4.Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar sarflarining ikkinchi tarkibiy kismi xisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi xajmiga sezlarli ta’sir kursatadi; milliy Iqtisodiyotdagi kuplab mutanosibliklar uning usish sur’atiga boglik buladi. Investitsiyalar mamlakat mikiyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o’bektlari kurish, stanok, uskuna va shu kabi uzok muddatli foydalanadigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan boglik sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar-asosiy va aylanma kapitalni kupaytirishga, ishlab chiqarish kavvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi kuyilmadir. U pul mablaglari, bank kreditlari, aktsiya va boshka kimmatli Qogozlar kurinishida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni ruyobga chiqarish bo’yicha amaliy xarakatlar -investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs-investor deyladi.
Investitsiya faoliyati kuyidagi manbalar xisobiga amalga oshirilishi mumkin;
-investorlarning uz moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamgarmalari va x.k.);
-karz olingan moliyaviy mablaglar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
-jalb kilingan moliyaviy mablaglar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablaglar, jismoniy va xukukiy shaxslarning pay va boshka tulovlari);
- byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.
1998yil O’zbekistonda investitsion kuyilmalarning 49,2%ni korxonalarning uz moliyaviy mablaglar xisobiga, 24,2%ni byudjet mablaglari xisobiga amalga oshirilgan.
Investitsiyalarning manbalaridan biri axoli keng katlamlari (ishchilar, ukituvchilar, vrachlar va boshkalar)jamgarmasi xisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamgarma xujalik yurituvchi bir gurux tomonidan amalga oshiriladi, investitsiyalar esa shaxslar yoki xujalik yurituvchi sub’ektlarning butunlay boshka guruxi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Uz-uzidan aniqki, investitsiyalar manbai bulib Iqtisodiyotda faoliyat kiluvchi sanoat, kishlok xujalik va boshka korxonalar foydasi xam xisoblanadi. Bu erda “jamgaruvchi” va “investor” bir-biriga tugri keladi.
O’zbekistonda kapital kuyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991yildagi 24% dan, 1998yil 40,6% ga etgan.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil aniqlaydi;
1. Tadbirkorlar investitsiyalarga sarflardan olish kuzda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va2. Foiz stavkasi.
Investitsiyalarga kilinadigan sarflarning xarakatlantiruvchi motivi foyda xisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini kachonki ular foyda keltiradigan bulsa, sotib oladi.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi xisoblanadi. Foiz stavkasi bu- real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bulgan band kilingan pul kapitaliga korxona tulash zarur bulgan pul mikdori xisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi(10%)foiz stavkasi (7%)dan ortik bulsa investitsiyani amalga oshirish maksadga muvofikbuladi. Aksincha foiz stavkasi (aytaylik, 12%)kutilayotgan sof foyda normasi (10%)kup ortik bulsa investitsiyalash samarasiz xisoblanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashkari boshka kuyidagi omillar xam ta’sir kursatadi.
1. Mashina va uskunalarni xarid kilish, ishlatish va ularga xizmat kursatish xarajatlari.
2. Tadbirkorlardan olinadigan solik mikdori.
3. Texnologik uzgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |