Jami asosiy vositalar 305 569 002
100,0
356 805
511
100,0
+51 236
509
Shu jumladan:
-aktiv asosiy
vositalar
• aktiv asosiy
vositalar
195 564 161
64
226 571
500
63,5
+31 007
339
-0,5
-passiv asosiy
vositalar
110 004 841
36
130 234
011
36,5
+20 229
170
+0,5
Biz tahlil qilayotgan «Farg`onaazot» OAJida 2013-yilda jami 305 569 002 ming
so`mlik asosiy vositasi bo`lib, shundan, 63,5 % aktiv asosiy vositalar va qolgan 36,5
% passiv asosiy vositalar bo`lib hisoblanadi. 2013-yilda o`tgan yilga nisbatan
bevosita ishlab chiqarishda ishtirok etadigan, ya`ni aktiv asosiy vositalar salmog`i 0,5
% ga pasayganligini , bunga mos ravishda passiv asosiy vositalar salmog`i esa 0,5 %
ga ortganligini ko`rishimiz mumkin va buni salbiy holat sifatida baholaymiz. Asosiy
vositalarning o`tgan yilga nisbatan mutloq o`zgarishi +51 236 509 ming so`mni yoki
14,4 foizni (51 236 509/356 805 511* 100) tashkil etgan. Tahlil etishda jami asosiy
vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho beriladi va o`zgarishlari
o`rganiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada
ta`minlanganligini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho
berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Yangi asosiy vositalarning kirimi tufayli, asosiy vositalar ortib boradi.
Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan olib tashlash tufayli asosiy vositalar
kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarning ro‘y berishi natijasida asosiy
vositalarning texnik holatini tahlil etishimizni taqozo etadi. Asosiy vositalarning
texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
asosiy vositalarning eskirish darajasi;
asosiy vositalarning yangilanish darajasi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tartibda
aniqlanadi:
*100
Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tartibda
aniqlanadi:
*100
Asosiy
vositalarning
yaroqlilik
va
eskirish
koeffitsiyentlari
yig‘indisi
koeffitsiyentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab, ularning texnik holatiga baho
beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda, korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy
vositalarning ma`naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib tashlangan va
konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e`tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha
o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma`lumotlar 1shakl «Buxgalteriya balansi» va
3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi» hisobot shakllaridan olinadi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlari bilan
to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: