4.Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori.
Pul taklifi (Ms) o`z ichiga bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar (S) va zarur bo`lganda (D) iktisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo`lgan depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chikarishda monopol xukukka ega.. Uni amalga oshirish xukuki nisbatan mustakil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “ Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi xududida konuniy to`lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga chikarish mutlak xukukiga ega”*. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki pul yaratish kobiliyatiga tijorat banklari xam ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov vositalari emissiyasini yoki kredit mul’tiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zaxira normasi 20 % ga teng bo`lganda (zaxira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma`lum kismini Markaziy bankda saklab turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zaxiralab, kolgan 1600 so`mni karzga beradi. SHunday kilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga ko`paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. YA`ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so`mdan tashkari yana 1600 so`m karz oluvchilar ko`lida koladi. Agar, 1600 so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo`lgan zaxira normasida u 320 so`mni zaxirada koldirib, 1280 so`mni kreditga beradi xamda shu mikdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so`nggi pul birligidan foydalanishga kadar davom etadi. YAkuniy xisob kitob bank depozitlari jami 10000 schkmga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu jarayonni formula ko`rinishida kuyidagicha yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi xajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga boglik bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortikcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p mikdorini bildiradi.
5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul mul’tiplikatori. Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli xamda pulning bir kismini depozitlardan nakd pullarga okib o`tishni xisobga olgan xolda yoziladi. Bu model bir kator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yukori kuvvatli pullar) – bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saklaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MB=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin:
Cr +1 Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB Cr + rr (Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul mul’tiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul bazasi xisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi. Pul mul’tiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish mumkin: Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1 m = ------------ = ----------- = ------------------- = -------------- MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr mikdori – axolining o`z mablaglarini nakd pullar va depozitlar o`rtasida kanday proportsiyada saklashni tanlashga boglik.
rr = R / D mikdori esa – axolining nafakat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saklab turishni mo`ljallanayotgan ortikcha rezerv mikdoriga xam boglik.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul mul’tiplikatori mikdoriga boglik ekan.Pul mul’tiplikatori pul bazasining bir mikdorga oshishi natijasida pul taklifi kanday o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta`sir etish yo`li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul mikdori ko`payadi, agar:
-pul bazasi o`ssa;
- majburiy zaxiralash normasi pasytirilsa;
- tijorat banklarining ortikcha rezervlari kamaysa;
-nakd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.
Do'stlaringiz bilan baham: |