3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiyotni
liberallashtirish va keskin raqobat sharoitida har bir korxonaning muvaffaqiyatli
faoliyat ko‗rsatishi uning jamoasi, personalni malakasi, bilim va tajribasi,
tashabbuskorligi, intizomliligi, mas‘uliyatiga bog‗liq bo‗lib qoladi. Bozor
munosabatlari ancha ilgari shakllangan mamlakatlarda korxona personallarida bu
va
boshqa
sifatlarni
qaror
toptirish
va
rivojlantirishga
boshqaruvni
takomillashtirish hisobiga erishilishi ko‗pdan buyon yaxshi ma‘lum.
Inson omilini faollashtirish, respublikamiz kadrlar salohiyatini rivojlantirish,
undan oqilona foydalanish – rivojlanish yo‘lidan borayotgan mustaqil
mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy hayotida muhim strategik ahamiyat
kasb etuvchi vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
Bu shart – sharoit korxona va tashkilotlarda personalni boshqarishning yangi
andozasini shakllantirishni taqazo etadi
Ushbu maqsaddan kelib chiquvchi birinchi darajali vazifalar qatorida
iqtisodiyot tarmoqlarini, malakali kadrlar bilan ta‘minlash, hozirgi zamon
demokratiyasi va bozor sharoitida samarali ishlashga qodir bo‘lgan omilkor
mutaxasislar bilan to‘ldirish, personalni samarali boshqarish tizimini shakllantirish
masalalari alohida e‘tiborga loyiq.
Ma‘lumki, kadrlar tayyorlash masalasi va uning ahamiyatini mamlakatimiz
Prezidenti I.A.Karimov g‗oyat teran ta‘riflab bergan: ―Biz oldimizga qanday vazifa
qo‗ymaylik, qanday muammoni echish zarurati tug‗ilmasin, gap oxir-oqibat,
baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‗asiz aytish
mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o‗rnimizga kim
kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‗liq‖
1
Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonida personalni boshqarish strategiyasini
ilmiy asosda ishlab chiqishning ahamiyati beqiyosdir. Ko‗p yillik tadqiqotlar
hozirgi sharoitda iqtisodiy o‗sishning asosini personal: ishchilar, mutaxassislar,
1
KarimovI.А. Bizkelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan.- 7 tom. Т.: ―O‘zbekiston‖, 1999.391-bet.
4
xizmatchilar, rahbarlar mehnati, malakasi, izlanuvchanligi, salohiyati tashkil etadi.
Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarishda inson omili hal qiluvchi
ahamiyatga egadir. Albatta inson omilini xarakatga keltiruvchi kuch – bu ozodlik,
va baxt-saodatdir.
Albatta inson omilini xarakatga keltiruvchi kuch – bu ozodlik, va baxt-
saodatdir. Bu borada respublikamiz PrezidentiI.A.Karimov: «Xalqlarning ozodlik,
mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o‗z taqdirini o‗zi belgilashga azmu
qarori hayotdagi chuqur o‗zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir»
2
, deb
ta‘kidlaydilar.
Personalni ham ozod, mustaqil ish olib borishga intilishi korxonadagi ulkan
o‗zgarishlarga turtki bo‗ladi. Buning uchun esa personalni oqilona boshqarish talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: