1.3. Bitiruv malakaviy ishlari va ularni yozish tartibi.
Bitiruv malakaviy ishlari oliy o'quv yurtlarida olingan ta'limning so'nggi bosqichi hisoblanadi Bitiruv malakaviy ish yozish ishlab chiqarish amaliyoti davrida amalga oshirilsa ham, lekin unga tayyorgarlik institutda oxirgi darslar davom etayotgan oylardan boshlanadi. Oxirgi kursda barcha imtihon va sinovlarni tugallanish arafasida ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorgarlik boshlanadi. Dastlab qaysi talaba qaysi sug'urta kompaniyasida ishlab chiqarish amaliyotini o'tashi aniqlanadi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik talabalar Toshkentda amaliyot o'tashga xarakat qiladilar. Boshqa shahardan kelgan talabalarni o'z turar joylarida amaliyot olib borilishiga ham ruhsat beriladi. Amaliyot «Sug'urta nazariyasi» va "Sug'urta ishi" fani bo'yicha o'tkaziladi. Amaliyotda talaba sug'urta kompaniyasiga yuborilib amaliyot rahbari belgilanadi, har bir haftada qanday sug'urta turlari mavjudligi, sug'urta tarif stavkalari va ularni hisoblanishi hamda undirilishi maxsus o'quv rejasi oldindan belgilanadi. Agar majburiy sug'urta turi uchun bir hafta ajratilgan bo'lsa, dastlab sug'urta kompaniyasi bo'yicha tayinlangan rahbar bilan nazariy masalalar takrorlab esga olinadi. Shundan keyin biror korxona misolida uni sug'urta himoyasiga olish va sug'urta mukofatlarini xisoblash xamda undirish ko'rsatiladi. Boshqa korxona misolida talabalar o'zlari mustaqil ravishda amaliy masalalar bilan tanishadilar. Ana shunda amaliyot haf bir sug'urta turi bo'yicha amaliyot rahbarligida bajariladi. Bu haqda amaliyot rahbari talabaning kundaligiga yozib imzo qo'yadi. Har bir sug'urta tashkiloti bo'yicha amaliyot o'tkazilishi rejalashtiriladi. Masalan, «0'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi bo'yicha amaliyot o'talib, bir hafta mobaynida sug'urtaning hususiyatlari bilan tanishtiriladi. Sug'urta bo'yicha faqat «0'zbekinvest» bo'yicha emas «0'zagrosug'urta» va boshqa sug'urta tashkilotlarida, shu jumladan Davlat sug'urta nazoratida amaliyot o'tkaziladi. Ishlab chiqarish amaliyoti tugallangandan keyin barcha o'rganilgan masalalar yig'ma hisobotda qisqacha bayon qilinadi. Hisobot institut bo'yicha amaliyot rahbari tomonida qarab tekshirilib, taqriz yoziladi. Taqrizga ijobiy yoki salbiy baho beriladi, amaliyot rahbarining xulosalari e'tiborga olinadi. Hisobot komissiya a'zolari ishtirokida himoya qilinadi.
Amaliyot davrida xar xaftada bir kun bitiruv malakaviy ish uchun vaqt ajratiladi. Bitiruv malakaviy ish ishlab chiqarish amaliyot davrida davom ettiriladi. Dekanat bu tadbirni xar bir talaba bilan kelishib hal qiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida rahbar tomonidan bitiruv malakaviy ish ustida qanday ish olib borilayotgani kuzatiladi. Kamchiliklar ko'rsatiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan keyin kafedraga bitiruv malakaviy ishning dastlabki varianti taqdim qilinadi. Shu bilan birga kafedra tomonidan bitiruv malakaviy ishining himoyasi uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |