Importga ta`riflar va ularning ishlab chikaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri
Xalkaro savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bo`lib tarif, ya`ni importga solinadigan bojxona boji xisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farklanadi. Maxsus bojlar import kilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro.
Advalar bojlar import kilinayotgan tovar kiymatiga nisbatan ma`lum foiz tarikasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Xar ikkala turdagi import tariflarning okibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz kuyidagi grafik vositasida ko`rib chikamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy kilingunga kadar ichki ishlab chikarish xajmi S1, ichki talab xajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi fark (D1-S1) import xisobiga koplangan. Mamlakat iktisodiyoti yopik bo`lganida baxolar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuktada o`rnatilgan bo`lar edi. Mamlakat iktisodiyoti ochik bo`lgani va importga cheklovlar yo`kligi tufayli milliy bozordagi narxlar jaxon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy kilinishi natijasida ichki baxolar Rw dan Rd ga kadar ko`tariladi. Natijada:
Import kilinadigan tovarning ichki baxosi = Jaxon bozoridagi baxosi +(Jaxon bozoridagi baxosi x Tarif stavkasi).
P
Sd
Pd Ichki narx (tarif bilan birga)
Pw a b c d jaxon bozori narxi
Dd
Tariflar joriy kilingandan keyingi import
S1 S2 D2 D1 Q
Tariflar joriy kilingunga kadar bulgan import
1-chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari
Okibatda ite`molchilar ma`lum bir yo`kotishlarga duch keladilar. Bu yo`kotishlar grafikda a,b,c,d soxalar bilan ko`rsatilgan.
Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1 dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a soxaga teng yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab chikaruvchilarning o`sgan foydasiga aylanadi.
Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli xajmini D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan ko`rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan koplanmaydi.
S2- D2 oralik tarif joriy kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni iste`molchilar ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda s soxa bilan belgilangan bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. YA`ni, bu soxadagi iste`molchilarning yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi.
Tarif kiritilishi okibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan kimmat ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chikarishni kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish v soxasi bilan belgilangan bo`lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va xech kimning foydasi bilan koplanmaydi.
Iste`molchilarning yo`kotishlari
|
Ishlab chikaruvchilar foydasi
|
Davlat daromadi
|
Jamiyatning sof
yo`kotishi
|
a + b+ c + d --
|
a --
|
s =
|
b + a
|
Demak, iste`molchilarning a soxadagi yo`kotishlari ishlab chikaruvchilar foydasining o`sishi xisobiga koplanadi. Ayni damda iste`molchilar shu tarmok korxonalari aktsiyadorlari bo`lishsa, ular yo`kotishlarining bir kismi o`sgan dividentlar sifatida kaytadi.
«s» soxada davlat olgan daromadini transfert to`lovlarini oshirish, soliklarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish xakini oshirishi ko`rinishida iste`molchilarga kaytarishi mumkin.
Ammo «b» K «d» soxalarda jamiyat sof yo`kotishga duch keladi. Valyuta kursi o`zgarishi bu yo`kotishlarni bir oz koplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga kimmatlashsa import kilinayotgan tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki baxosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi okibatida jamiyatning sof yo`kotish «b» va «d» soxalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 k 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo`lib, bu tadbir mamlakat iktisodiyoti xolati, xususiyati va ko`yilgan maksadlar bilan asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |