Dastlabki nazorat — Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
Yordamchi kitob — bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
Joriy nazorat — Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat to‘lov hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi;
Mas’ul ijrochi buxgalter — mijozlarning to‘lov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
Bank xizmatlari ofisi — bank filiali binosidan tashqarida joylashgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi. Bank xizmatlari ofisi turli xil nomlanishi (“Minibank”, “Chakana xizmatlar markazi”, “Bank xizmatlari markazi” va boshqalar) mumkin;
Nazoratchi buxgalter — mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib amalga oshiruvchi buxgalter;
Front-ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Front-ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Yakuniy nazorat — amaliyot kun tugagandan so‘ng, keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda bankda amalga oshirilgan barcha bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini, shu jumladan birlamchi hujjatlar asosida o‘tkazilganligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladigan nazorat.
Yakuniy nazorat bank Boshqaruvi tashkil qilgan Yakuniy nazorat xizmati tomonidan amalga oshiriladi va u, faqat bank Boshqaruviga bo‘ysunadi.
Yakuniy nazorat xizmati banklarda (filiallarda) alohida bo‘lim sifatida tashkil qilinadi. Bank tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarga oid hisob-kitob hujjatlari bank xizmatlari ofislarida saqlangan hollarda bank xizmatlari ofislarida yakuniy nazorat xizmati alohida shtat birligida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |