Bunda:
K
f.t
– xodimlarning asosiy vositalar bilan ta`minlanganligining koeffitsiyenti;
Av
i
– asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati;
Is – eng katta smenadagi ishchilar soni.
Tahlil qilish uchun 3-shakl moliyaviy hisobot va 1-T shakl statistik hisobotdan
ma`lumotlar olinadi. Agar korxona bir smenada ishlasa, eng katta smenadagi
ishchilar soni buxgalteriyadan yoki ish haqi berilgan maosh oluvchilar ro`yxatlaridan
olinadi, chunki hisobotda ular bo`lmasligi mumkin. Agar ish bir smenada tashkil
qilingan bo`lsa, barcha asosiy ishlab chiqarishda band bo`lgan xodimlar olinadi.
Texnik ta`minlanganlik koeffitsiyenti (K
t.t
) ishlab chiqarish uskunalari
summasining (ya`ni asosiy vositalar aktiv qismining) eng katta smenadagi ishchilar
soniga nisbati sifatida hisoblanadi va quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
Is
I
K
us
t
t
.
.
(1.2.14)
Bunda:
K
t.t
– texnik ta`minlanganlik koeffitsiyenti;
I
us.
– ishlab chiqarish uskunalari summasi.
Bu koeffitsiyentlar yil uchun va muayyan sanaga hisoblanishi mumkin. Yil
uchun hisoblanganda asosiy vositalar va ishchilar soni haqidagi o`rtacha yillik
ma`lumotlar olinadi.
Ishlarning
mexanizatsiyalashganlik
koeffitsiyenti
mexanizatsiya
orqali
bajarilgan ishlarga sarflangan vaqtning umumiy sarflangan vaqtga nisbati sifatida
aniqlanadi.
Mavjud hisobotda hozircha mexanizatsiya yo`li bilan bajarilgan ishlarga
sarflangan vaqt, mehnati mexanizatsiyalashgan yoki qisman mexanizatsiyalashgan
xodimlar soni haqidagi ma`lumotlar keltirilmagan. Shuning uchun mehnat
mexanizatsiyasi koeffitsiyentlarini hisoblash uchun ma`lumotlar tanlanib, kuzatish
yordamida yoki uni ekspertlar orqali aniqlash mumkin.
Asosiy vositalar bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichlarini o`tgan yil va qator
yillar bilan taqqoslab, o`zgarishlar qonuniyatlari, ishlab chiqarish dasturining
bajarilishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi va qo`l mehnati erkinlashishiga ta`siri
haqida tegishli xulosalar chiqarish mumkin.
Asosiy vositalardan (Av) foydalanish samaradorligi darajasidan umuman
ishlab chiqarish samaradorligi kelib chiqadi. Asosiy vositalardan qanchalik ko`p
foydalanilsa, shunchalik ko`p mahsulot chiqariladi, uning tannarxi arzonlashadi,
mehnat samaradorligi, foyda va rentabellik yuqori bo`ladi.
Aylanma
mablag`larning
kunlarda
ifodalangan
miqdorini
hisoblash,
buxgalteriya hisoboti ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bu ko`rsatkich
korxonaning ishlab chiqarish dasturini bajarish chog`ida aylanma mablag`lar necha
kunga yetishini ko`rsatadi.
Biroq ushbu aylanma mablag`lardan hisobot davrida emas, balki keyingi
davrda foydalaniladi. Shu sababli, aylanma mablag`larning asl summasini keyingi
chorakda mahsulot ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlarga taqsimlash
kerak. Bu ko`rsatkichni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: