3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi: transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab);
extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash);
spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz: M/R = f(R)
Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning kuyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi;
2) pulning aylanish tezligi;
3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad xajmi bilan boglasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga boglik deb xisoblanadi.
R
Md=f(R)
M/R Pulning aylanish tezligini xisobga olmaganda, real pul koldigiga talab formulasi kuyidagicha bo`ladi:
(M/P) D =f (R, Y);
Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
CHizikli bogliklikni e`tiborga olsak, kuyidagicha formula xosil bo`ladi: (M/P)D = kY - hR
Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta`sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur`atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o`zgarishi foiz stavkasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda xam pulga talabning ko`payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizigining siljishi ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |