Chiziqli munosabatlar - bu rahbar va uning qo’l ostidagilari o’rtasidagi munosabatlar. Masalan, tsex boshlig’i va usta; bosh buxgalter va moddiy boyliklarni hisobga olish bo’yicha buxgalter o’rtasidagi munosabatlar. O’sib borayotgan korxonada bo’ysinishning chiziqli munosabatlari, endi, jamoa tusida bo’lishi mumkin, bunda, bir darajadagi bir qancha bo’lim ancha yuqoriroq boshqaruv darajasidagi bo’limga bo’ysinadi. Masalan, brigadirlar tsex boshlig’iga bo’ysinadi; bosh muxandisning o’z qo’l ostida bir necha tsex boshlig’i bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |