Kurs ishi mavzusining maqsadlari: Global jahon xo’jaligining shakllanishi, Jahon xo’jaligini tartibga solish va global tendensiyalari.
Kurs ishi mavzusining vazifalari:
- Global jahon xo’jaligini shakllantirish,
- Globallashuv sharoitida jahon xo’jaligini tartibga solish,
- Jahon xo’jaligi mexanizmi tarkibi,
- Jahon xo’jaligining hozirgi holati.
Kurs ishining hajmi: 2 bob, kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I.BOB. XX-XXI asr bo’yicha jahon xo’jaligi rivojlanishining global tendensiyalari va o’zgarishlarining nazariy asoslari.
1.1 Global jahon xo’jaligini shakllantirish
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Jahon xo’jaligi. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Jahon xo’jaligidagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
Jahon xo’jaligi aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
Jahon xo’jaligida xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
Jahon xo’jaligi aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.
Jahon xo’jaligini tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi:
1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi;
2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. Jahon xo’jaligi. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-yillar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Jahon xo’jaligida kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.
Hozirgi davrda Jahon xo’jaligining rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) Jahon xo’jaligi.ga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-yillarda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham Jahon xo’jaligi.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 yillarda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) Jahon xo’jaligi.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) Jahon xo’jaligi.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
Jahon xo’jaligi xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iqtisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. Jahon xo’jaligi doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish kuchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resurslarni tejash, mehnat unumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Iqtisodiyotning globallashuvida pirovard maqsad barcha davlatlarda muttasil iqtisodiy o’sish va aholi farovonligini oshishini ta‘minlashdan iborat. Global rejalarning yuzaga kelish tamoyili sifatida esa globallashuv xalqaro iqtisodiy aloqalar borasida yangi qulaylik va imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda turli-tuman tahdid va ziddiyatlarni ham keltirib chiqarmoqda.
Birinchidan, global bog’liqik tamoyillari kuchaygan sayin jahon xo’jalik tizimining rivojlanishidagi nomutanosiblik tobora oshib bormoqda. Rivojlangan mamakatar va rivojlanayotgan davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etish ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut yanada ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar eksporti jahon eksportining qariyb 60%ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan davlatlar o’z eksport tovarlarining 70%ni rivojlangan davlatlaga sotadi. Uya mamlakat, ya‘ni AQSH, YAponiya va Germaniyada jahon aholisining 9% yashaydi, ular hissaiga esa dunyo daromadining yarmi, xaridorlik quvvatining 30% to’g’ri kelmoqda. Jahondagi ―katta yettilik mamlakatlari (AQSH, Kanada, YAponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya) hissasiga yalpi eksport va importning qaryib yarmi to’g’ri kelmoqda.
Ikkinchidan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi intensivligi turli-tuman
yo’nalishar, mezonlar bo’yicha xilma-xil tarzda namoyon bo’lmoqda.
Masalan, iqtisodiy tizimlarning tavsiflanishida qo’llaniladigan ―milliy bozor modellari‖ni olib ko’raylik. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda Germaniya belgilagan bozor modeli YAponiya, Janubiy Korea yoki Xitoydagi bozor modellaridan tamomila farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti institutlarining barpo etishda umumiy o’xshashliklar bo’lsada, ularni shakllantirish yondashuvi va yo’llari turlicha bo’lib kemoqda.
Uchinchidan, erkin iqtisodiyotni barpo etishda xo’jalik yuritishning jahon qoidalarini unifikatsiyalashga urinilmoqda, lekin bunda xalqaro tashkilotlarning harakatlari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. Chunki, har bir davlat iqtisodiyotini tartibga solish, uni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda o’ziga xos vosita va uslublarni qo’llamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |