Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 0,96 Mb.
bet2/3
Sana20.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#566226
1   2   3
Bog'liq
Abdurasulova Durdona mustaqil ish

Mehnat bozori
Har bir jamiyat o‘zining boyligi, hukumat shakli, iqtisodiyot formasidan qat’i nazar, xalq farovonligi yo‘lida maqbul qarorlarni amalga oshirishi lozim. Shu bilan bir qatorda, u nimani, qancha va qanday ishlab chiqarishni va ishlab chiqarilgan mahsulot qanday taqsimlanishi zarurligini hisoblab borishi kerak. Bu qarorlarni qabul qilish uchun iste’molchilar nimani xohlayotganligini, mahsulotlami ishlab chiqarish uchun qanday texnologiyalar kerakligini, ishchilar qanday malakalarga ega bo‘lishi va nima ishlab chiqarish lozimligini aniqlab olishi zarur. Olingan ma’lumotlar asosida shunday qaror qabul qilish kerakki, natijada, mamlakat poytaxti hamda uning chekka hududlarida joylashgan viloyat va tumanlarda yashaydigan aholi bir xil miqdorda va bir xil sifatda sut, non, go‘sht, yog‘, tuxum va boshqa birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishsin. Koordinatsiya jarayoni natijasida kerakli sondagi insonlar o‘zlarining kerakli miqdordagi pul mablag‘i bilan kerakli joyda va kerakli vaqtda kerakli mahsulotni ishlab chiqarishdan manfaatdor bo‘lishi kerak.
Albatta, bunday qarorlar mamlakat Prezidenti, hukumat, tarmoq vazirliklari va boshqa hududiy idoralar tomonidan qabul qilinadi. Qarorlarni to‘g‘ri qaror qabul qilishda zarur ma’lumotlami to‘plash va ulami solishtirib chiqish juda qiyin vazifadir. Ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilar to‘lanishga tayyor bo‘lgan tovar narxlarining, iste’molchilar esa ish haqi va daromadning o‘zgarishini kuzatib boradilar. Olingan ma’lumotlami birlashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilar nimani, qancha va qaerda ishlab chiqarishni, buning uchun kimni yollashni hal qilishadi. Bunga hech kim javobgar emas. Bozor mexanizmi resurslami teng taqsimlay olganligi bois, odamlar o‘zlari xohlaydigan narsalami sotib olish imkonini beradigan ish haqi evaziga ishga joylashadilar. Mahsulot, ish bilan bandlik va iste’mol borasida qabul qilingan qarorlar bozordagi narxlar natijasida yuzaga keladi.
Mehnat resurslarini taqsimlaydigan va ish bilan bandlik borasida qarorlar qabul qiladigan bozor mehnat bozori deb ataladi.
Mana shunday muhim jarayonni tushunib yetish uchun mehnat bozori haqidagi umumiy tushunchalami va mehnat bozorining mohiyatini bilishimiz zarur. Butun bozor bo‘yicha mavjud talab va takliflar o‘zaro qanday kesishishini ko‘rganimizdan so‘ng, har bir tomonning individual qarorlarini puxta muhokama qilib olishimiz zarur.
Har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo‘ladi, mehnat bozori ham bundan mustasno emas: bunda xaridorlar - ish beruvchilar, sotuvchilar esa ishchilardir. Bu ishtirokchilaming ba’zilari muayyan vaqtda mehnat bozorida faol ishtirok etmayotgan bo‘lishi mumkin, ammo ixtiyoriy olingan har bir kunda ko‘plab korxona va tashkilotlar mehnat bozorida o‘zlariga ma’qul variantdagi ishchi va xodimlarni qidirib yurishadi. Shifokorlar va mexanik injenerlar holatidagi kabi xaridor va sotuvchilar butun xalq orasida bir-birini qidirib yursa, bunday bozor milliy mehnat bozori deb ataladi. Agar xaridor va sotuvchilar o‘zlarining qidirish hududini faqatgina mahalliy hudud bilan cheklasa, bunga mahalliy mehnat bozori deyiladi.
Tahlil qilinayotgan barcha mehnat bozorlari tarmoqlarining turi, geografiyasi, transaksiya qoidalari va ish turiga ko‘ra juda murakkab bo‘ladi. Tasavvurni soddalashtirish uchun ulaming barchasini bitta mehnat bozorida, deb faraz qilamiz. Agar kompaniya ichida ish bilan bandlik munosabatlari uchun alohida qoidalar belgilangan bo‘lsa, bunda ichki mehnat bozori shakllangan hisoblanadi.
Har qanday mehnat bozorida kategoriyasiga ko'ra ishchilaming xususiyati va soni muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Ayni paytda bir kategoriyadan boshqasiga o‘tuvchi ishchilar miqdori ham juda ko‘p bo‘ladi. Mehnat bozorida 4 ta asosiy oqim bo‘lishi mumkin:
1. Ish bilan band ishchilar o‘zlari ishlayotgan ishni tashlab ketib yoki undan haydalib, ishsizlarga aylanishadi (ya’ni majburiy tarzda vaqtincha yoki butkul ishdan haydaladi).
2. Ishsizlar esa yangidan ishga joylashib, yana ish bilan bandlikka erishadilar.
3. Ishchi kuchi tarkibiga kirgan ishchilar ishsiz yoki ish bilan band ekanliklaridan qat’i nazar, pensiyaga chiqish yoki shunchaki ishlashni xohlamaganliklari tufayli ishlab chiqarishda ish bilan band bo‘lgan xodimlar toifasini tark etishi mumkin.
4. Ilgari hech ham ishlamagan ishchilar o‘zlariga ish topish yoki uni qidirish orqali yana mehnat bozoriga kirishlari mumkin.
Aholi ishsiz qatlamining jami ishchi kuchiga nisbati aholining ishsizlik darajasini aniqlashda yordam beradi. Garchi bunda bir qancha noaniqliklar bo‘lsa ham, u mehnat bozoridagi holatni o‘rganish uchun eng universal ko‘rsatgich hisoblanadi. Agar ishsizlik darajasi 7 % ni tashkil etsa yoki undan yuqori bo‘lsa, bu mehnat bozorining erkin ekanligidan dalolat beradi: bunda ishchilar uchun ish topish qiyinroq, ish beruvchilar uchun esa ishchilami ishdan bo‘shatish va yangisini olish osonroq kechadi. Ammo mehnat bozorining erkin ekanligi barcha sohalarda ish topish qiyin ekanligidan dalolat bermaydi. Ba’zi hollarda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lsa ham, ba’zi turdagi ishchilar uchun talab taklifdan ortiq bo‘lishi mumkin.
So‘nggi yarim asr davomida ba’zi ish turlariga talab oshgan bo‘lsa, ba’zilariga qisqardi. Ishchilar va ish beruvchilar esa mehnat bozoridagi mana shunday o‘zgarishlarga muntazam ravishda moslashib borishlari kerak bo‘ladi.
Iqtisodiyotda mehnat bozori deyilganda, ish kuchi takror hosil qilinishining uzluksizligini va mehnatdan samarali foydalanishni ta’minlashga da’vat etilgan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlar, normalar va institutlar tizimi tushuniladi.
Biz esa uni kengroq ma’noda: «Mehnat bozori deganda, ish kuchi takror hosil qilinishining barcha bosqichlari: uning shakllanishi (ijtimoiy-demografik jihat - yangi ishchi kuchi paydo bolishi), ayirboshlanishi (sotish-sotib olish), taqsimlanishi (ishchi kuchining ijtimoiy, kasbiy va hududiy taqsimlanishi) va mehnat sohasida foydalanilishi bosqichlarida xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida kechadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi tushuniladi», deb talqin etamiz.
Mehnat bozorining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda mehnatning o‘zi emas, balki mehnat xizmati - mehnat sarfi sotiladi. Mehnat xizmatining miqdori va sifati esa ko‘plab omillar: xodimning kasbiy tayyorgarligi, malakasi, tajribasi va hokazolar bilan bog‘liq. Ayni paytda mehnat bozorida:
- sotuvchi va xaridoming o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli xususiyatga egaligi;
- pul shaklida boimagan omillar (mehnat faoliyatining nufuzliligi, murak- kabligi, mehnat sharoitlari, salomatlik uchun xavfsizligi va boshqalar)ning katta rol o‘ynashi;
- institutsional tuzilmalarning ko‘pligi (mehnat qonunchiligi, ish bilan bandlik bo‘yicha davlat siyosati, kasaba uyushmalari, ish beruvchilarning jamoat birlashmalari va boshqalar) hisobga olinishi kerak.
Shuning uchun mehnat sohasida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining nazariy asoslari har taraflama tadqiq etiladi. Odatda, mehnat bozoriga doir ilmiy qarashlaming klassiklar, yangi klassiklar, keynschilar, institutsionalchilar, monetarchilar kabi yo‘nalishlari ajratib ko‘rsatiladi (3.1- jadval).
Hozirgi paytda mehnat bozori postindustrial (axborot), ya’ni sanoat rivojlanishidan keyingi jamiyat nuqtayi nazaridan tadqiq etilmoqda. Postindustrial (axborot) jamiyat nazariyasining asoschisi D. Bell uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib bergan:
- xizmatlar iqtisodiyotining yaratilishi;
- mehnat bozorida ilmiy-texnika sohasi mutaxassislarining ustunligi;
- nazariy ilmiy bilimlaming innovatsiyalar va jamiyatda siyosiy qarorlar qabul qilishning manbai sifatidagi markaziy roli;
- yangi «intellektual texnika»ning yaratilishi va boshqalar.
Mehnat bozorining nazariy asoslari

Postindustrial jamiyatda ilmiy-texnologik inqilob fanni ishlab chiqarish bilan birlashtiradi va mehnat bozoridagi ish kuchi resurslariga talabni ham tubdan o‘zgartiradi. Agar iqtisodiy taraqqiyotning avvalgi bosqichlarida ish kuchi resurslariga mashinaga qo‘shimcha, konveyeming unsuri sifatida qaralgan bo‘lsa, post industrial jamiyatda u ishlab chiqarishning hal qiluvchi omiliga aylanadi. Mehnat bozoridagi bunday xodim, eng avvalo, o‘zining intellektual, ijodiy salohiyati bilan o‘ta raqobatbardosh bo‘ladi.
Yangi davrga kelib mehnat bozorida ham tub o‘zgarishlar yasaydi va unda yollanma xodimning mutlaqo yangicha rolini belgilab beradi. Agar mehnat bozorida yollanma xodimning raqobatbardoshligini an’anaviy ta’lim tizimida kasb va malaka darajasi talab qilgan bilimlari va ko‘nikmalari belgilagan boisa, hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun bu yetarli emas. Ya’ni innovatsion ishlab chiqarish yollanma xodimdan muttasil ravishda o‘z bilimi va malakasini oshirib borish bilan birga, ijodiy salohiyatni, paydo bo‘ladigan muammolarga tubdan yangicha yondashishga qodirlikni talab qiladi.
Zamonaviy mehnat bozorining eng yangi nazariyasi 2010-yilda iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan uch iqtisodchi olim - amerikalik Piter Daymond va Deyl Mortensen hamda Buyuk Britaniya Akademiyasining a’zosi Kristofer Pissarides tomonidan ilgari surildi. Agar Piter Daymond va Deyl Mortensen ba’zan mehnat bozorida bo‘sh ish joylari ko‘p bo‘lganda ham ishsizlik paydo bo‘ladi, degan xulosaga kelgan bo‘lsalar, Kristofer Pissarides o‘zining inqilobiy nazariyasi - ishsizlar ish joyini qancha faol qidirsalar, shuncha ko‘p ish joylari yaratilishini asoslab berdi.
Uning fikricha, ishsizlar faol ish izlasalar, ish beruvchilaming yangi ish joylari yaratishdan manfaatdorligi ortadi. Chunki ular o‘zlari tashkil etayotgan yangi ish joylariga albatta talab bo‘lishi, natijada, ishlab chiqarish ko‘lamlari va daromad ortishiga ishonchlari komil bo‘ladi.
Mehnat bozori mavzusiga oid turli xorijiy nazariyalar qatorida MDH davlatlari va O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarining tadqiqotlari ham muhim metodologik ahamiyatga ega. Mehnat bozorini aholining ish bilan bandligi siyosatini amalga oshirish orqali tartibga solishga nisbatan turlicha yondashuvlarga, eng awalo, «ish bilan bandlik sohasi» va «mehnat bozori» tushunchalariga asoslanadi. Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik va taqsimlash tizimidan mulkchilikning turli shakllari va ko‘p ukladli iqtisodiyotga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo‘nalishiga o‘tish hayotning barcha sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarda tub o‘zgarishlami keltirib chiqardi.
Mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligi sohasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Iqtisodiy faol aholi (ish beruvchilar, yollanma xodimlar, mustaqil ish bilan bandlar, yordamlashadigan oila a’zolari, ishsizlar va boshqalar)ning maqomi o‘zgarmoqda, xodimlami ishga yollashning yangi tizimi shakllanyapti. Xususan, xodimlami ishga yollashda kontraktlar, muvaqqat mehnat shartnomalari va hokazolarga ustuvorlik berilyapti. Yangi shakllanib borayotgan ishlab chiqarish munosabatlari korxonalardagi jamoa shartnomalari, tarmoq tarif bitimlari va bosh bitimda o‘z ifodasini topmoqda. Shu munosabat bilan bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishgan mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda ijtimoiy mehnat munosabatlari, mavjud nazariya va amaliyotda ulaming roli va ahamiyatiga oid tasavvurlar tubdan qayta ko‘rib chiqildi.
Yaqin vaqtgacha ish bilan bandlik nazariyasi ish kuchi Tovar emasligi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarga asoslangan edi. O’nlab yillar davomida mazkur masala xususida bahs-munozaralar davom etdi. Ish kuchining tovar shaklida emasligi, mehnat sohasida bozor munosabatlarining rivojlanmaganligi sobiq mustabid tuzumda mulkchilikning birgina davlat shakli mavjudligi va hukmron ekanligi bilan izohlanar edi. Bozor iqtisodiyotiga olish jarayonida esa ish kuchining tovar shakli, ishsizlik esa bozor iqtisodiyotining tabiiy ko‘rinishi ekanligini e’tirof etish eng asosiy masaladir. O‘tish iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ulaming ahamiyati ayniqsa katta. MDH mamlakatlarining ayrim olimlari ish bilan bandlik siyosatida «mehnat»ni «ish bilan bandlik»ka tenglashtiradilar. V. N. Bobkov, E. Saruxanov, A. Asaliyev hamda A. I. Rofe ish bilan bandlikni mehnat faoliyatiga kirishish, deb hisoblaydi hamda mehnat bozorini ish bilan bandlik deb atash, mehnat bozorini tartibga solishni esa ish bilan bandlik va ishsizlik muammosini tartibga solish, deb atash to‘g‘ri bo‘ladi degan xulosa chiqarishadi. Ular ish o‘mini egallash bo‘yicha munosabatlar ish bilan bandlik munosabatlaridir, deb hisoblashadi. Inson ishga kirishishi bilan bu munosabatlarning amal qilishi to‘xtaydi, shu vaqtdan boshlab navbatdagi mehnat faoliyati bosqichi boshlanadi va bu ish bilan bandlik hamda mehnat bilan bog‘liq emas.
Bu nuqtayi nazarga zid qarashlarda mehnat bozori, ish bilan bandlik va ulami tartibga solish jarayonlari farqlanadi. Ushbu qarash tarafdorlari ish kuchini takror hosil qilish va mehnat bozori ish bilan bandlikning tarkibiy qismlari, deb hisoblaydilar. Masalan, Y. G. Odegov, G. G. Rudenko, М. I. Kulapov, S. A. Kartashov mehnat bozorini odamlar ishlab chiqarish qobiliyatlarini takror hosil qilish bo‘yicha bozor munosabatlarining tizimi, deb e’tirof etadilar. Mehnat bozori ish beruvchi uchun ish kuchini jalb etgan holda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yollanma xodim esa o‘z ish kuchini sotishi hisobiga mehnatiga haq oladi va o‘zining mehnat qobiliyatini takror hosil etadi.
Bir guruh MDX olimlari ish bilan bandlikka:
- ishlab chiqarish (mehnat - ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xodimni ishlab chiqarish vositasi bilan bog‘lash vositasi);
- iste’mol (xodimning mehnati moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi);
- mehnat taqsimoti (xodim mehnat faoliyatining biror sohaga biriktirib qo‘yilishi) nuqtayi nazaridan yondashadilar.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va tobora chuqurlashib borayotgan o‘zgarishlar ish bilan bandlik muammosini yangicha idrok etishga turtki bo‘lmoqda. Jumladan, ilgarilari bu, eng avvalo, ishlab chiqarish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sohasini qamrab olgan bo‘lsa, bugungi sharoitda mehnat bozorining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi bilan mazkur tushunchaning chegaralari kengayib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi va uning jahon miqyosiga chiqishi munosabati bilan ish bilan bandlikning xalqaro mezonlarga taqqoslanishi, ushbu kategoriya ko‘rsatkichlarini jahon ko‘lamida qoilash obyektiv zamratga aylanmoqda.
O‘zbekistonlik olimlar L. P. Maksakova, D. A. Ortiqova, Z. Y. Xudoyberdiev, K. Z. Xomitovlaming fikricha, ish bilan bandlikni mehnat faoliyatidan ajratish mumkin emas, chunki bu holda u o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Bizningcha, mehnat bozori orqali yollanma xodim uchun mehnat qilish mumkin bo‘lgan ish joyini egallash imkoniyati yaratiladi, ish beruvchi esa foyda olish uchun zarur tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, mehnat bozori yordamida aholining ish bilan bandligini ta’minlash shart-sharoitlari yaratiladi. Mehnat bozorini tartibga solish yo‘nalishlaridan biri esa aynan shu shart-sharoitlami yaratishdir.
Shunday qilib, ish bilan bandlik makro, shuningdek, mikrodarajadagi (bevosita korxonalarda, ishlab chiqarish sohasi va bozorda) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning turli shakllarini o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy umumiqtisodiy kategori- yadir. Shu ma’noda biz ish bilan bandlikka oid nazariyalami umumlashtirgan holda, ish bilan bandlikni jismoniy shaxslaming qonunga zid boimagan, ulaming shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq, ularga ish haqi yoki mehnat daro- madi keltiradigan faoliyat, shuningdek, bunda mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklifning miqdor hamda sifat jihatdan mutanosibligi darajasini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming pay do bo‘lishi, deb baho beramiz. moiy-iqtisodiy munosabatlaming pay do bo‘lishi, deb baho beramiz. Mehnat bozorini tartibga solish asosiy konsepsiyalarining tahlili iqtisodiy nazariyada mehnat bozorini tartibga solish masalalarini ko‘rib chiqishda eng asosiysi - davlatning mehnat bozorida ro‘y berayotgan jarayonlarga aralashuv darajasini hamda mehnat bozorini tartibga solish usullari va tadbirlarini aniqlashdan iborat, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Amalda mehnat bozorini tartibga solish mexanizmi mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida tadqiq etilmagan, faqat iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi doirasida ko‘rib chiqilgan, xolos.
Mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish zarurati iqtisodiy hayotdagi tafovutlar, turli mamlakatlardagi ijtimoiy qatlamlar manfaatlari, vaqt tafovutlari, iqtisodiy tizimlaming (ular doirasida mehnat bozorini tartibga solishning u yoki bu usullaridan foydalaniladi) o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.
Ish bilan bandlik siyosatini takomillashtirishda har bir mamlakatning mehnat bozorida mavjud bo‘lgan behisob shart-sharoitlar hisobga olinishi zarur. Bunda mehnat bozorini ochiq yoki yopiq, rasmiy yoki norasmiy, ayrim kasb-hunar guruhlari mehnat bozori va hokazolar bo‘yicha tasnif qilishning o‘zi yetarli emas. Xalqaro Mehnat Tashkiloti mutaxassislarining fikricha, u yoki bu mehnat bozorida faol siyosat olib borish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirishda quyidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi:
- ish bilan bandlar, ish bilan band bo‘lmaganlar, ishsizlaming jinsiy va yosh tarkibi;
- ish kuchi safiga qo’shilayotganlarning o‘rtacha yoshi va buning mehnatkashlar malakasi darajasiga ta’siri;
- oila daromadida yollanib ishlashdan olinadigan ish haqi, davlat nafaqalari, mustaqil ish bilan bandlikdan, ijaradan, ko‘chmas mulkdan olinadigan daromadlar ulushi;
- urbanizatsiya darajasi hamda shaharlardagi rasmiy va norasmiy ish bilan bandlik ko‘lamlari, qishloq xo‘jaligida va qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan sohalarda ish bilan bandlikning darajasi;
- korxonalami ularning ko‘lami va mulkchilik shakliga qarab tasniflash; - iqtisodiyotning xalqaro raqobat uchun ochiqligi, shu jumladan, milliy daromadda savdoning ulushi va xorijiy investitsiyalaming ahamiyati;
- mehnat institutlari, shu jumladan, ish beruvchilar hamda mehnatkashlar tashkilotlarining rivojlanganligi va samaradorligi;
- mehnat qonunchiligining ko‘lami, qamrab olish darajasi, bu qonunchilikning ijro etilishi, mehnatkashlaming ijtimoiy himoya qilinishi va ijtimoiy sug‘urta.
Mavjud qoidalami umumlashtirish asosida, fikrimizcha, makroiqtisodiy jihatdan mehnat bozorini tartibga solish mexanizmi quyidagicha tadqiq etilishi lozim:
- birinchidan, bozor iqtisodiyoti dinamik hodisa sifatida hamda uning rivojlanish tendensiyalari: iqtisodiy tizim rivojlanishining muhim qonuniyatlarini aks ettirgan holda;
- ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tarkibiy qismi sifatida: bunda uning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va ilmiy-texnikaviy muhit ta’siriga berilishini ham hisobga olish lozim;
- uchinchidan, ish bilan bandlik munosabatlarini tartibga solishning eng muhim obyekti sifatida: bunda uning iqtisodiy va ijtimoiy tarkiblarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish zarur;
- to‘rtinchidan, mehnat bozorini tartibga solish turli subyektlarining o‘zaro bog‘liqligi sifatida: bunda tartibga solish turli obyektlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
- beshinchidan, tartibga solishning bozor va bozorga taalluqli bo‘lmagan xususiyatlari asosida: bunda mehnat bozori munosabatlari obyektiv xususiyati hamda uning amal etish jarayonlariga subyektiv ta’sir ko‘rsatilishi ham hisobga olinishi lozim bo‘ladi.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish