“ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 127,5 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi127,5 Kb.
#452383
Bog'liq
2 5305746484283576281


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”
FAKULTETI

« IQTISODIYOT» KAFEDRASI


«Ekonometrika asoslari» fanidan


MAVZU: Oʻzbekiston Respublikasida ishsizlik.

Bajardi: 72H-20I gurux talabasi
Onorbekov Shahbozbek Dilmurod oʻgʻli

Ilmiy rahbar:
M. Turgʻunov

Farg’ona-2021

Kirish


O‘zbekistonda rasmiy ishsizlik darajasi ma’lum qilindi
Ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4% ni tashkil etdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytilishicha, Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4% ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7% ga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4% ga kamaygan.
2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 1,1% ga yoki 201,4 ming kishiga oshgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlganlar soni 13,6 mln kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1% ga (403,9 ming kishiga) oshgan.

9 oyda rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020-yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band boʻlganlar soni 7,9% ga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatilgani aytiladi.

Norasmiy sektorda band boʻlganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1% yoki 254,0 ming kishiga kamaygan.


Ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4% ni tashkil etdi. 16−30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi — 14,9%, ayollar orasida ishsizlik darajasi 12,8% boʻldi.
Joriy yil yanvar-sentabr oylarida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4,3 mln kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,6% ga yoki 26,3 ming kishiga ortishi kuzatildi.

O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etib, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

Joriy yilning sentyabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Tadqiqot davomida 490 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,0 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.

2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida mehnat resurslari soni 19 121,3 ming kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 100,7 foizga yoki 135,5 ming kishiga oshgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 205,2 ming kishini tashkil etib, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan
3,7 foizga (468,5 ming kishiga) oshgan.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 5 673,8 ming kishini tashkil qilib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,7 foizga yoki 92,6 ming kishiga oshdi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 618,8 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,9 foiz yoki
504,2 ming kishiga ortgan. Bu asosan respublikadan tashqariga ishlash uchun chiqadigan mehnat migrantlarining ichki mehnat bozoriga qaytib kelishi hamda mavsumiy ishlar qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ortishi evaziga yuzaga kelgan.

Respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 912,6 ming kishini tashkil etgan, bu joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan


128,3 ming kishiga yoki 6,3 foizga kamaygan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 642,5 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 11,1 foizni tashkil etganligini ko‘rsatdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi - 17,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 14,7 foiz bo‘ldi.
Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 273,6 ming kishini tashkil etib, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3 foizga yoki 130,3 ming kishiga kamaygan.

2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman(shahar) Аholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilgan 910 201 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatildi.

Murojaat qilgan fuqarolarning 243 946 nafari ish bilan ta‘minlandi, 500 449 kishi jamoat ishlariga jalb qilindi, 25 384 nafar ishsizlar kasbga o‘qitildi, 45 036 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 38 002 kishiga mehnat munosabatlari bo‘yicha konsul‘tasiyalar berildi.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 30 827 nafar oila shaxsiy tomorqalarda,


19 174 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida band qilindi, 7 383 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi.


Download 127,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish