1.1.Ishning maqsadi: Xronometraj kuzatuvi asosida vaqt me’yorlarini hisoblash yuzasidan amaliy ko’nikmalar xosil qilish.
1.2.Ishni bajarish tartibi: Yozgi amaliyot davrida o’tkazilgan xronometraj kuzatuvi natijalari asosida xrono karta shakllantirilsin.
Xronometraj qatorlari qayta ishlansin, xato qiymatlardan tozalanib, operatsiyani bajarish uchun asosiy vaqt va yordamchi vaqt normativlari belgilang.
Mayda seriyali ishlab chiqarishda bir detalga ishlov berish operatsiya bo’yicha o’nta uzluksiz xronometraj kuzatuvi o’tkazildi. Xronometraj kuzatuvi natijalari quyidagi jadvalda berilgan.(1-jadval)
Operatsiyani bajarish bo’yicha aniqlangan xronoqatordagi natijalar qayta ishlanib, Top- operativ vaqt, Td- donabay vaqt normasi aniqlansin. Dam olish , shaxsiy extiyojlar uchun zarur vaqt normasi hamda ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqt normasi K=10% operativ vaqtdan. Barqarorlik normativ koeffitsienti 2.1ga teng.
Xronoqatorlarning sifat darajasi bir qatorlik koeiffetsienti asosida tekshirildi (tasodifiy xatolar o’chirib tashlanganholda) hamda ma’ruza darslarida berligan normativ koeiffetsientlar bilan solishtiriladi.
Barqarorlik ko’rsatkichlari (2-jadval)
1.Operatsiya har bir elementining o’rtacha davom etishi aniqlanadi: 1-element
T1=(3+3.1+2.5+3.5+4)/5=3.22
2-element
T2=(6+7+7.5+6.4+8)/5=6.98
3-element
T3=(3.5+4+4.1+5+4.8)/5=4.28
4-element
T4=(1.5+1.2+2+1.1+2.1)/5=1.58
5-element
T5=(4.6+5+5+4.5+5.2)/5=4.86
6-element
T6=(2+2.5+1.9+2.4+2.3)/5=2.22
7-element
T7=(3.9+3.5+3.8+5+5.2)/5=4.28
8-element
T8=(1.8+3+4.2+2.5+2.6)/5=2.82
2.Umumiy operatsiyalarni bajarish vaqti, ya’ni operativ vaqt Toper= 3.22+6.98+4.28+1.58+4.86+2.22+4.28+2.82=30.24 sekund = 0.504 minut
3.Vaqt me’yori quyidagicha: Tv = Top.x (1+K/100)=1.4*1.12 =1.568 minut
4.Donabay vaqt me’yori esa: Td.v. =Tv+Ty/p = 1.568+5/10=2.068minut