4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish
Bizga ma’lumki, davlat kafolatisiz xorij sarmoyalarini kiritish katta samara beradi. Shuning uchun imkon qadar hukumat kafolati bilan keladigan chet el investitsiyalarini chegaralab, ularning o’rniga xususiy investorlar yoki tashabbuskor investorlarning kelishini rag’batlantirishni tashkil etish zarur. Shuningdek, keyingi yillarda sanoat korxonalarida xom-ashyolarni qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko’paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko’proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonununchilik ham uzluksiz takomillashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |