarini xisobga olmasak, ular mexnat maxsuli bulgan buyum ekanligi kuz ungimizda gavdalanadi. Bu mexnat maxsuli bulgan tovar turli konkret shakillaridan kat’iy nazar abstrakt mexnat natijasi ekanligi namoyon buladi. SHunday kilib, tovarlarning iste’mol Qiymatlarini shartli ravishda xisobga olmasak, ularda sarf bulgan mavxum mexnat shakillanadi. Mavxum mexnat tovardagi Qiymatni ifoda etadi. YUkoridagilardan xulosa kilib aytganda, tovarning iste’mol Qiymatini yaratuvchi mexnat xar doim konkret aniqdir, ayni vaktda, maskur mexnat konkretlikdan maxrum etilgan bulib, kiumatning asosi va substantsiyasi (moxiyati) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |