Nazorat savollari:
Dinamika qatori, uning qanday turlari mavjud?
Dinamika qatori ko’rsatkichlari, ularni hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Bazisli va zanjirsimon usulning mohiyatini aytib bering?
Dinamik qatorda o’rtacha miqdorlarni qanday hisoblash mumkin?
Dinamik qatorda o’rtacha o’sish sur’atlarini hisoblash?
Momentli dinamika qatori qanday tuziladi?
Davriy dinamika qatorining xususiyatini aytib bering?
Mutlaq qo’shimcha o’sishni hisoblash qanday amalga oshiriladi?
O’sish sur’atini hisoblash formulasini aytib bering?
10. O’rtacha yillik o’sish sur’atini hisoblashni tushuntirib bering?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdullayev Y.A. Teoriya statistiki: Uchebnik. / Ye.A. Abdullaev, U.U. Azizov, Z.X. Toshmatov, M.M. Ikramov; - T. “Iqtisod-Moliya”, 2021. - 456 s.
Holmes Alexander, Illowsky Barbara, Dean Susan. Introductory Business Statistics.OpenStax, Rice University,6100 Main Street MS-375, Houston, Texas, USA, 77005, 2018
James T. McClave, Terry Sincich. Statistics. Thirteenth edition global edition. Pearson Education Limited, Hudson Street, NY NY 10013, 2018
Shodiev X. va Xabibullaev I. Statistika.Darslik. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2019.-454 b.
Soatov N.M., Ayubjonov A.H. Statistika nazariyasi: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 374 b
Soatov N.M., Nabiev X., Ayubjonov A.H. Amaliy statistika: Darslik. – T.: “Iqtisodiyot”, 2020.- 298 b.
.
10-ma’ruza. Iqtisodiy indekslar
Reja:
Iqtisodiy indekslar, uning mohiyati.
Alohida indekslar.
Yig’ma (agregat) indekslar.
Hududiy indekslar.
Indekslar o’rtasidagi bog’liqlik.
Tayanch iboralar: Indeks, iqtisodiy indeks, alohida va agregat iqtisodiy indekslar, dinamik iqtisodiy indekslar, hududiy iqtisodiy indekslar, analitik iqtisodiy indeks, o’zgaruvchan tarkibli iqtisodiy indeks, o’zgarmas tarkibli iqtisodiy indeks, tuzilmaviy siljishlar iqtisodiy indeksi, o’rtacha agregat iqtisodiy indeks, miqdor iqtisodiy indeks, baho iqtisodiy indeks, tannarx iqtisodiy indeksi, vaqt sarfi iqtisodiy indeksi, mehnat unumdorligi iqtisodiy indeksi, qiymat iqtisodiy indeksi, sarf-harajat iqtisodiy indeksi.
Indeks so’zi lotincha “index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’nolarni bildiradi. Indekslar pirovard natijada nisbiy ko’rsatkichlar bo’lsada, ammo ular nisbiy va mutlaq miqdorlarning yagona birligida gavdalanadi. Shuning uchun ham indekslarni hisoblash natijalariga asoslanib, hodisa o’zgarishining nisbiy miqdori bilan bir qatorda, bu o’zgarishning mutlaq qiymatini ham aniqlash mumkin.
Indekslar ijtimoiy-iqtisodiy tahlillarda hodisalar o’zgarishlarini umumlashtirib ta’riflovchi qurol sifatida keng qo’llaniladi. Aynan shu xususiyatlari bilan ular nisbiy miqdorlardan tubdan farq qiladi.
Indekslar yordamida umumo’lchovga ega bo’lmagan turli xildagi masalalar yechiladi:
murakkab to’plamlarning ikki va undan ortiq davrlar ichida o’rtacha o’zgarishi aniqlanadi;
murakkab to’plamlar bo’yicha shartnoma va davlat buyurtmalarining o’rtacha bajarilish darajasi hisoblanadi;
murakkab to’plamlarning turli ob’ekt yoki hududlar miqyosidagi o’zaro nisbatlari aniqlanadi;
murakkab to’plamlar o’rtasidagi bog’lanish kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi.
Qayd qilingan vazifalarni bajarishga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) dinamika indekslari;
b) shartnoma va davlat buyurtmalari bajarilishi indekslari;
v) o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli, tuzilmaviy siljishlar indekslari;
g) hududiy indekslar;
d) analitik indekslar.
Dinamika indekslari ikki va undan ortiq davrlar ichida o’rganilayotgan hodisalarning haqiqatda qanday o’zgarishini ifodalaydi.
Shartnoma va davlat buyurtmalari bajarilishi indekslari, birinchidan, korxona bilan korxona o’rtasidagi shartnomalarning, ikkinchidan, korxonalar tomonidan davlat buyurtmalarining haqiqatda qay darajada bajarilganini belgilaydi.
Hududiy indekslar turli ob’ekt yoki hududlarga tegishli iqtisodiy hodisalarning o’zaro nisbatini ko’rsatadi.
Analitik indekslar yordamida turli unsurlardan tashkil topgan murakkab iqtisodiy hodisalarning umumiy o’zgarishlari, ularning shakllanishida ayrim omillarning roli aniqlanadi.
Indekslar murakkab hodisaning ayrim unsurlari uchun ham, umuman murakkab hodisa uchun ham hisoblanishi mumkin. Shunga qarab ular alohida va umumiy (agregat) indekslarga bo’linadi. Alohida indekslar mohiyati jihatidan dinamika nisbiy miqdorlariga yaqin bo’lib, o’rganilayotgan hodisa yo miqdori (hajmini) ning, yo bahosi (narxi)ning, yo tannarxining yoki mehnat talabchanlinigining vaqt ichida o’zgarishini tavsiflaydi.
Amaliyotda asosan quyidagi alohida indekslar qo’llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |