Nazorat savollari:
Soliq tushunchasi qachon paydo bo’lgan?
Soliqlar deb nimaga aytiladi?
Boshqa majburiy to’lovlar deganda nimalar tushuniladi?
Soliq munosabatlarini tushuntiring?
Soliq tizimi asoslari fanining predmeti nima?
Soliq tizimi asoslari fanining maqsadini tushuntiring?
Soliq tizimi asoslari fanining vazifasi nima?
Soliq tizimi asoslari fani qaysi fanlar bilan aloqador?
Soliq tizimi asoslari fanining Buxgalteriya hisobi fani bilan o’zaro aloqasini tushuntiring?
Soliqlarni paydo bo’lishini tushuntirib bering?
Soliqlarni undirish shakllarini davrlar nuqtai-nazaridan yoriting.
Soliqlarni rivojlanish bosqichlari qanday belgilariga ko’ra bir-biridan farq qiladi?
Jamiyat taraqqiyoti bilan soliqlarning rivojlanish bosqichlari uzviyligini asoslab bering?
Markaziy Osiyo hududida soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Arablar istilosi davrida qanday soliqlar undirilgan va ularning xususiyatlari nimalardan iborat?
IX-X asrlarda Markaziy Osiyoda yerga egalik munosabatlari qay tarzda tashkil etilgan va soliqqa tortilgan?
Mo’g'ullar istilosi davrida qanday soliqlar undirilgan va ularning xususiyatlari nimalardan iborat?
2-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA SOLIQ-BYUDJET SIYOSATI VA SOLIQ TIZIMINING XUSUSIYATLARI.
Reja:
Soliq tizimi haqida tushuncha va uning turkumlanishi.
Fiskal siyosat tushunchasi.
Soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari.
Ma’lumki har bir davlatning nufuzi va qudratini soliqlar asosida shakllantirilgan davlat budjeti, xususan uning moliya tizimi tashkil etadi. Mamlakatimiz mustaqilligi qo’lga kiritilgandan so’ng barcha sohalarda bo’lgani kabi soliq sohasida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, davlatning moliyaviy tizimini mustahkamlash orqali, davlatning budjet tizimi mexanizmini yaratish, erkin xususiy tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish, bozor munosabatlariga javob beradigan mustahkam iqtisodiy ishlab chiqarish tizimini yaratishdan iborat.
Soliqlar davlat budjetini to’ldiruvchi asosiy elimentlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun soliqlarga davlat budjetining daromad qismini shakllantiruvchi, eng muhim bo’lgan umumdavlat vazifalarini hal etish uchun zarur miqdordagi mablag’ni jamlantiruvchi tizim sifatida qarash lozim. Soliq tizimi aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy siyosat bo’lishi bilan birgalikda yalpi milliy mahsulotning bir qismini qayta taqsimlaydi hamda shu tarzda iqtisodiyotning va ijtimoiy hayotning tarkibiy tuzilishini o’zgartirishda, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etadi.
Shu ma’noda mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Soliq tizimining eng muhim vazifasi – ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga pag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir”-deb bejiz ta’kidlamaganlar. Shu tufayli mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishga iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida hamisha katta e’tibor berilib kelinmoqda.
Soliq tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad – korxonalar zimmasidagi soliq, yukini yengillashtirilishi orqali ishlab chiqarishni jonlashtirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Bu mamlakatimizning soliq siyosati bilan amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Zero, har qanday mamlakatning soliq siyosati o’ziga xosligi bilan ajralib turadi, chunki har bir davlatning iqtisodini yuksalishi, o’sish sur’ati, aholisining faravonligi, investitsiya qilish qudrati unda joriy qilingan soliqlarning umumiy miqdori, yukining qay darajadaligiga bog’liq. Bularni belgilash va amalga oshirish mamlakatda olib borilayotgan soliq siyosatiga bog’liq. Shu jihatdan O’zbekistonning soliq siyosati ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini to’rt bosqichga bo’lib o’rganish mumkin.
“Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozim. Shunga erishmog’imiz kerakki, har bir soliq to’lovchi, u hoh jismoniy shaxs, hoh yuridik shaxs bo’lsin, soliq to’lashdan bo’yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha o’z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin.”
I.A.Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |