Hozir etilendan va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va sifati
jihatidan ozuqabop xom ashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va
ancha arzon hisoblanadi. SHuning uchun real sektor tarmoqlarining ko‘p
tarmoqlarida bunday etil spirt ko‘p ishlatilmoqda. SHuningdek, gaz va neftni qayta
ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va yog‘lar ishlab chiqarilmoqda.
Mahsulotlarni bu yo‘l bilan ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda ozuqabop xom
ashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi
birmuncha arzonlashadi.
Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo‘yadi. Ular o‘ziga
xos qator afzalliklarga ega: uzoq vaqt o‘ta yuqori va o‘ta past haroratga, yuqori
bosim va juda katta elektr kuchlanishlariga chidamli. Sun’iy materiallar ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar, shu jumladan sanoatni rivojlantirish va sanoat xom ashyo
bazasini kengaytirishning asosiy vositalaridan biridir.
Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk, sun’iy va sintetik
tolalar, sun’iy charmlar va charm o‘rnini bosuvchi materiallar, sintetik yuvish
vositalari va ozuqa xom ashyosi o‘rnini bosuvchi sun’iy materiallar muhim rol
o‘ynamoqda.
Plastmassalar - keng nomenklaturaga ega bo‘lgan sun’iy polimer
mahsulotlardir. Ular sifat jihatidan tabiiy materiallar bilan tenglashibgina qolmay,
balki ko‘p hollarda ulardan ustunlik ham qiladi: o‘ta mustahkamlik, elektr
o‘tkazmaslik, yengillik, qattiqlik, egiluvchanlik, tiniqlik, korroziyaga, kislotaga,
issiqlikka chidamlilik, kam ediruvchanlik kabi sifatlarga ega va mexaniq
ishlashning turli usullariga yengil moslashadi.
Mamlakatimiz plastmassalar ishlab chiqarish uchun keng xom ashyo
resurslariga ega, chunki plastmassalar uchun tabiiy va neft gazi, neftni qayta
ishlash va koksokimyo sanoati chiqindilari, yog‘ochni kimyoviy ishlash
mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligining turli xid
chiqindilari xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Sun’iy va sintetik tolalar sanoatning xom ashyo bazasini kengaytirish bilan
birga, turli texnik va kiyim-kechak gazlamalari, elektr izolyasiya materiallari,
kabellar va kanatlar, baliq tutish to‘rlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda
keng qo‘llaniladi.
Iqtisodiyotda charm o‘rnini bosuvchi sun’iy materiallar katta ahamiyatga ega.
Poyabzal sanoatining o‘sish sur’atlarini amalga oshirish uchun tabiiy charm
resurslari yetarli bo‘lmagan sharoitda bu juda ham muhim. Sun’iy charm va charm
o‘rnini bosuvchi materiallardan poyabzalning ayrim bo‘laklarini ishlab chiqarish
mumkin.
Mineral xom ashyo - konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir.
O‘zbekistonning er qa’ri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha
saqlangan ko‘xna konlar va ularning qoldiqlari O‘zbekison hududida konchilik
qadimdan rivojlanganidan dalolat beradi
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: